So’nggi yangiliklar

16:23"Барселона" Месси, Коутиньо, Куман олдидаги қарзларини ёпди  3 15:52"WhoScored" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатининг гуруҳ босқичи рамзий термасини тақдим қилди  8 15:15Факт: "Нефтчи" 17 йилдан буён меҳмонда "Қизилқум"ни юта олмаяпти  0 14:52“Нефтчи” академияси фаолиятини бошламоқда!  3 14:20Месси туғилган кунини нишонлади, Араухо уйланди, ПСЖда "ойлик чиқди". Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  4 14:10Котрина Кулбите: "Муносиб ўйин кўрсатиб, Осиё кубоги йўлланмасини қўлга киритишни мақсад қилганмиз"  1 13:54"Динамо" бир киши кам бўлиб "Қўқон-1912"ни ютган учрашувдан галерея  2 13:28Гвардиола Грилишнинг кам ўйнаётгани сабабини айтди  1 12:56Милан Митрович: “Футбол ҳаётга ўхшайди — ҳамма нарса режадагидек кетавермайди”  2 12:50Симоне Инзаги: "Пеп Гвардиола - энг зўри"  2 12:22Исломбек Исмоилов: "Нефтчи"га вилоят ҳокимининг таклифи билан келдим"  11 12:12Рафинья Нико Уильямс ҳақида: "Юқори сифатли футболчи"  2 11:44"Астон Вилла" "Челси" ва "Арсенал" қизиқаётган футболчиси учун 100 млн фунт талаб қилмоқда  1 11:16"CAFA Nations Cup" мусобақасида 8 терма жамоа иштирок этади  7 10:50Винисиуснинг талаблари маълум. Унинг талабларини “Реал“ қабул қилишга тайёр эмас  18

Bundesliga. Jahon futbolida bahorning eng muhim to'qnashuvi (prevyu) Yangiliklar

Bundesliga. Jahon futbolida bahorning eng muhim to'qnashuvi (prevyu)

Bugun Germaniya Bundesligasi 28-turida dahshatli to'qnashuv ro'y beradi.

Tur markaziy o'yinida "Borussiya Dortmund" "Signal Iduna Park"da "Bavariya"ni mehmon qiladi.

Der Klassiker! So'nggi o'n yillikda Germaniyadagi asosiy qarama-qarshilik bo'lib, chempionlik poygasi fonida yana jiddiy ahamiyat kasb etmoqda. Dortmundning "Borussiya"si intriga uchun kurashayotgan bo'lsa, "Bavariya" odatdagidek uni boshqalardan olib qo'ymoqchi. Bu erda hech tinchlik bo'lmaydi-da.

Jamoalarning holati 

Raqiblar orasida atigi 4 ochkolik farq bor – amaldagi chempion 61 ochko bilan peshqadam, "Borussiya" esa 57 ochko bilan 2-pog'onada. "Bavariya"ning biroz ustunlikka ega tomoni bor, bu o'yin oldidan xotirjamlikni his qilishga imkon beradi – mezbonlar mag'lubiyatga uchragan taqdirda jadvaldagi birinchi o'rinni boy bermaydi.

Umuman olganda, jamoalarning hozirgi holatlari juda o'xshash. Xansi Flik qo'l ostidagi "Bavariya" kam yutqazmoqda, klub oxirgi marta dekabr oyining boshida Myonxengladbaxda taslim bo'lgandi. Qolaversa, oxirgi 13 uchrashuvda ochkolar faqat "Leypcig"ga qarshi o'yinda yo'qotilgan, xolos.

Dortmundda ham xuddi shunday statistika mavjud, faqat Lyusen Favr shogirdlari bitta turda durang o'ynamagan, aksincha, "Bayer"ga mahlub bo'lgan. Ammo hozir ularda 6 seriyali g'alaba va uyda ideal o'yin ko'rsatish qobiliyati bor.

Turnir jadvali

Bugungi o'yinlar ro'yxati va ularni namoyish etadigan telekanallar

Muhim eslatmalar

"Borussiya"ning bu o'yinda qoqilishga haqqi yo'q. CHunki bu erda nafaqat turnir motivaciyasi, balki klubning o'z nufuzi ham o'rtaga tikilgan. Jamoa ko'p yillar davomida nemis futbolida raqobat yaratishga harakat qilib kelmoqda, aslida "Bavariya" uchun yagona va hammaga ko'rinib turadigan tahdid Dortmund tomonidan qilinadi, lekin Dortmandga har safar nimadir etishmaydi. O'tgan mavsumda ular yana yutqazishgandi va Bundesliga ikkinchi davrasida katta tafovut bilan ortda qolgandilar.

Hozir Favr yigitlari 8 yil oldingi chempionlikni qo'lga kiritish umididan boshqasiga ega emaslar – ular karantindan oldin CHempionlar Ligasi va Germaniya kubogidan chiqib ketishgandi. SHuningdek, Favr takidlaganidek, jamoa birinchi davradagi mag'lubiyatni unutgan, biroq o'ch olish hissi hech qaerga ketmagan.

Ayni paytda dortmundiklarning ustunlik tarafi borligi aytilmoqda. Ular qishda ikkita poziciyani keskin ravishda kuchaytirib, boshqacha o'ynay boshlashdi. Markazga Emre Jan, oldingi chiziqqa Erling Xoland olib kelindi. Favr 3 himoyachili sxemaga o'tgani bois jamoa deyarli birinchi marta to'liq imkoniyatlarini namoyish qila boshladi.

"Bavariya"ning ayrim muammolari bor. CHempion jamoa Xansi Flik rahbarligida ajoyib rivojlandi, u o'yindagi barcha kamchiliklarni bartaraf etib, avvalgi engillikka qaytdi, ammo hali taktik jihat o'zgardi deb ayta olmaymiz. "Bavariya" yagona tizimda, mukammal muvozanatda ushlab turilmoqda va faqat ayrim kichik o'zgartirishlarga qo'l urilmoqda. Flik fors-major holatlarida hali o'zini namoyon qilmadi. U o'yin davomida ko'plab almashtirishlarni amalga oshirmaydi, sinalgan tarkibga ishonadi va o'yinni o'zgartirmaydi.

Malumot uchun, jamoalar shu paytgacha o'zaro 69 marta o'yin o'tkazgan. SHulardan 19 tasida “Borussiya D” g'alabaga erishgan bo'lsa, 32 ta o'yinda “Bavariya”ning qo'li baland kelgan, 18 marta esa durang qayd etilgan. 

Dahshatli statistika. “Bavariya” Bundesligada 17 o'yindan buyon yutqazmayapti (16 g'alaba, 1 durang). 

Xummels o'ynashga tayyor, ammo Tiago...

Jangdan oldin ikkala jamoa ham rasmiy ravishda jiddiy yo'qotishlarga duch kelishdi. Aksel Vitcel uzoq vaqt davomida jarohatini davolash bilan band bo'ldi, u faqat yakshanba kuni birinchi marta mashg'ulotlarga kirishdi va o'yin qaydnomasiga kiritilishi kutilmoqda. Ayni paytda himoyachilar Niko SHulc va Dan-Aksel Zagadu hamon lazaretda. Jamoa sardori Marko Roys hatto mavsum oxirigacha o'ynamaydi degan mish-mishlar ham bor. Lekin yaxshi yangiliklar mavjud. SHanba kuni jarohatga yo'liqqan himoyachi Mats Xummels safga qaytgan va o'yinni asosiy tarkibda boshlashi kutilmoqda.

"Bavariya" unchalik yaxshi holatda emas. Klub uchta asosiy o'yinchisidan ayrilgan – Niklas Zyule, Korenten Tolisso va Felippe Koutino - ular aniq o'ynashmaydi. Afsuslunarlisi, ular orasiga yana bir kishi, Tiago qo'shildi. Maydon markazida ispanning o'rni bilinishi aniq. 

Oqshomning asosiy dueli - Levandovski vs. Xoland

Xansi Flik o'yin oldidan juda to'g'ri payqab, Levandovski va Xolandni solishtirishga hali juda erta ekanligini aytdi. Ammo hamma baribir bunga amal qilmaydi va barcha ularning duelini kutmoqda.

Robert "Borussiya"ga qarshi o'tkazgan 19 o'yinida 18 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Oldingi 4 uchrashuvda kamida dubl qayd etgan. U hozir jarohatidan tuzalib, eng yuqori sport formada bo'lib turibdi.

Parallel ravishda Erling Xoland muxlislarni hayajonga solmoqda, bu yigit juda samarali o'yin ko'rsatib, Dortmund joniga oro kiryapti. U PSJga gol urdi va endi navbatdagi sinov ostonasida turibdi. 

Alohida aytish kerakki, ikkinchi davra jadvalida Xoland Levandovskidan ikki golga oldinda.

Mutaxassislar fikricha, bu oqshomning yagona dueli emas. CHunki yana bir kurash Tomas Myuller va Jeydon Sancho o'rtasida kechadi. Birinchi davrada angliyalik futbolchi yomon o'ynagandi, uni Alfonso Devis butunlay "yopib qo'ygandi". Sancho yaqinda jarohatdan qaytdi va shanba kuni maydonga tushib, golli pas uzatdi. "Bavariya"da bu borada Tomas Myuller tanaffusdan keyin 1+1 statistikani amalga oshirdi va assistentlar poygasida peshqadam bo'lib turibdi.

Bundesliganing eng yaxshi to'purarlari

Murabbiylarning o'yindan oldingi fikrlari 

Agar bo'lajak uchrashuvni birinchi davradagi o'yin bilan taqqoslasak, hozir biz jamoamizga ko'proq mos keladigan boshqa sxema bo'yicha o'ynayapmiz. Bundan tashqari, qishda ikkita futbolchi bilan tarkib kuchaytirildi. Noyabr oyida "Bavariya" bilan nima bo'lganini butunlay unutdik. O'shanda yomon o'ynagandik, lekin bu haqda boshqa o'ylamayapmiz", - "Borussiya D" bosh murabbiyi Lyusen Favr.

Ikki buyuk jamoaning bir-biriga qarsha o'ynashi juda zo'r. "Borussiya" qishda yaxshigina kuchaydi. Bu klub Evropaning eng yaxshi jamoalaridan biri, biz yaxshi tayyorgarlik ko'rishimiz va bor kuchimizni sarflashimiz lozim", - "Bavariya" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik.

Taxminiy tarkiblar (Bild nashri)

“Borussiya D”: Byurki – Pishek, Xummels, Akanji – Xakimi, Dileyni, Jan, Gerreyru – Brandt, Azar – Xoland

“Bavariya”: Noyer – Pavar, Boateng, Alaba, Devis – Kimmix, Goretcka – Gnabri, Myuller, Koman – Levandovski

Ikki eng yaxshi nemis jamoalarining epik va aql bovar qilmaydigan jangini, butun bir mavsumning taqdirini, liga chempioni kim bo'lishini belgilab beradigan o'yinni o'ztkazib yubormang! 

Eslatib o'tamiz, uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:30da boshlanadi.  


SHerzod Nurmatov tayyorladi. 


Bundesliga turnir jadvali, to'purarlar ro'yxati va turnir taqvimi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика