So’nggi yangiliklar

09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  0 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  7 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  2 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  2 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  8 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  13 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  12 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  21 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  24

Bundesliga. Murosani xush ko'radigan "Xoffenxaym", shov-shuv ko'tarayotgan "buqa"lar va turning boshqa voqealari Yangiliklar

Bundesliga. Murosani xush ko'radigan "Xoffenxaym", shov-shuv ko'tarayotgan "buqa"lar va turning boshqa voqealari

Germaniya chempionatining 3-tur o'yinlari haqida batafsil to'xtalib o'tamiz.


Ushbu turda bir-biridan qiziqarli bellashuvlar bo'lib o'tdi.


Turni ochib bergan "Kyoln" hamda "Frayburg" uchrashuvida kutilganidek mezbonlar ishonchli o'ynashdi va yirik hisobdagi g'alabani rasmiylashtirishdi.
"Kyoln" hujumchisi Antoni Modestning dubli va va Leonardo Bittenkurtning goli "Frayburg"ning mag'lub etish uchun etarli bo'ldi.
Peter SHtoger shogirdlari ushbu g'alabadan so'ng turnir jadvalida 4-pog'onaga yaxshi o'rnashib olishdi. SHuni takidlash joizki, "Kyoln" hozirga qadar mag'lubiyatga uchragani yo'q va o'z darvozasi daxlsizligini quruq saqlab kelmoqda.


Frankfurtga safar uyushtirgan "Bayer" esa mehmondan "quruq" qo'l bilan qaytishga majbur bo'ldi. Aleksandr Mayer hamda Marko Fabianning gollariga "Bayer" faqatgina CHicharitoning birgina gol bilan javob qaytardi. Rojer SHmidt jamoasi ushbu o'yinda mag'lubiyatdan qutilib qolishlari mumkin edi. Ammo o'yin tugashiga 2 daqiqa qolganida belgilangan penaltini Xaver Ernandez to'g'ri amalga oshira olmadi va bu yakunda "Bayer"ga qimmatga tushdi.
Ushbu yutuqdan so'ng "Ayntraxt" jamoasi 7-o'ringa ko'tarilib oldi.


Turning uchinchi o'yini "Xoffenxaym" hamda "Volfsburg" o'rtasida kechdi. Bundesliganing eng "quvnoq" jamoasi va "bo'rilar" o'rtasida o'tadigan bahsda ko'plab gollar kiritilishi taxmin qilgandik. Ammo bu safar "Xoffenxaym" yaxshi manoda odamni ajablantirdi, desak ham bo'ladi. Uchrashuvda har ikkala jamoa umumiy hisobda darvozalar tomon 42 marotaba zarba berishdi. Ammo bu zarbalarning bari besamar ketdi.

"Xoffenxaym" va "Volfsburg" darvozasi shu kuni hech ham ishg'ol etilmadi. Bazida mezbonlar kiperi Baymann ishonchl iharakat qilgan bo'lsa, ko'plab vaziyatlarda "bo'rilar" futbolchilariga aniqlik etishmadi. SHu kuni "Xoffenxaym" himoyachilari ham ancha yaxshi o'ynashganini alohida takidlash lozim.


SHu tariqa o'yin nursiz durang bilan yakun topdi. "Xoffenxaym" mavsumning uchinchi o'yinida ketma-ket 3 bor durang o'ynagan bo'lsa, "Volfsburg" bu safar o'z darvozasi "qulfi"ni echgani yo'q.
3-turdan so'ng "Xoffenxaym" 3 ochko bilan 10-pog'onada borayotgan bo'lsa, "Volfsburg" 5 ochko bilan 8-o'rindan joy olgan.
Eng qizig'i, ushbu ikki mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan jamoalar ushbu turdan so'ng ham ananani buzishgani yo'q.

Mavsum kashfiyoti bo'lishiga ko'p marotaba shama qilayotganim "RB Leypcig" jamoasi bu safar ham mening ishonchimni oqladi, desam mubolag'a bo'lmaydi. Ralf Xazenxyuttl boshqaruvidagi "RB Leypcig" safarda "Gamburg"ni yaxshigina adabini berdi.


Bundesliganing yangi vakili, debyutant sanalgan "RB Leypcig" futbol jamoatchiligini ajablantirishda davom etmoqda. O'tgan turda "Borussiya Dortmund" ustidan qozonilgan g'alaba shunchaki tasofid emasligini isbotlagan "buqa"lar "Gamburg" darvozasiga javobsiz (4ta!) to'rtta gol kiritishdi. Emil Forsberg, Davie Zelke va Timo Vernerning dubli yakunda "RB Leypcig"ga tarixiy g'alabani keltirdi.
Ushbu g'alabadan so'ng "RB Leypcig" turnir jadvalida 3-o'ringa chiqib oldi. Ralf Xazenxyuttl shogirdlari turnir jadvalining yuqori qismida ko'p ushlani qolishmas, ammo "buqa"lar mavsum davomida hali ko'p as qotishi kutilayotgan muhim ochkolarni o'z "cho'ntak"lariga qo'shib qo'yishmoqda.


Dortmundda kechgan "Borussiya" va "Darmshtadt" o'rtasidagi bellashuvda stadionga tashrif buyurgan ishqibozlar oz emas, ko'p emas (6ta!) oltita gol guvohiga aylanishdi. Tomas Tuxel jamoasi o'tgan turdagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng ancha g'azabi qo'ziganini amalda isbotladi va raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.


Karlo Anchelotti boshqaruvidagi "Bavariya"ning bu safargi raqibi "Ingolshtadt" bo'ldi. "Bavariya" ushbu o'yin oldidan bir qator yo'qotishlarga duch kelgandi. Tomas Myuller, David Alaba, Filipp Lam kichik jarohatlari tufayli ushbu bahsda jamoaga yordam bera olishmasligini Anchelotti o'yin oldidan aytib o'tgandi. Mats Xummelsning yuzidagi kichik jarohat bois Anchelotti ushbu himoyachining ham xizmatidan foydalanmaslikka qaror qildi. Boateng va Robben jarohatlaridan endi qutilib safga qaytishayotgandi. Ushbu futbolchilar o'yin qaydnomasiga kiritildi, ammo boshlang'ich tarkibda ularning ismi-sharifi ko'rinmadi.
Bu kabi yo'qotishlarga qaramasdan "Bavariya" bu o'yinga yaxshi tarkibda chiqdi. Riberi, Levandovski, Vidal, Alonso va Martines kabi futbolchilar ushbu bellashuvda asosiy rolni bajarishdi. O'yin kutilmaganda mehmonlarning tezkor goli bilan boshlandi. Uchrashuvning 8-daqiqasidayoq Dario Leskano "Bavariya"ning himoyadagi bo'shliqlaridan unumli foydalandi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.
Lekin "Ingolshtadt"ning xursandchiligi uzoqqa cho'zilmadi. Oradan 4 daqiqa o'tishi bilanoq Robert Levandoski Riberining to'p uzatmasidan so'ng juda chiroyli tarzda Niyland qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol etdi va muvozanatni tikladi.

Ikkinchi bo'limni "Bavariya" yanada hujumkor ruhda boshladi. Frank Riberining bu safargi to'p uzatishini Xabi Alonso golga aylantirdi. Alonsoning uzoqdan kuchli tarzda yo'llagan zarbasi yo'liga raqib posboni g'ov bo'la olmadi va "Bavariya" hisobda oldinga chiqib oldi.
O'yin tugashiga oz vaqt qolganida esa yana o'sha tinib-tinchimas Frank Riberi gol urishga chanqoq turgan jamoadoshini qidirib topishda adashmadi. Bu safar o'ng qanot himoyachisi Rafinya franciyalik do'stidan to'pni qabul qilib olgach, o'ylab o'tirmay uzoqdan darvozani ko'zladi va mo'ljalda adashmadi.
SHunday qilib "Bavariya" ketma-ket uch o'yinda g'alabani qo'lga kiritdi va turnir jadvalida peshqadamga aylandi.


Myonxengladbaxda bo'lib o'tgan "Borussiya M" - "Verder" bahsida mezbonlar Viktor Skripnik uchun bremenliklar ustozi sifatidagi oxirgi uchrashuv bo'ldi. Mavsumni bir tekisda o'tkaza olmayotgan "Borussiya M" "Verder" qarshiligini osonlik bilan engishga erishdi. Ushbu o'yindan so'ng "Verder" ukrainalik mutaxassis Viktor Skripnikka chiqish eshiklarini ko'rsatdi.

Turning so'nggi ikkita o'yini yakshanba kuni o'tkazildi.

Dastlab "Augsburg" hamda "Maync" jamoalari saf tortishdi. Bu bahsda mehmonlar maydon egalaridan ko'ra faolroq va kuchliroq o'ynashgani bois safardan muhim g'alaba bilan qaytishdi.

O'yin debyutida Yunus Mallining to'p oshirishini golga aylantirgan Kordoba jamoasini hisobda olinga olib chiqdi. Uchrashuvning 73-daqiqasida Konstantinos muvozanatni tiklagan golga mualliflik qildi.
Lekin bu gol "Augsburg"ni mag'lubiyatdan qutqarib qolish uchun etarli bo'lmadi. CHunki o'yinning 75-Daqiqasida Yunus Malli yana tezda jamoasini hisobda oldinga olib chiqqan bo'lsa, uchrashuv yakunlanishiga 9 daqiqa qolganida yaponiyalik Muto bahsga nuqta qo'yuvchi golni kiritdi.

SHu tariqa "Maync" ushbu mavsumdagi dastlabki g'alabasini safarda rasmiylashtirdi va o'z hisobidagi ochkolarni 4taga etkazib oldi.

Turni yakunlab beruvchi o'yin Berlinda bo'lib o'tdi.


Germaniya chempionatida "Bavariya" singari yo'qotishlarsiz kelayotgan "Gerta" o'z uyida mag'lubiyatdan boshi chiqmayotgan "SHalke"ni qabul qildi.
Ko'pchilik aynan shu o'yinda "gerta"ning g'alabali seriyasi va "SHalke"ning muvaffaqiyatsizligi yakun topadi, deb taxmin qilgandi. Ammo taxminlar puchga chiqdi. CHunki Pol Dardai shogirdlari yana bir marotaba ushbu mavsumdagi maqsad va vazifalari ancha jiddiylashganini amalda isbotlay olishdi.

Mitchel Vayzer va Valentin SHtokerning kiritgan gollari "SHalke"ni uchinchi mag'lubiyatni tan olishiga majbur qildi.

"Gerta" ushbu g'alabadan so'ng ochkolari sonini 9taga etkazdi va "Bavariya" bilan turnir jadvalida yonma-yon peshqadamlik uchun kurashayotgan yagona jamoaga aylandi.

"SHalke" esa uchinchi o'yinda 3-mag'lubiyatini qabul qilib oldi va eng qizig'i, gelzerkirxenliklar hali bundesliga o'yinlarida birorta ham gol urishni uddasidan chiqishgani yo'q.

Bu mag'lubiyat Markus Vayncirl uchun so'nggi ogohlik qo'ng'irog'i bo'lishi ham mumkin.

Turning barcha o'yinlari


Keyingi tur indinga start oladi. Keyingi turning eng etiborga molik o'yini Myunxenda, ikki peshqadam jamoalar "Bavariya" va "Gerta" o'rtasida kechadi. Turning eng katta afishasi haqida keyingi tur prevyusida alohida to'xtalamiz. "Gerta"ga esa yangi chaqiruv, yangi intriga va chiroyli o'yinlari uchun rahmat aytib qolamiz. Pol Dardai Berlinda yaxshigina jamoani shakllantirayotgani kishini quvontiradi albatta. Bu haqida keyinroq.


Bundesliga. Turnir jadvali.

Bundesliga 3-turining ramziy terma jamoasi bilan tanishtirib o'tamiz.


Darvozabon: Timo Xorn ("Kyoln")
Himoyachilar: Sebastyan Langkamp ("Gerta"), Uilli Orban ("RB Leypcig"), Pavel Kaderabek ("Xoffenxaym"), Mitchel Vayzer ("Gerta").
Yarim himoyachilar: Emil Forsberg ("RB Leypcig"), Gonsalo Kastro ("Borussiya Dortmund"), Marko Fabian ("Ayntraxt"), Torgan Azar ("Borussiya Myonxengladbax"), Frank Riberi ("Bavariya").
Hujumchi: Antoni Modest ("Kyoln").


- Malumot uchun: Mitchel Vayzer ko'pgina o'yinlarda qanot himoyachi sifatida ham, qanot yarim himoyachisi, yani vinger rolida ham o'ynaydi. Oxirgi o'yinlarda "Gerta" safida Vayzer vinger sifatida harakat qilmoqda. Ammo tur ramziy terma jamoasida Vayzerga himoyadan joy berdik. Sababi, ushbu turda ko'pgina yarim himoyachilar ancha yaxshi o'ynashgani bois tanlovda ancha qiynalib qoldi odam.


Qiziqarli faktlar:

- "Xoffenxaym" ushbu mavsumda g'ali birorta ham g'alaba qozongani va mag'lubiyatga uchragani yo'q.

- "SHalke" 3-turdan so'ng o'z aktivida 0 ochko va 0 golga ega.

- Robert Levandovski ketma-ket uchinchi o'yinda gol kiritmoqda va to'puralar poygasida 5ta gol bilan peshqadamlik qilmoqda.

- Frank Riberi (4) esa assistentlar orasida yakka hokimga aylangan.

- Yo'qotishlarsiz ketayotgan jamoalar: "Bavariya" va "Gerta".

- G'alaba qozonmagan jamoalar: "Xoffenxaym", "Ingolshtadt", "Gamburg",  "SHalke", "Verder".

- To'p o'tkazib yubormagan jamoalar: "Kyoln" va "Volfsburg".


SHahboz Beg'amov

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика