So’nggi yangiliklar

00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  11 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  54 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  832 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7 17:50Доминикан Рес. - Испания. Асосий таркиблар эълон қилинди  17 17:13Магуайр: "МЮни яна муваффақиятли қилиш вақти келди"  4

Bundesliga klublari chet ellikka sotilmaydi! Nima uchun? Yangiliklar

Bundesliga klublari chet ellikka sotilmaydi! Nima uchun?

Teglar :  Bundesliga
“50+1 qoidasi”, qadimiy ananalar va muxlislarning ustunligi.

Avval, nemis klublarining tashkiliy strukturasi haqida so'z yuritamiz.

Germaniyaning barcha mashhur klublari (“Bavariya”, “SHalke”, “Borussiya”, “Gamburg”, “Verder”) tashkil topganiga deyarli 100 yil bo'ldi. U paytda jamoalar turli xavaskorlar tomonidan, xobbi sifatida tashkil qilingan (masalan, xushbo'y tamakini sevuvchilar, yorkshir terer egalari yoki preferans o'yini muxlislari kabi). Bunday klublarni yagona jamoa sifatida ro'yxatga olishayotganida “eingetragener Verein (e.V.)”, yani “ro'yxatdan o'tgan uyushma” belgisi bilan ko'rsatish talab etilgan. Hozirgi kunda bu belgidan voz kechgan jamoalar ko'p bo'lishiga qaramay, bazi klublarning logotipida “e.V” belgisi haligacha saqlanib qolgan. Masalan, uni “Darmshtadt”, “Braunshveyg”ning logosida uchratishingiz mumkin.

Bu nima uchun kerak deb o'ylaganingiz tabiiy. Gap shundaki, tizimning asosiy talabi bo'yicha klub foyda olish, tijorat faoliyati bilan shug'ullanish huquqiga ega bo'lmagan. Agar pullar ittifoqning ehtiyojlari uchun ishlatilayotgan bo'lsa, unda qancha bo'lsa ham sarflashlariga ruxsat berilgan.      

Misol uchun, siz ettita odam bilan ittifoq tuzdingiz va buning ustiga ajoyib futbol klubingiz ham bor. Jamoangiz shunchalik kuchliki, hattoki siz o'yin uchun biletlarni bemalol sota olasiz. Biroq bitta muammo bor: sotilgan biletlardan kelgan daromad sizning bankdagi hisob raqaminigizga o'tkazilmaydi va o'z-o'zidan unga muntazam ravishda foiz qo'shilmaydi. Buning yomon tomoni — ittifoq azolari javobgarlikka tortilishi mumkin. Yaxshi tarafi esa — yig'ilgan pulga stadionga ijara haqini to'lashingiz va yangi to'plar sotib olishingiz mumkin.

Odatda, bunday uyushma sarmoyasining 100 foizi — azolik badali hisoblanadi. Barcha muhim qarorlarni klub rahbariyati qabul qiladi. Uyushmaga qo'shilish uchun siz homiy bo'lishga, yani moddiy yordam ko'rsatib, u pullar nimaga sarflanayotganiga qiziqmasligingiz zarur va rahbarlar ishiga butkul aralashmasligingiz kerak.

Nemis klublari qaerdan foyda oladi?

Futbolga millionlab insonlar qiziqishni boshlaganida, nemislar bir narsani tushunib etdi: rivojlanish uchun xususiy akcionerlik jamiyati tuzish kerak edi. SHu tariqa, yuridik shaxslar uyushmadan ajralib chiqadi. Bu maqomga faqat klubning foyda keltiradigan bo'limlari ega bo'lgan.

Bugungi kunda transferlardan tushgan summaning 90% jamoa uchun sarflangan va bor yo'g'i 10% boshqa loyihalarga ajratiladi.

Ana shundan keyin “ro'yxatdan o'tgan uyushmalar”dan yuridik shaxslar yuzaga kela boshladi. Yuridik shaxslarning asosiy maqsadi klublarga foyda olishda yordam berish edi. Hozirgi kunda futbolchilar “e.V” uyushmasi bilan emas, akcionerlik jamiyati bilan shartnoma tuzadi.

SHu paytgacha klubni pul bilan taminlagan homiylar evaziga stadion va uning atrofida reklama berish huquqiini qo'lga kiritgan. Keyinchalik ular sarmoyada o'z ulushlariga ega investorlarga aylanishgan bo'lsada, haligacha klub strategiyasini belgilab berish huquqini qo'lga kiritganlari yo'q.

Nemis futbol ligasi “DFL” havaskorlar, shayxlar va boshqa avanturistlarga taqiq qo'ygan. 1998 yilda “50+1 qoidasi” ishlab chiqildi. Uni yuridik shaxslarning ko'pchiligi qo'llab-quvvatladi.    

Bu ish qanchalik foyda beryapti?
Myonxengladbaxning “Borussiya” klubi 1990 yilda tashkil topgan. U uning rasmiy nomi “Borussia Verein für Leibesübungen 1900 e.V.” — yani klub jismoniy mashqlar uchun mo'ljallangan degan manoni bildiradi. 2003 yilda ro'yxatdan o'tgan uyushma asosida “Borussia VfL 1900 Mönchengladbach GmbH”  masuliyati cheklangan jamiyat yaratilgan. Uning tarkibida 30ta professional o'yinchi, yoshlar jamoasi va xodimlar bo'lgan.  “Borussia Verein für Leibesübungen 1900 e.V.” hozirgi kunda “Borussia VfL 1900 Mönchengladbach GmbH”ning akciyasiga 100% egalik qiladi. Yani boshqaruv kengashi butunlay ittifoq azolaridan tuzilgan.

Jamiyat investorlardan yordam kutgani yo'q. “Borussiya” jamoasi boshqaruvi iqtisodiy-siyosat asosida qurilgan. So'nggi 10 yil ichida “Borussia VfL 1900 Mönchengladbach GmbH”ning pul aylanmasi 65 milliondan 197 million evroga oshdi, daromadi esa 2017 yilda 27 million evroni tashkil qildi. Eng yaxshi jamoalardan biri bo'lish uchun “boyvachcha homiy”ni kutish shart emasligini, hamma narsaga chinakam mehnat orqali erishish mumkinligini “Borussiya” klubi amalda ko'rsatib bera oldi. Buning uchun qo'l ostingizda ishonchli va malakali xodimlarni yig'a olsangiz bas.        

“Bavariya” ham o'zining birinchi jamoasini “FC Bayern München AG”ning maxsus tizimiga qo'shib qo'ydi. Uni “Allianz”, “Audi” va “Adidas” kompaniyalari ham qo'llab-quvvatlagan. Kompaniyalarning har biri 8,33%dan akciyaga ega bo'lgan. Bu tahminan 100 million evroni tashkil qilgan. Qolgan 75,01% akciya esa “Bavariya” klubiga tegishli edi. Mana sizga “50+1 qoidasi”. Myunxenliklarning strategik hamkori bo'lish hammaga ham nasib qilavermagan. Yuqorida sanab o'tilgan kompaniyalar rahbarlari klub boshqaruvchilariga yaqin tanish bo'lgani uchun ularning ishi osongina hal bo'lgan. Boshqa kompaniyalar qanchalik boy va kuchli bo'lmasin, klub bilan shartnoma imzolashga muvaffaq bo'lolmaganlar.  
“Borussiya Dortmund” klubi akciyaning 5,53%iga egalik qiladi. Bu ham boshqaruvning bir turi — akciyadorlik-tijorat shirkati hisoblanadi. 60,36% akciya tashqi kapitalga tegishli bo'lib, unga fond birjasida murojaat qilishgan. Biroq, boshqaruv kengashida ko'pchilik klubga ovoz bergan va “Dortmund”ga hech qanday davo bo'lmagan.

“SHalke” mana 114 yildirki, logotipini o'zgartirishni xohlamayayotgan klublardan biri hisoblanadi. Klub investorlarni o'ziga jalb qilolmay, turli tazyiqlar, maslahatlardan charchagan bo'lishiga qaramay, futbolkasida o'z nomini qo'yish uchun klubga yiliga 20 million evro to'laydigan do'stlari bor.

Bu ish bermayotgan jihatlar...
Germaniya futbol ligasi bir necha yil avval asosiy qonuniga o'zgartirish qiritdi. Natijada esa, agar investorlar 1999 yil 1 yanvarga qadar 20 yil klubga pul orqali yordam berib turgan bo'lsa, ular akciyalariga egalik qila olish huquqiga ega bo'ladilar. Yani shu muddat ichida homiy chinakamiga sezilarli miqdorda moddiy yordam berib turishi zarur edi. Agar siz shunchaki jamoani bankachalardagi gaz suvi bilan taminlab turib, yakunda barchasiga ega chiqmoqchi bo'lsangiz, chuchvarani xom sanabsiz. “Leverkuzen” va “Volfsburg” bundan mustasno edi. CHunki ular “Bayer” va “Folksvagen” kompaniyalarisiz yo'q bo'lib ketar edi.  

Milliarder Ditmar Xopp 90 yillar boshida “Xoffenxaym”ning asosiy tarkibi va infratuzilmasini sinchkovlik  ishlab chiqqan. 2015 yilda u klub uchun 26 yilga mo'ljallangan 350 million evrolik investiciya qildi va liga prezidentidan turli cheklovlarsiz ishlash huquqini qo'lga qiritdi. Xopp “Hoffenheimer Football-Spielbetriebs GmbH”ning 96% akciyasiga egalik huquqini qo'lga kiritdi.  

Ammo baribir eng “odobli” va “qoidalarga to'liq rioya qiladigan” klub bu “RB Leypcig”. “RasenBallsport Leipzig e. V.”, “RasenBallsport Leipzig GmbH” hamda klubga pul topib beruvchi va akciyalarning 99%ga egalik qiluvchi “Red Bull GmbH” ichida kim aslida kim ekanligini ajratib bo'libsiz! Sababi har uchala tashkilot rahbarlik lavozimlarida deyarli bir xil tarkib (o'sha-o'sha insonlar) faoliyat yuritishadi.

Masalan, Oliver Mintclaff yaqin vaqtlargacha birdaniga “uch kursini band qilib o'tirgandi”. Boshqaruv raisi “Leypcig” sport direktori bo'lish bilan bir qatorda, u “Red Bull” futbol departamenti rahbari ham edi. Boshqaruv kengashida klub tarafdorlari talaygina edi. Lekin ularning hammasi ham ovoz berish huquqiga ega emasdi. Liga qoidabuzarliklarga ko'z yumadi. Biroq klub ham o'z navbatida ularni xafa qilmaslikka harakat qiladi. Klub logotipining bugungi ko'rinishi bunga yorqin misol.        

“50+1 qoidasi”ga endi kim o'tadi?
Martin Kind o'tgan yili “Gannover” klubiga yordam berganiga 20 yil bo'ldi va endi u qonunan akciodorlardan biri bo'lishi mumkin. Kind kuzdan boshlab bu huquqidan foydalanmoqchi. Boshqaruv kengashi klubning 51% akciyasini sotishga rozi bo'ldi. Biroq “Gannover” klub kengashining bazi azolari qatiy ravishda bunga qarshi chiqishdi. O'shanda ish sudgacha oshirilgan edi. Sud qaroriga ko'ra, Martin Kind egalik xuquqiga davogarlik qilishga xaqqi bor edi. Ammo asosiy gap ham shunda – davogarlik qilishi mumkin.

“Mening yordamimsiz jamoa hozirda Germaniya 5 divizionida ishtirok etayotgan bo'lardi”, – dedi gannover klubi muxlislari arizasidan jaxli chiqqan Martin. 1997 yil, Kind “Gannover”ga endi kelganda jamoa uchinchi ligada to'p tepar va mahalliy pivoxona ajratgan 250 000 marka evaziga kun ko'rardi, hamda moliyaviy inqirozga juda yaqin kelgandi.
“Xoffenxaym” va “RB”dan farqli o'laroq, “Gannover” — ananaviy klub hisoblanadi. Germaniyada muvaffaqiyat qozongan va ko'p yillar mobaynida oliy divizionda o'rin egallab kelgan klublarni ana shunday atashadi. “SHtutgart”, “Gamburg”, “Dortmund” klublari ham tez orada kimningdir shaxsiy mulkiga aylanishi mumkin.    

“50+1 qoidasi”ning tarafdorlari nima uchun ko'proq?
Iordaniyalik millioner Xasan Ismaik “Myunxen-1860”ni CHempionlar Ligasi bilan “tanishtirish”ni o'ylagandi, ammo qosh qo'yaman deb, ko'z chiqarib qo'ydi. G'alati transferlar, 7 yil ichida 11ta murabbiyning istefoga chiqishi, jurnalist qiz bilan janjal... Nima bularning barchasi o'zidan-o'zi bo'lgan deysizmi? Yo'q, barchasini klubda malum bir vakolatlarga ega inson qilgan. Bir tasavvur qilib ko'ring, agar Ismaik klubdagi nazoratni to'liq qo'lga olsa nima bo'lardi?!          

Iordaniyalik lavozimidan ketsa, muxlislar ancha xursand bo'lardi. U ham ancha avvalroq o'z ulushini sotib yuborardi, lekin kichik jamoaga sarmoya kiritmoqchi bo'lgan homiylar topilishi mushkul vazifa.  

Germaniyaliklar chet ellik investorlardan “qo'rqishining” sababi – ular kelgan “mehmon” foydani barcha narsadan ustun qo'yishi va faqat pulni ko'zlashidan xavotirlanishadi. Bundan tashqari ular, inglizlarda bo'lgani kabi, Flavio Briatore singari futbolga “befarq” bo'lmaganlarga duch kelishni istashmaydi. Briatore ingliz futboliga, KPR boshqaruviga kelarkan, u klub nomini avvaliga barbekyu-restorani nomi deb o'ylagan.

Mahalliy insonlar doim dushanba kundagi o'yinlarga va chiptalar narxi oshishiga qarshi bo'ladi. Sababi, bu muxlislarga qo'shimcha noqulayliklar keltirib chiqaradi. Lavozimdagilar ham birinchi navbatda shu jamoa muxlisi va bu kabi vaziyatlar yuzaga kelishini istamaydi. “Ko'plab investorlar pul topishni ko'zlashadi. Endi bir o'ylab ko'ring, ishlar unchalik yurishmayotgan bir vaziyatda pul qaerdan bo'lsin? Albatta, muxlislardan, – deya takidlaydi “Dormund”  Xans-Yoaxim Vatcke.


Yaqin kunlarda Germaniya futboliga o'zgartirishlar kiritilarmikan?
Nazarimizda, o'zgarishlar vaqti keldi. Buni hattoki Germaniya fubol ligasi ham inkor etayotgani yo'q. “50+1 qoidasi”ni saqlab qolinishi uchun ovoz berayotgan klublar asosiy qonunni isloh qilishni qo'llab-quvvatlashmoqda. “Verder”ning rahbari Klaus Filbri qonunga yangi modda kiritishni taklif qildi. Uning fikriga ko'ra, klub yangi rahbari akciyalar paketini nazorat qilishni qo'lga kiritganidan so'ng, hech qachon klubning logotip, undagi ranglarni o'zgartirishni va jamoani boshqa shaharda o'ynashini talab qilmaydi. Muxlislar bu kelishuvni “iblis bilan shartnoma” deb atashdi.  

Frankfurt shahrida Germaniya ligasidagi 36ta klub vakillari ishtirok etgan navbatdagi uchrashuv bo'lib o'tdi. Ular aynan “50+1 qoidasi”ning asosiy tamoyillarini ko'rib chiqishdi. Ushbu qonunni bekor qilish uchun unga kamida 24ta delegat ovoz berishi kerak edi. Misol uchun: 2009 yilda bu tizimni 32ta klub qo'llab-quvvatlagan, uchtasi ovoz bermagan va faqat “Gannover” prezidenti Kind bu qonunga qarshi chiqqan. Xullas, nima bo'lgan taqdirda ham, “50+1 qoidasi” hamon yashashda davom etmoqda.


Nozima Zaripova tarjima qildi

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика