So’nggi yangiliklar

19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  3 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  5 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  3 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  2 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  3 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  1 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  1 15:34Тимур Кападзе: "Мисрнинг кучли томонлари ва имкониятларини яхши биламиз"  9 15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  26 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  9 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1

Bundesliga: Raqobatga chanqoq “Bavariya”, yangilanayotgan “Borussiya”, “Leypcig” qanday loyiha? Yangiliklar

Bundesliga: Raqobatga chanqoq “Bavariya”, yangilanayotgan “Borussiya”, “Leypcig” qanday loyiha?

Germaniya futboliga ixtisoslashgan jurnalist SHahboz Beg'amov Bundesligada yangi mavsumda nimalar ruy berishi mumkinligini tahlil qilib chiqdi.


Germaniyada "Bavariya" o'zga olamligini barcha biladi. Ko'pincha "Bavariya"dan keyingi o'rinni qo'lga kiritgan jamoani chempion ham deb atashlariga o'rganib qolganmiz. Yurgen Klopp davridan keyingi "Borussiya" Dortmund hozircha myunxenliklarga etarlicha qarshilik qilolmayotgani haqiqat.

Bu yili ham katta ehtimol bilan "Bavariya" chempionlik uchun asosiy favorit va ularga qarshilik qilishi mumkin bo'lgan jamoa ham aniq. Garchi Klopp davridan keyingi Dortmund hozircha kutilgan darajasiga chiqa olmayotgan bo'lsada, "Borussiya" doimo "Bavariya" uchun eng katta xavfligicha qolaveradi.

"Bavariya" yozgi transfer bozorida o'ziga kerakli nuqtalar bo'yicha futbolchilarni jalb etdi. Hozirgi "Bavariya" o'tgan yilgidan kuchsizlanmadi, aksincha kuchaygani rost. To'g'ri, yangi mavsumda "Bavariya" haqiqiy etakchisi va sardori sanalgan Filipp Lamsiz harakat qiladi. Ammo "Bavariya"da uning o'rniga voris sifatida qaralayotgan Kimmix va tajribali Rafinya bor. Yarim himoya markazi Tolisso va Rudi bilan kuchaytirildi. Xames esa hujumdagi improvizaciyani boyitish uchun olib kelindi. Niklas Zyule esa himoya markazida Boateng hamda Xummelsni engil nafas olishiga yo'l qo'ymaydi.

O'tgan yili "Bavariya"ga etishmagan rotaciyani joriy mavsumda Karlo Anchelotti amalga oshirishi mumkin. Uning qo'li ostida deyarli ikkita tarkibga etadigan ijrochilar jamlangan.


Bundesligada o'zining debyut mavsumini shov-shuvli o'tkazgan yosh jamoa - "Leypcig"ni yanada qiyin imtihon kutmoqda. Birinchi urinishda chempionlik uchun kurashadigan Dortmundni qulatgan "Leypcig" "Bavariya"ning eng yaqin raqobatchisiga aylangandi. Bu yili esa ularning ish hajmi yanada ortgan. CHunki jamoa ilk bor ECHLda ishtirok etadi. Endilikda Xazzenxyuttl jamoani juda zich taqvimda o'ynatishiga to'g'ri keladi. "Leypcig"ning maqsadlari ancha jiddiyligi va jamoa kelajakda haqiqiy top klub darajasiga chiqishni o'ylayotgani bot-bot gapirildi. Aynan ushbu mavsum "Leypcig" uchun ko'p narsalarni hal etadi. Jamoa rostan ham yuqori saviyada o'ynashga tayyormi, o'tgan yilgi natijalar shunchaki yuqori ishtiyoq tufayligina qayd etilganmidi, degan savollarga ushbu mavsumda javob olamiz.
SHuni qayd etib o'tish kerakki, "Leypcig"ning yozgi transfer bozoridagi eng katta yutug'i - bu jamoa o'z etakchilarini saqlab qolgani bo'ldi.
Yani o'zag saqlanib qoldi. Tarkib ancha yosh va shijoatkor. ECHLdagi ishtirok orqali esa tajriba ham to'planib boradi. Ralf Xazzenxyuttl joriy mavsumda eng shimarib ishlashiga to'g'ri keladi. Yangi, yosh jamoani juda qaynoq mavsum kutmoqda.
"Leypcig" juda katta bosim ostida turibdi. Ular nafaqat Bundesligada muvaffaqiyatli qatnashishlari talab etiladi, balki ECHLda ham minimum guruhdan chiqish vazifasi turibdi.
Yangi mavsumda "Leypcig"ni ko'rish juda qiziq bo'ladi.
Timo Verner, Nabi Keyta, Forsberg kabi etakchi futbolchilari joriy mavsumda ham o'zlarining nimalarga qodir ekanliklarini ko'rsatishlari va isbotlashlariga to'g'ri keladi.
"Leypcig" o'tgan mavsumdagi natijalar tasodif emasligini, bu shunchaki bir yillik qiziqarli akciya emas, balki katta masshtabdagi loyiha ekanligini isbotlashlari lozim bo'ladi.


Yangilanayotgan "Borussiya" Dortmund jamoasi Peter Bosh qo'l ostida yangi marralarni zabt eta oladimi, degan savol Bundesliganing 2017/2018 yilgi mavsumidagi eng qaynoq mavzu bo'lib turibdi. Peter Bosh "Ayaks"dagi muvaffaqiyatli mavsumdan keyin dortmundliklar rahbariyati mehrini qozondi. Bosh "Signal Iduna Park"dagi ishqibozlar mehrini ham 1 yil ichida qozona oladimi? Buni vaqt ko'rsatadi.
Tomas Tuxel rahbariyat bilan ko'p ziddiyatlarga bordi, natijalar ham kutilganidek bo'lmadi. SHu boisdan ham Tuxelning Dortmunddagi safari erta qaridi.
Bosh oldida esa rahbariyat bilan yaqin aloqa hamda muxlislar istagidagi jamoani shakllantirish vazifasi turibdi. Hozircha jamoaning ikki nafar etakchisi - Dembele hamda Obameyang yangi mavsumda qaerda o'ynashi masalasi hali uzil-kesil hal bo'lgani yo'q. Bu narsa ham Boshning rejalariga o'zgartirish kiritib yuborishi mumkin.
Ayni paytda Bosh o'zi istayotgan jamoani tarkibdagi mavjud futbolchilar orqali qurishga imkoni yo'q. Dembele ketishni istab qolgan, mashg'ulotlarga kelmagani uchun hozircha rasman mashg'ulotlardan chetlatilgan. Transfer jarayon esa to'xtab qolgan. Obameyang katta ehtimol bilan qolishi mumkin. Har holda futbolchi jamoa bilan birga va matbuotda oxirgi kunlarda u haqida malumotlar chiqmay qo'ydi.
Peter Bosh transfer bozorida katta xaridlarni amalga oshirmadi. Lekin kerakli poziciyalar bo'yicha Bundesligadagi kelajagi porloq futbolchilar - Mahmud Daud va Maksimilian Filipp jamoaga olib kelindi. Murabbiy qo'l ostidagi mavjud futbolchilardan yaxshi va kuchli jamoani shakllantirishga ko'zi etmoqda. Buni amalda qanday uddalashini esa vaqt ko'rsatadi.

Bundesliga tarixidagi eng yosh murabbiy Yulian Nagelsmann uchun yangi mavsum katta chorlov bo'ladi. Ikki yil ilgari jamoani juda qiyin vaziyatda qabul qilib olgan Nagelsmann "Xoffenxaym"ni elitada saqlab qolishni uddalagandi. O'tgan mavsumda esa jamoani kuchli to'rttalikka kiritishni uddasidan chiqdi. Evrokubokka yo'llanma olindi. Jamoa ECHL saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o'tsa, yangi mavsumda ECHLda o'ynaydi. Bu o'xshamagan taqdirda ham "Xoffenxaym" o'z yurishini Evropa ligasi orqali davom ettiradi. "Xoffenxaym"dek jamoa uchun bir mavsumda uchta frontda kurash olib borish ancha qiyinchilik tug'dirishi aniq. Ammo Nagelsmann aynan qiyin pallalarda jamoani munosib o'ynatishni eplaydigan mutaxassisligi bilan tanildi. Lekin joriy mavsum oldidan jamoani ikki nafar haqiqiy etakchisi Zyule va Rudi tark etdi. Bu kemtiklarni yopish Nagelsmannga ortiqcha muammo tug'diradi.
Muhimi, Nagelsmann aytganidek jamoa hujumkorlikni yo'qotmaydi va o'z falsafasiga sodiq qoladi. "Xoffenxaym" evrokuboklar faktori tufayli Bundesligadagi natijalarini pasaytirib yuborish ehtimoli bor. CHunki jamoaning ichki zaxirasi uchta frontda bir maromda qatnashish darajasida boy emas. Bu erda Nagelsmann to'g'ri balansni tanlay olishida ham gap ko'p.


SHuningdek, o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra evrokuboklarga yo'llanmani qo'lga kiritgan "Kyoln" hamda "Gerta" jamoalaridan yangi mavsumda ko'p narsa kutsa bo'ladi.

"Gerta" o'zining hujumdagi tanlovlarini Devi Zelke va Leki bilan kuchaytirdi. Pol Dardai Berlinda ajoyib jamoani shakllantirgan. O'z uyida doimo kuchli o'ynagan va istalgan raqiblarni qiynaydigan "Gerta"ning mavsumiy qatnovi evropa bo'ylab davom etadi. "Gerta" ko'p yillardan buyon evrokuboklarsiz qolayotgani va Berlinda Evropa ligasi ham hozircha chanqoqni qondirish uchun muzdekkina ichimlik bo'la oladi.

"Kyoln" esa yangi mavsum oldidan o'zining hujumdagi asosiy "quroli" - Antoni Modestni Xitoyga qo'yib yuborishga majbur bo'ldi. Aniqrog'i, Modest xitoyliklarning katta pullarining oldida yo'q deya olmadi. Peter SHteger esa Modestning o'rniga "Maync" dagi o'yinlari bilan Bundesliga shaydolariga yaxshi tanilib ulgurgan Kordobani jalb etdi. "Kyoln"da yangi mavsumda Xektor, Vayzer, Yoyich, Kordoba singari futbolchilarning harakatlarini tomosha qilish ham qiziq bo'ladi.


Ko'pchilik sog'ingan, o'tgan yili panada qolgan "Bayer", "Borussiya" Myonxengladbax, "SHalke" hamda "Volfsburg" kabi jamoalardan joriy mavsumda "kambek" kutamiz.

"SHalke"ni qaddini tutishiga yangi kelgan italiyalik bosh murabbiy Domeniko Tedesko yordam berishi ko'zda tutilgan. Bunga qadar "SHtutgart", "Xoffenxaym" kabi klublarning yoshlar jamoalarida faoliyat ko'rsatgan ushbu mutaxassis evropa futboli uchun yangi nom. "SHalke"ning chaqiruvi Tedesko uchun katta chorlov bo'lishi aniq. Tedeskoning zimmasida juda katta va masuliyatli ish turibdi. Futbolga murabbiy sifatida kirib kelgan Tedesko uchun "SHalke"dagi faoliyat oson kechmasligi aniq. Bosim yuqori va talab esa undan ham kattaroq. Tedeskoning salohiyati "SHalke"dek klubning imijini tiklashga etadimi? Bu savol ham ancha dolzarb. Javobni esa mavsum davomida olsak ajab emas.

Myonxengladbaxda "Borussiya"ning oxirgi mavsumdagi qayd etgan natijasidan hech kimning ko'ngli to'lmagani aniq. Diter Xeking yangi mavsumda jamoani o'zi istaganidek o'ynatishi va natijalar ham shunga monand bo'lishiga ko'pchilik ishonmoqda. Ushbu mutaxassisning nimalarga qodir ekanligini Bundesliga ishqibozlari yaxshigina bilishadi. Xeking o'z vaqtida "Volfsburg"ni jiddiy raqibga aylantira olgan va ECHLda ham munosib ishtirok etgandi jamoa. Myonxengladbaxda esa Favrdan keyin yaxshi mutaxassis izlashayotgandi. Orada bitta tanlovda adashgan rahbariyat Diter Xeking bilan yaxshi hamkorlikda ish yuritishiga ishonish mumkin. Jamoa Mahmud Daudni hisobga olmaganda, qolgan asosiy tarkib futbolchilarini saqlab qolishga erishdi. Demak yangi mavsumda "Borussiya" evrokuboklar uchun kurashishi aniq.


O'tgan mavsum yana bir inqiroz ko'chasida adashib qolgan jamoalardan biri - "Bayer" edi. Yangi mavsumda "dorixonachilar" boshqa "farmacevt" Xayko Xerlixx boshqaradi. Ushbu mutaxassis ancha potencial jihatdan kuchli va kelajagi porloq murabbiylardan deb etirof etilmoqda.
O'tgan yilgi natija bu shunchaki tasodif bo'lganini jamoa azolari yangi mavsumda isbotlashlari talab etiladi.
Leverkuzenda bu yili ishqibozlar faqatgina ichki chempionat va kubok o'yinlari doirasida stadionga tashrif buyurishlaridan juda ranjishmoqda. Evrokuboklarsiz qolgan "Bayer" yangi mavsumda yanada qo'rqinchli ko'rinsa ajab emas. Taqivm ham ular uchun biroz engilroq bo'ladi. Muhimi, Xayko Xerlixx jamoani to'g'ri boshqara olishi va balansni to'g'ri taqsimlay olishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Jamoani CHicharito tark etdi. Ammo boshqa etakchilar o'z o'rnilarida qolishgan. "Bayer"ning kelajagi sifatida qaralayotgan Poyanpalo hamda Xavercdan leverkuzendagilarning umidi juda katta.

Xayko Xerlixxning jamoadagi birinchi galdagi ishi bu himoyadagi tartibsizlikni tartibga keltirish bo'ladi. Hujumdagi samaradorlik yaxshi, ammo himoyadagi bo'shliq "Bayer"ning inqiroz ko'chasiga etaklagan eng asosiy muammo bo'lgandi.

Ushbu to'rtlik ichidan eng sharmandali natijani qayd etgan "bo'rilar" - "Volfsburg" pley-off o'yinlari orqali Bundesligadagi o'rnini saqlab qolgandi. Bu yili esa jamoa nihoyat o'z darajasiga qaytishi kerak. Ammo buni uddalash hozirgi "Volfsburg"ning qo'lidan keladimi?
Hozirgi jamoadan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, tarkibda nomlar bor, ammo ularni to'g'ri yo'nalishda boshqaradigan murabbiy zarur. Buni klub rahbariyati ham to'g'ri tushundi va yangi murabbiyning xizmatlariga murojaat qildi. Andris Yonker aynan shunday toifadagi murabbiymi yoki yo'q, buni endi vaqt ko'rsatadi.

Niko Kovachning "Ayntraxt" jamoasi doim qiziq o'ynaydi. Birinchi davrani zo'r o'tkazsa, tanaffusdan so'ng natijalar o'zgaradi. "Ayntraxt"ga etishmayotgan eng asosiy jihat bu barqarorlik. Kovach aynan o'sha balansni top olsa, "Ayntraxt" Bundesligada sovrinli o'rinlar uchun kurashadigan barqaror jamoalardan biriga aylanadi.

"Maync"da esa tushunarsiz holat. Jamoaning poteciali boshqa raqobatchilariga qaraganda biroz pastdek taassurot qoldirmoqda. Ammo ushbu jamoa ko'p syurprizlar taqdim etishni xush ko'radi.

"Gamburg" hamda "Verder" esa har yili chalinadigan kuyni yana qaytarishlari mumkin. Ushbu jamoalar hozircha transfer bozorida kutilganidek faollik ko'rsatishmadi va katta ehtimol bilan yangi mavsumda ham Bundesligada jon saqlab qolish uchun kurashadigan jamoalar bilan raqobat qilishsa ajab emas.
Bundesligaga qaytgan "Gannover" va "SHtutgart" bu erni qadrini juda yaxshi his etishgan va joriy mavsumda elitada muqim joylashib olishni ko'zlashlari aniq. "SHtutgart" esa tarkibini kerakli va tajribali futbolchilar bilan kuchaytirishga ham erishdi.


Kristian SHtrayx boshqaruvidagi "Faryburg" ham yangi mavsumda katta natijalar qayd etishi ancha mushkul vazifa. "Frayburg" asosan o'zining asosiy missiyasi Bundesligada qolishni uddalasa ham katta gap. Ko'pchilik joriy mavsumda "Frayburg", "Augsburg", "Gamburg" hamda "Verder"ga birmuncha qiyin bo'lishini taxmin qilmoqda. Bunga o'ziga xos sabablar bor. Ushbu jamoalar mavsumni bir tekisda o'tkazishda doim muammolarga duch kelishadi. Transfer oynasida ham kerakli xaridlarni amalga oshirishmadi. Bu jamoalarda shuningdek klub rahbariyati tez-tez murabbiylar almashtirishga ko'nikib qolishgan. SHu jihatlarni ham inobatga olgan holda shuni aytish mumkinki, turnir jadvalining pastki qismidagi kurashda aynan shu jamoalar o'rtasida kechadi.

Nima bo'lgan taqdirda ham Germaniyadagi yangi futbol mavsumi ancha qiziqarli va kutilmagan natijalarga boy kechadi. Bundesliga har yili, har doim o'ziga xos syurprizlarni taqdim etgan. Eng oddiy misol, bu o'tgan yilgi "Leypcig" yoki "Xoffenxaym"ning parvozi. "Borussiya" Myonxengladbax, "SHalke", "Bayer" yoki "Volfsburg"ning qulashi yoki shunga o'xshash natijalar ham buni isbotlab turibdi.

"Leypcig", "Xoffenxaym", "Gerta" va "Kyoln" singari klublarning o'tgan yilgi muvaffaqiyati bu biroz oldin sanab o'tilgan jamoalarning inqirozi bilan bog'liqmi yoki bu ushbu o'rta darajadagi klublar yangi pog'onaga ko'tarilishganidan dalolatmi? Aynan shu kabi savollar ham yangi mavsumda o'z javobini topadi.


“Bavariya” esa raqobatga chanqoq. Ularga istalgan vaqtda xohlagan jamoa chempionlik uchun raqobat qilishi mumkin. Tarixda bu kabi holatlar juda ko'p uchragan. Nega endi bu yili shu kabi chiroyli va qiziqarli scenariy ostida ushbu tarix qaytarilmasligi kerak? Balki yangilanayotgan “Borussiya” yoki katta loyiha sifatida qaralayotgan “Leypcig” o'z boshidan baland sakrashga muvaffaq bo'lar. Bu futbol va futbolda har narsa ruy berishi mumkinligini juda yaxshi bilamiz.

Ha-ya, aytgancha, Bundesliganing yangi mavsumida hakamlar video-takrorlarga murojaat qilishlari mumkin. Demak uchrashuvlar natijalariga hakamlarning qo'pol xatolari tasir o'tkazishi keskin pasayadi.


Bundesliga qaytdi, buyog'iga Germaniyada futbol qaynaydi va qiziydi.
Ishonavering, azizlar...


SHahboz Beg'amov

Muallif :
Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика