So’nggi yangiliklar

12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  1 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  7 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  4 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  15 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  3 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  22 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  4 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  3 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  8

Bundesliga. Prevyu: Leypcigda o'tgan turda "yaralangan" etakchilar o'rtasida "jang" bo'ladi va boshqa o'yinlar Yangiliklar

Bundesliga. Prevyu: Leypcigda o'tgan turda "yaralangan" etakchilar o'rtasida "jang" bo'ladi va boshqa o'yinlar

Germaniya Bundesligasida yangi etakchilar paydo bo'lganiga deyarli barcha ko'nikib ulgurdi.


Kecha boshlangan 15-tur o'yinlari bugun davom ettiriladi.

Bundesliga, 15-tur. Turnir jadvali

Turning dastlabki o'yinida "Xoffenxaym"ning mag'lubiyatsiz seriyasiga yakun yasash Dortmundning "Borussiya" jamoasining qo'lidan kelmaganidan xabaringiz bor.

Leypcig shahrida bugun yana futbol bayrami. Bundesligada debyut mavsumni juda ko'tarinki ruhda o'tkazayotgan "RB Leypcig" o'z uyida turnir jadvalida yonma-yon ketayotgan "Gerta"ni qabul qiladi.


Joriy mavsumda Bundesligada "Bavariya", "Borussiya" kabi jamoalar bilan yuqori o'rinlar uchun kutilmaganda kurash olib borayotgan ushbu jamoalarning o'zaro qarama-qarshiligi barchaning diqqat markazida bo'lishi shubhasiz.

Jamoa safida nomdor futbolchilar bo'lmasada, bu ikki klub hozirda o'zining birdamligi va o'zaro hamjihatligi evaziga kuchli jamoaga aylanib ulgurdi. O'tgan turda "Leypcig"ning mag'lubiyatsiz seriyasiga kutilmaganda "Ingolshtadt" chek qo'ygan bo'lsa, "Gerta" ham sensacion ravishda Berlinda "Verder"ga yutqazib qo'ydi. Bu ikki yaralangan etakchilar endi Leypcigda o'zaro orani ochiq qilishga urinib ko'rishadi.

Ralf Xazzenxyuttl hamda Pol Dardai bahsida qaysi murabbiyning o'ylagan rejalari va futbol falsafasi g'olib chiqishini tomosha qilamiz. "Gerta" oradagi farqni 3 ochkoga qisqartirish uchun ajoyib imkoniyatga ega. "Leypcig" esa "Bavariya" izidan qolmaslik va yaqin taqibchisidan uzoqlashishga harakat qilib ko'radi.

O'zaro o'yinlardagi fakt:

Bu jamoalar ilk marotaba rasmiy o'yinlarda to'qnash kelishmoqda. Hozircha faqat 2013 yili o'rtoqlik o'yinida maydonga tushishga muvaffaq bo'lishgandi. O'shanda Adrian Ramosning yagona goli evaziga "Gerta" g'alaba qozongan.


"RB Leypcig" - "Gerta" (19:30)

"Red Bull Arena" stadioni.

Bosh hakam: Marko Fric.


Mavsumni juda yomon boshlagan va endi asta sekinlik bilan o'z o'yinini topib borayotgan "Verder" bugun "Kyoln"ni sinovdan o'tkazadi. O'tgan turda "Verder" safarda "Gerta"ni mag'lub etishni uddasidan chiqqandi. Aynan shu g'alaba jamoaning o'z kuchiga bo'lgan ishonchini ancha orttirib yubordi. "Kyoln" esa Dortmundning "Borussiya" jamoasi bilan to'qnash kelib, yakunda durang qayd etishgandi. "Kyoln" uchun bugungi g'alaba ularning turnir jadvaliga o'rnini saqlab qolishga va 6-pog'onada borayotgan "Ayntraxt"ni uzoqqa qochirib yubormaslikka xizmat qiladi. "Verder" esa xavfli zonadan imkon qadar uzoqroqqa qochishga intilmoqda. Aleksander Nuri boshchiligidagi bremenliklar g'alabali odimlarini uchta o'yinga cho'zish uchun qo'llaridan kelgan barcha ishni amalga oshirishlari aniq.

O'zaro o'yinlardagi fakt:

Ushbu jamoalar hozirga qadar jami 34 marta duch kelishgan. Bularning 15tasida "Verder" g'alabaga erishgan bo'lsa, 9 uchrashuvda "Kyoln" g'olib chiqqan. Qolgan 10 o'yin durang bilan yakunlangan.

"Verder" - "Kyoln" (19:30)

"Vezershtadion" stadioni.

Bosh hakam: Volfgang SHtark.


Augsburgning mahalliy "Augsburg" jamoasi Myonxengladbaxning "Borussiya" klubini mehmon qiladi. Turnir jadvalida 12 hamda 13 o'rinlarni egallab turgan jamoalar o'rtasidagi o'yinni tomoshabop o'tishiga vada bermaymiz. CHunki Bundesligada hozircha eng kam gol urish bo'yicha peshqadamlar qatorida bo'lib turgan bu ikki jamoaning mudofaa chizig'i ancha zaif. Hujum chizig'i esa joriy mavsumda jamoa muxlislarini xursand eta olmayapti. SHu boisdan bu o'yinda har narsa ruy berishi mumkin.

O'zaro o'yinlardagi fakt:

"Augsburg" hamda "Borussiya" jamoalari hozircha qadar 10ta o'yinda qarama-qarshi kelishgan. "Augsburg" hisobida 4ta g'alaba, "Borussiya"da esa 2ta. Qolgan to'rtta o'yin durang natijasi bilan yakun topgan.

"Augsburg" - "Borussiya M" (19:30)

"WWK Arena" stadioni.

Bosh hakam: Tobias SHtiler.


Martin SHmidt qo'l ostida o'rtacha mavsumni o'tkazayotgan "Maync" jamoasi bu gal o'z maydonida "Gamburg"ni qabul qilmoqda. 14-turdan so'ng 17 ochko bilan 11-o'rinda borayotgan "Maync" uchun hozirgi holatni yaxshi natija deb bo'lmaydi. Evrokuboklar uchun kurashishni maqsad qilgan jamoa uchun bu o'yinda "Gamburg"ni engib, turnir jadvalidagi mavqeini yaxshilab olish juda muhim. Markus Gisdol shogirdlari esa hozircha atiga ikkita g'alaba nashidasini surishgan. "Gamburg" hozirgi holatini yaxshi tomonga o'zgartirish va xavfli hududni tezkorlik bilan tark etish uchun qolgan o'yinlarda g'alaba qozonishi talab etiladi. Bu to'qnashuvda har ikkala jamoa imkoniyatlari deyarli teng. "Maync"ning yagona ustun jihati bu uchrashuvni o'z uyida o'tkazayotgani.

O'zaro o'yinlardagi fakt:

O'tkazilgan 20 uchrashuvdan 8tasida "Gamburg"ning qo'li baland kelgan. "Maync" esa 6 o'yinda g'alabaga erishgan. Qolgan 6ta bahsda esa g'olib nomi aniqlanmagan.

"Maync" - "Gamburg" (19:30)

"Opel Arena" stadioni.

Bosh hakam: Deniz Aytekin.



Mavsumni juda xunuk boshlagan va autsayderlar qatorida ancha vaqt ushlanib qolgan "SHalke" turnir jadvalida o'zidan tepada turgan "Frayburg" bilan to'qnash keladi. Gelzerkirxenliklar muvaffaqiyatsiz seriyalardan so'ng o'zlariga kelib olishga ulgurishgandi va bir qator g'alabalardan so'ng o'zmavqeilarini tiklab olishayotgandi. Ammo "SHalke" "Leypcig"ga qarshi o'yindan so'ng yana kayfiyatni tushirib yubordi. Jamoa bir qator g'alabali seriyalardan so'ng yana inqiroz ko'chasi tomon kirib ketmoqda. Markus Vayncirl shogirdlari Bundesligada mana ketma-ket ikkita uchrashuvdan buyon maydonni boshlari egik holda tark etishmoqda. Bu esa jamoaning turnir jadvalida endi yuqorilashni boshlagan paytida pand bermoqda. Bugun "SHalke" turnir jadvalida yonma-yon ketayotgan jamoaga qarshi to'p suradi. Ularda yana bir raqiblaridan uzib ketish uchun ajoyib imkoniyat mavjud. Biroq "Frayburg" jamoasi bunga ko'nadimi yo'qmi, mana masala qaerda. Kristian SHtrayx jamoasi ketma-ket muvaffaqiyatsizlikdan so'ng asta-sekin yana o'z o'yinini topib bormoqda. Jamoa uzluksiz mag'lubiyatlardan so'ng nihoyat o'ziga kelib oldi. "Frayburg" oxirgi ikkita o'yinda bitta durang va bir g'alabaga erishdi. "Veltins-Arena"da "SHalke"ga ham, "Frayburg"ga ham oson bo'lmasligi aniq.

O'zaro o'yinlardagi fakt:

"SHalke" va "Frayburg" jamoalari jami 32 marta to'qnash kelishgan. Gelzerkirxenliklar 14 o'yinda g'alaba qozonishgan bo'lsa, "Frayburg" 12 uchrashuvda g'olib bo'lgan. Qolgan 6ta bellashuvda esa durang qayd etilgan.


"SHalke" - "Frayburg" (19:30)

"Veltins-Arena" stadioni.

Bosh hakam: Manuel Grefe.



Kunning oxirgi to'qnashuvi "Volfsburg" hamda "Ayntraxt" jamoalari o'rtasida kechadi. Bu jamoalar bu yili o'rin almashishgandek. Odatda "Volfsburg" jamoasi etakchilarga bosh og'riq taqdim etishga urinar, "Ayntraxt" esa asosan turnir jadvalining o'rta va pastki qatorlarida raqiblari bilan o'rin almashib yurardi. Bu yili esa boshqacha. Aksariyat o'yinlarda "Ayntraxt" favorit maqomi ostida, "Volfsburg" aksincha autsayder sifatida maydonga tushmoqda. Tarkib jihatdan yaxshigina tanlov va ijrochilarga ega bo'lgan "bo'rilar" bir jamoa bo'lib harakatlanishda kelganda oqsashmoqda. Natijada esa jamoaning o'yini va natijalari tobora pastlashib ketmoqda. To'plar nisbatiga ko'ra xavfli zonadan bir pog'ona tepada turgan "bo'rilar" istalgan vaqtda rasman autsayderlar o'rnini to'ldirib qo'yishi mumkin. "Ayntraxt" esa ayni paytda ECHL yo'llanmasini taqdim etadigan o'rinlar uchun kurash olib bormoqda. Niko Kovach Frankfurtda ajoyib jamoani shakllantirayotganiga turdan-turga guvoh bo'lmoqdamiz. Folksvagen-Arenada bugun keskin kurashlarga boy va shiddatkor futbol guvohiga aylanamiz.

O'zaro o'yinlardagi fakt:

Ushbu jamoalar jami 28 marta o'zaro kuch sinashishgan. "Volfsburg" jamoasi hisobida 13 g'alaba mavjud. "Ayntraxt" esa 5 bor g'olib bo'lgan. Jamoalar 10ta bellashuvda murosaga kelishgan.

"Volfsburg" - "Ayntraxt" (22:30)

"Folksvagen Arena" stadioni.

Bosh hakam: Feliks Brix.


Saytimizning Telegram dagi kanaliga obuna bo'ling - telegram.me/championatasia

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика