So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  3 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  18 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

Bundesliga. Quvnoq "Xoffenxaym", "Bavariya"ning muvaffaqiyatli seriyasi, shov-shuv ko'tarayotgan "RB Leypcig", yuqorilayotgan "Gerta" va pastga shung'iyotgan "SHalke" Yangiliklar

Bundesliga. Quvnoq "Xoffenxaym", "Bavariya"ning muvaffaqiyatli seriyasi, shov-shuv ko'tarayotgan "RB Leypcig", yuqorilayotgan "Gerta" va pastga shung'iyotgan "SHalke"

Teglar :  Bundesliga
Germaniya chempionatining 3-tur o'yinlariga bugun start beriladi.

Turni "Kyoln" hamda "Frayburg" o'rtasidagi bahs ochib beradi. Hozirgacha o'tkazilgan ikkita turdan buyon mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan "Kyoln" jamoasi o'z uyida o'tgan turda myonxengladbaxning "Borussiya" jamoasini mag'lub etgan "Frayburg"ni qabul qiladi. "Kyoln" uchun bu to'qnashuv oson o'tmasligi aniq. "Frayburg" o'tgan o'yindagi muvaffaqiyatni takrorlashga urinib ko'rishi tabiiy. "Frayburg" jamoasi oldida "Kyoln" himoyasini yorib o'tib, raqib darvozasini ishg'ol etish vazifasi turibdi. Hozircha Timo Xorn o'z darvozasi daxlsizligini saqlab turibdi.

"Frayburg" safida mavsumni ko'tarinki kayfiyatda boshlagan yarim himoyachi Maksimilian Filipp hisobida 2ta gol mavjud. Bugungi uchrashuvda "Kyoln" himoyachilarining katta etibori aynan shu futbolchiga qaratilishi tabiiy.

Maydon egalari tarkibida esa Antoni Modest eng xavfli futbolchilarlan biri. Ammo shuni utunmaslik kerakki, "Kyoln" ko'proq jamoaviy o'yinga tayanadigan, himoyani ancha zich ushlaydigan va qarshi hujumda tajovuzkor harakatlanadigan jamoalar sirasiga kiradi.



Bundesliganing 3-tur o'yinlari ertaga davom ettiriladi. SHanba kuni oltita bellashuv bo'lib o'tadi.

Dortmundning "Borussiya" klubi o'z uyida "Darmshtadt"ni qabul qiladi. Tomas Tuxel shogirdlari o'tgan turda debyutant "RB Leypcig"dan qabul qilib olgan qattiq "zarba"dan so'ng ECHL doirasidagi "Legiya"ga qarshi bahsda ancha kayfiyatni ko'tarib olishdi. Bu jihat esa ularga "Darmshtadt" bilan bo'ladigan o'yin oldidan qo'l kelishi mumkin. Jamoa o'tgan turdagi ko'ngilsiz natijadan keyin tezda oyoqqa turib olganini yana bir marotaba amalda isbotlashi zarur bo'ladi. Bu to'qnashuvda Tuxel jamoasining ochko yo'qotishga haqqi yo'q. CHunki bu safar ham dortmundliklar qoqiladigan bo'lishsa, unda peshqadam "Bavariya" va "Gerta" ancha uzoqqa "qochib" ketishi muqarrar.

"Ayntraxt" uchun ham oson bo'lmagan bahs kutilmoqda. O'tgan turda Yoel Poxyanpaloning benefesi tufayli mag'lubiyatni qandaydir daqiqalar ichida g'alabaga aylantirgan "Bayer" faqat 3 ochkoni ko'zlab Frankfurtga safarga otlanmoqda. Turnir jadvalida yonma-yon ketayotgan ushbu jamoalarning o'zaro bellashuvi tomoshabop, qiziqarli va gollarga boy tarzda kechishini taxmin qilish mumkin. Bu to'qnashuvda ko'p narsa birinchi gol qanchalik cho'zilishiga bog'liq. Agarda birinchi bo'limga qadar hisob ochilmasa, unda ikkinchi taymda birgina xato qaysidir jamoa uchun qimmatga tushishi mumkin.

Bundesliganing eng quvnoq jamoasi sanalmish "Xoffenxaym" bu safar "Volfsburg"ni qabul qiladi. O'tgan haftada "Maync" bilan bo'lgan bahsda muxlislarga haqiqiy tomosha ko'rsatish barobarida yuksak irodasini ham namoyish etgandi. Tablodagi 4:1 hisobini oxirgi 20 daqiqa ichida 4:4ga aylantira olgan "Xoffenxaym" yana bir marotaba Germaniya chempionatining eng quvnoq jamoasi ekanligini isbotlagandi. Ushbu jamoa yangi mavsumda hozirga qadar mag'lubiyatga ham uchramagan va g'alaba ham qozonmagan yagona jamoa bo'lib turibdi. Ular qarshisida esa 4 ochkoga ega, peshqadamlik uchun kurashni davom ettirishni istayotgan "bo'rilar" turibdi.
"Xoffenxaym"ning oldingi chizig'i, yani hujumda harakat qilayotgan vakillari, xususan Adam Salai va Mark Ut qanchalik samarador o'ynashmasin, himoyadagi kamchiliklar ularga ko'p marotaba qimmatga tushib keladi. "Volfsburg" esa raqibning har bir xatosidan unumli foydalana oladigan ijrochilarga ega kuchli jamoa. Bu to'qnashuv ham ko'pchilikning etiborida bo'lishi aniq. Hali mag'lubiyatga uchramagan ikki jamoaning o'zaro bellashuvidan so'ng qaysidir klub hisobiga dastlabki mag'lubiyat yozilishi mumkin.



Har yili bundesligada jon saqlab qolish uchun kurashishi odatga aylangan "Gamburg" bu turda mavsumning kashfiyot jamoalaridan biri sifatida porlab chiqishi kutilayotgan "RB Leypcig" bilan kurash olib boradi. Har yili so'nggi lahzada elitada jon saqlab qoladigan "Gamburg" hisobida 2-turdan so'ng 1 ochko bor. Ular o'tgan turda "Borussiya Dortmund"ni mag'lub etishni uddasidan chiqqan va turnir jadvalining yuqori qismida turgan debyutant "RB Leypcig"ning qarshligini engishga urinib ko'rishadi. Bu to'qnashuvning qog'ozdagi favoriti maydon egalari, yani "Gamburg" jamoasi. Ammo amalda hammasi boshqacha tus olishi ham mumkin. Ayni paytda hech bir jamoa "RB Leypcig" imkoniyatlarini to'g'ri chamalay olmayapti va Ralf Xazenxyuttl shogirdlari raqiblariga kutilmagan sovg'alarni taqdim etishda davom etishmoqda. Bu safar voqealar rivoji qay tarzda tus olishini ko'ramiz.

Bundesliga qiroli "Bavariya" esa o'z uyida "Ingolshtadt" bilan kuch sinashadi. Karlo Anchelottining myunxenliklar bilan ishlari hozircha alo darajada. Anchelotti qo'l ostida "Bavariya" raqiblarini navbatma-navbat mag'lubiyatga uchratmoqda. Bu safar myunxenliklar uchun yoqimli ananaga aylangan g'alabalar seriyasi davom etishi kutilmoqda. "Bavariya" "Ingolshtadt"dan har tomonlama ustun. Bu to'qnashuvda faqatgina "Bavariya" ijrosidagi eng yomon o'yin namoyish etilsagina mehmonlar safardan quruq qo'l bilan qaytmasliklari mumkin. Aks holda "Bavariya" nechta gol urarkin, degan savol ko'pchilikni qiynashi mumkin xolos. Ko'p burttirmoqchi emasman, ammo fakt shuki, "Bavariya" ayni paytda yaxshi sport formasiga kirib bormoqda va bu turda mavsumdagi dastlabki ochkosini yo'qotishi ancha haqiqatdan yiroqroq, nazarimda. Lekin bu futbol va futbolda har qanday natija ruy berishi mumkin. Buni unutmaganimiz maqul.
"Bavariya" lazaretidagi Boateng va Robben bu o'yinda yashil maydonga qaytish ehtimoli yo'q emas. Karlo Anchelotti Robben yoki Boatengning xizmatidan foydalanishi ham mumkin.



Mavsumni bir xil tekisda boshlay olmayotgan Myonxengladbaxning "Borussiya" jamoasi ikkita turdan buyon raqiblariga "em" bo'layotgan "Verder" bilan duch keladi. Maydon egalari uchun g'alabadan boshqa natija katta inqiroz sifatida qabul qilinsa, bremenliklar uchun ham mag'lubiyat so'nggi ogoh qo'ng'irog'i bo'lishi mumkin. Ancha asabiy va xato qilishdan qo'rqib o'ynaydigan bellashuvda kimning qo'li baland kelishini taxmin qilish qiyin. "Borussiya Myonxengladbax"ning yagona ustun jihati bu o'z maydonida o'ynayotgani.

"Augsburg"ning 3-turdagi raqibi o'tgan haftada og'zidagi oshni oldirib qo'ygan "Maync" bo'ladi. Tayyor g'alabani qo'ldan chiqargan "Maync"ning ruhiy holati havas qilarli darajada bo'lmasligi aniq. "Augsburg" esa o'z uyidagi o'yinlarda istalgan jamoaga etarlicha muammolar tug'dira oladigan jamoalar sirasiga kiradi.

Turning oxirgi to'qnashuvi turnir jadvalida peshqadamlikni "Bavariya" bilan bo'lishib turgan "Gerta" va o'tgan turda "Bavariya"dan engilgan "SHalke" o'rtasida kechadi. To'g'rirog'i, favorit va autsayderlar o'yini. G'alati eshitilishi mumkin, ammo autsayder maqomi ostida "Gerta" emas, balki "SHalke" to'p suradi. Poytaxtliklar uchun mavsum starti ancha ko'ngildagidek kechmoqda. "SHalke" esa hozircha ochkosiz o'z ishtirokini davom ettirmoqda. Kimningdir muvaffaqiyatli seriyasi yoki muvaffaqiyatsiz seriyasiga barham berishi mumkin bo'lgan to'qnashuv bo'lab o'tadi. Bu o'yinda durang natijasi qayd etilishi ehtimoli ham yuqori. Agarda bu bellashuvda g'olib aniqlanmasa, unda bundan ko'proq "SHalke" muxlislari ranjishlari tabiiy. Berlinlik ishqibozlar uchun "SHalke"dan ochko olish ham kayfiyatlariga yomon tamir etmasligi mumkin. Ammo ishtaha ovqat vaqtida keladigan deganlaridek...

Demak bu turda ham Bundesligada bir qator qiziqarli uchrashuvlar bizni kutmoqda.

SHahboz Beg'amov

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика