So’nggi yangiliklar

08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  1 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  1 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  3 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  6 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  11 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  18 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  21 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3

Bundesliga. Prevyu: Autsayderlar "Bavariya" va "Bayer"ga qarshi Yangiliklar

Bundesliga. Prevyu: Autsayderlar "Bavariya" va "Bayer"ga qarshi

Germaniya Bundesligasining 15-tur doirasidagi yana ikkita bellashuv bugun bo'lib o'tadi.


Kuni kecha 15-turdan o'rin olgan bir qator uchrashuvlar o'tkazildi.

Kunning dastlabki bellashuvi peshqadamlar orasida borayotgan "Bavariya" hamda autsayder "Darmshtadt" o'rtasida kechadi.

Bundesliga, 15-tur. Turnir jadvali

"Leypcig"ning "Gerta" ustidan qozongan g'alabasidan so'ng ayni paytda "Bavariya" jadvalda yana ikkinchi pog'onaga tushib ketdi. Ammo ular bugun ushbu holatni o'zgartirish imkoniyatiga egalar. "Bavariya" "Darmshtadt" ustidan g'alabani qo'lga kirita olsa, unda ochkolar soni bo'yicha yana "RB Leypcig"ga etib oladi va to'plar nisbatiga ko'ra birinchi pog'onaga o'rnashadi.


O'tgan yili Bundesligaga chiqqan "Darmshtadt" bundesligada jon saqlab qolishni uddalagandi. Bu yili ham aynan shu vazifani  takrorlash uchun kurashayotgan jamoaning ishlari hozircha qoniqarli emas. "Darmshtadt" hozirgacha o'tkazilgan 14ta o'yindan atiga ikkitasida zafar quchishga muvaffaq bo'ldi. Yana ikkita bellashuvda esa raqiblari bilan murosa qildi. Ammo qolgan 10ta o'yinda maydonni mag'lub holda tark etdi. "Darmshtadt" o'tkazilgan oxirgi 6ta o'yindan hammasida yutqazgani ayni paytda jamoaning ruhiy tushkun kayfiyatda ekanligidan dalolat beradi. Bu holatda "Bavariya" qarshiligini sindirish hazilakam ish emas. Ammo futbolda hamma narsa ruy berishi mumkin. Bugun Ramon Berndrot shogirdlari bor kuchlarini sarflab bo'lsa ham "Bavariya"ga muammolar tug'dirishga harakat qilishadi. "Darmshtadt" rahbariyati uzluksiz muvaffaqiyatsizlikdan so'ng Norbert Mayerni istefoga chiqardi va jamoani Ramonga topshirdi. Yangi murabbiy qo'l ostida esa jamoa o'sha ruhiy tushkunlikni ham engib o'tmog'i lozim bo'ladi. Agarda bu ishni "Bavariya"ga qarshi o'yinda amalga oshirsa, unda bu "Darmshtadt" futbolchilariga qo'shimcha drayv (qo'vvat) beradi. Yani ular o'z kuchlariga bo'lgan ishonchni ikki hissa ko'proq xis etishlari mumkin bo'ladi.

"Bavariya" jamoasida ham ushbu mavsumda pasayish holatlari kuzatildi. Ayniqsa jamoa oktyabr va noyabr oylarida bir qator kutilmagan natijalarni qayd etishdi. Jamoaga barqarorlik etishmayotgandek taassurot ham bo'ldi. Lekin Karlo Anchelotti bu holatdan jamoani tezda o'nglab olishga muvaffaq bo'ldi. Anchelottining yangi taktik sxemalariga jamoa ko'nikishi va moslashishi uchun biroz vaqt talab etilgani ham bazi o'yinlarda ochko yo'qotishlariga sabab bo'ldi. SHuningdek, Anchelotti jamoa futbolchilariga navbati bilan imkoniyat taqdim etdi va imkon qadar qo'l ostidagi barcha futbolchilarga o'yin amaliyotiga ega bo'lishlari uchun sharoit yaratdi. Hozir esa jamoa bu holatga ancha o'rgandi va pishib etildi.

Jamoaning barcha futbolchilari Anchelottining falsafasini va uning taktik rejalarini to'liq tushinib olmoqda. Istalgan o'yinda tarkibda har xil o'zgarishlar ruy bersa ham endilikda bu jamoaning o'yiniga salbiy taraflama tasir etmaydi. CHunki Anchelotti barchaga aniq ritmni belgilab berdi va ular shu ritmda murabbiy istagandek o'ynay boshlashdi.

SHu jihatlarni inobatga oladigan bo'lsak, bugungi o'yinda "Darmshtadt"ning imkoniyatlari juda ham pastligini ko'ramiz. Lekin unutmaymiz bu futbol. Aynan shu taraflama darmshtadtliklar nimadandir umid qilish va ishonishlari mumkin.

O'zaro o'yinlardagi fakt:

Bu jamoalar jami ikki marotaba to'qnash kelishgan. Ikkala bahsda ham "Bavariya"ning qo'li baland kelgan.

"Darmshtadt" - "Bavariya" (19:30) (Setanta Sport + - Aleziya.com (TAS-IX)

"Darmshtadt" stadioni.

Bosh hakam: Bastian Dankert.



Turning so'nggi o'yini Leverkuzenda "Bayer" va "Ingolshtadt" jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadi. O'tgan turni muvaffaqiyatli o'tkazgan ushbu ikki jamoalar endilikda "Bay Arena"da to'qnash kelishadi. Rojer SHmidt shogirdlari mavsumni bir tekisda o'tkaza olishmayotgan bo'lsa, "Ingolshtadt" uchun esa start juda yomon boshlangandi. Ular asta-sekin o'z mavqeilarini yaxshilashni boshlashdi. O'tgan turda "Ingolshtadt" qayd etgan natija albatta tahsinga loyiq. To'g'ri, bir qarashda ular debyutant "RB Leypcig"ni mag'lub etishdi xolos. Lekin shuni unutmaslik kerakki, hozirgi kunda aynan o'sha "Leypcig" Bundesligada karvonboshchilik qilmoqda. Ralf Xazzenxyuttl shogirdlarini hech bir jamoa 13ta o'yin davomida engishni uddasidan chiqa olmayotgan bir paytda, autsayder sanalgan "Ingolshtadt" o'tgan haftada "Leypcig"ni dog'da qoldirgandi. Bu g'alaba Maik Valpurgis jamoasini o'z kuchiga bo'lgan ishonchini oshirgani aniq. Lekin bu narsa "Bayer"ni ko'p ham qo'rqitmasligi mumkin. CHunki Rojer SHmidt jamoasi ham tobora o'z o'yinini topib bormoqda. "Bayer" oxirgi uchrashuvlarda barqaror o'yin ko'rsatishni davom ettirmoqda. ECHLda ham, Bundesligada ham jamoa nihoyat o'z muxlislari ishonchini oqlamoqda. O'tgan haftada "SHalke" maydonida safar qilgan "aspirinliklar" nihoyatda muhim bo'lgan g'alabani qo'lga kiritishgani ham jamoa yana etakchilar qatori sari intilayotganiga tasdiq bo'la oladi. Bugungi g'alaba "Bayer"ni hozirgi egallab turgan 8-o'rniga yaxshilab joylashib olishiga va "Kyoln"ga yaqinlashib olishiga xizmat qiladi. "Ingolshtadt" uchun g'alabaning qiymati "Gamburg"dan uzib ketish uchun etarli bo'ladi.

O'zaro o'yinlardagi fakt:

Bu jamoalar o'tgan mavsumda ikki marotaba duch kelishgan va ularning barchasida "Bayer" g'alabani tantana qilgan.

"Bayer" - "Ingolshtadt" (21:30)

"Bay Arena" stadioni.

Bosh hakam: Frank Villenborg.


Saytimizning Telegram dagi kanaliga obuna bo'ling - telegram.me/championatasia

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика