So’nggi yangiliklar

01:16Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария"дан 10та гол қабул қилган "Окленд Сити" "Бенфика" билан ўйинда ҳам кўп гол ўтказиб юборди  0 01:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. Жексон туғилган кунида 4 дақиқадаёқ қизил карточка олган ўйинда "Челси" мағлубиятга учради  7 00:58Асрор Алиқулов: "Айрим футболчиларимиз Суперлига даражасига тайёр эмас"  0 00:38Виртц бу рейтингда учинчи бўлди  0 00:08Рўзиқул Бердиев: "Ёзда камида 2-3 футболчини олиб келамиз"  1 23:49Виталий Левченко: "Бухоро" ўзига муносиб бўлмаган жойда"  11 23:28Расман: "Ливерпуль" Виртцни 136 млн эвазига сотиб олди  8 23:12"Бухоро" ёрдамчи мураббийи: "Ҳакам нега футболчиларимизни сўкади? Ҳакамнинг "Нефтчи"га ёрдам бериши шарт эмасди"  11 22:47ПСЖ "Борнмут"га 55 млн таклиф қилди ва рад жавобини олди  0 22:25Саудия Арабистони клублари Фермин Лопесга қизиқиш билдирмоқда. "Бавария" ҳам футболчини ўз сафида кўрмоқчи  3 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Бухоро" устидан қийин ғалабага эришди  35 22:00Суперлига. Ғузорда кечган воҳа дербисида "Насаф" "Машъал"дан устун келди  49 21:25"Ливерпуль" ва "Кристал Пэлас" ўртасидаги Суперкубок ўйини қачон ўтказилиши аниқ  4 21:06Онанага харидор чиқди. МЮ дарвозабонга ўринбосар топиб қўйган  1 20:45"Вулверхэмптон" 25 миллион евролик трансферни амалга оширди  0

Bundesliga. Prevyu: Durangdan boshi chiqmayotgan "Borussiya" "Augsburg"ga qarshi va kunning boshqa o'yinlari Yangiliklar

Bundesliga. Prevyu: Durangdan boshi chiqmayotgan "Borussiya" "Augsburg"ga qarshi va kunning boshqa o'yinlari

Germaniya chempionatining 16-tur o'yinlariga bugun start beriladi.

Bundesliga jamoalari joriy yildagi o'zlarining oxirgi uchrashuvlarini o'tkazishadi.


Turning to'rtta uchrashuvi bugun tunda o'tkaziladi.

Bundesliga, 16-tur. Turnir jadvali

Mag'lubiyat alamida yurgan "Ayntarxt" jamoasi o'z uyida o'tgan turda "Gamburg"ni ranjitgan "Maync"ni qabul qiladi.
Frankfurt jamoasi turnir jadvalida 6-pog'onada ketmoqda. Qo'lga kiritiladigan g'alaba ularni jadvalda ko'tarilishlariga olib kelishi mumkin. Agarda "Borussiya D", "Gerta" yoki "Xoffenxaym"ni ushbu turda qoqilsa.

O'zaro o'yinlardagi fakt:
Ushbu jamoalar jami 16 marotaba o'zaro to'qnash kelishgan. SHulardan 5ta o'yinda "Maync" jamoasi g'alaba qozongan bo'lsa, 4 marta "Ayntraxt"ning qo'li baland kelgan. Qolgan 7 bahs durang bilan yakun topgan.


"Ayntraxt" - "Maync" (00:00)
"Kommercbank Arena" stadioni.
Bosh hakam
: Gyunter Perl.


Markus Gisdol boshchiligidagi "Gamburg" bugun "SHalke" bilan kuch sinashadi. O'tgan turda "Maync"dan mag'lubiyatga uchragan "Gamburg"ning turnir jadvalidagi holati havas qilarli emas. Ular tobora pastga sho'ng'ishmoqda. "Gamburg" yangi yil tatili oldidan o'z muxlislari va o'zini kayfiyatini ko'tarish uchun bugun g'alaba uchun kurashishi aniq.
"SHalke" esa oxirgi o'yinlarda muvaffaqiyatli ishtirok etayotgandi. Ammo jamoa o'tgan turda "Frayburg" qarshiligini enga olmadi. O'tgan turda yo'qotilgan qimmatli ikki ochkoni to'ldirish uchun ham gelzerkirxenliklar o'z suyuklilari oldiga uch ochko bilan qaytishga va yangi yilni yaxshi kayfiyatda kutib olishga urinib ko'rishadi.

O'zaro o'yinlardagi fakt:
Bu jamoalar shu kungacha 50 marotaba o'zaro duch kelishgan. Ustunlik "Gamburg" tarafida. Ular o'tkazilgan 20ta o'yinda g'olib chiqishgan. "SHalke"ning g'alabalar soni esa 16ta. Qolgan 14ta uchrashuvda durang qayd etilgan.

"Gamburg" - "SHalke" (00:00)
"Volksparkshtadion" stadioni.
Bosh hakam
: Yoxen Drees.


Turnir jadvalining quyi qismida borayotgan Germaniyaning ikki nomdor klubi "Borussiya Myonxengladbax" hamda "Volfsburg"ning ishlari ko'ngildagidek ketmayapti. Agarda mavsum avvalida ushbu jamoalar pastki o'rinlar uchun kurash olib borishadi, deyishsa hech kim ishonmasdi. Ammo Bundesligada ushbu mavsumda hozircha etakchi va o'rtamiyona jamoalar o'rni almashib qolgan. O'tgan turda endigina mavsumdagi uchinchi g'alabasiga erishgan "Volfsburg" bu safar mehmonda "Borussiya" bilan to'qnash keladi. "Augsburg"dan mag'lub bo'lgan "Borussiya M" esa yilning so'nggi bellashuvida o'z muxlislari qarshisida albatta g'alaba qozonishga harakat qiladi. Ikkita omadsiz jamoaning o'zaro to'qnashuvini kuzatish qiziq bo'lishi shubhasiz.

O'zaro o'yinlardagi fakt:
Bu jamoalar 32 marta o'zaro o'ynashgan. O'tkazilgan 18ta o'yinda "Volfsburg" g'olib chiqqan, 10ta bellashuv esa "Borussiya M" foydasiga yakunlangan. Qolgan to'rtta o'yinda murosa ko'chasi tanlangan.

"Borussiya M" - "Volfsburg" (00:00)
"Borussiya Park" stadioni.
Bosh hakam
: Robert Kampka.


Boshi durangdan chiqamay qolgan Dortmundning "Borussiya" jamoasi ushbu turda "Augsburg"ni mehmon qiladi. Tomas Tuxel jamoasi ketma-ket uch o'yindan buyon durang qayd etmoqda. "Augsburg" esa o'tgan haftada ketma-ket omadsizliklardan so'ng g'alaba qozondi. Bu o'yinda "Borussiya" g'alaba uchun borini sarf etishga majbur. Aks holda ular "Bavariya" bilan oradagi farqni yana oshirib yuborishadi va kamida etakchilar bilan o'rtadagi tafovutni kattalashtirib yuborishadi.

O'zaro o'yinlardagi fakt:
"Borussiya Dortmund" jamoasi shu kungacha "Augsburg" bilan jami 10 marta kuch sinashgan. Bularning 7tasida dortmundliklar, 1tasida "Augsburg" jamoasi g'alaba nashidasini qo'lga kiritgan. Qolgan ikkita o'yin esa durang bilan yakunlangan.

"Borussiya D" - "Augsburg" (00:00) (Setanta Sport + - Aleziya.com (TAS-IX)
"Signal Iduna Park" stadioni.
Bosh hakam
: Guido Vinkmann.


Germaniya budesligasi. 15-tur. Oltita o'yinning videosi bitta sahifada

Saytimizning Telegram dagi kanaliga obuna bo'ling - telegram.me/championatasia

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика