Bundesliga. “Borussiya D” uyda “Volfsburg”ni taslim etib, kuchli to'rtlikka qaytdi
03 jan 2021 21:28
Yangiliklar


Bundesliga. “Borussiya D” uyda “Volfsburg”ni taslim etib, kuchli to'rtlikka qaytdi
Germaniya chempionati 14-turi doirasida Dortmundda o'tgan bahs mezbonlar 2:0 hisobi bilan g'alabaga erishdi.
“Borussiya D” safida Manuel Akanji va Jeydon Sancho gol urdi. Ushbu muvaffaqiyatdan keyin “arilar” ochkolari sonini 25 taga etkazgan holda turnir jadvalida 4-o'ringa ko'tarildi. 24 ochkoga ega “Volfsburg” esa 6-pog'onaga tushib ketdi.
Borussiya D – Volfsburg 2:0 (0:0, 2:0)
«Signal Iduna Park»
Gollar: 1:0 – 66 Akanji, 2:0 – 90 Sancho.
Borussiya D – Byurki, Xummels, Akanji, Gerreyru, Dileyni, Vitcel, Sancho, Reyna (Zagadu, 90), Mene, Roys (Jan, 85), Xoland (Tigges, 81).
Volfsburg – Kastels, Bruks, Pongrachich (Lakrua, 78), Paulo Otavio, Arnold, SHteffen (Ginchek, 87), Gerxardt (Mexmedi, 71), SHlager (Byalek, 87), Brekalo (Joao Viktor, 71), Baku, Vegorst.
Ogohlantirishlar: Xummels (25), SHteffen (38), Dileyni (40), Xoland (80).
O’xshash yangiliklar
16:49
Bundesliganing TV bo'yicha 2025/26 yilgi mavsum uchun pul taqsimoti: har bir klub qancha oladi? 1

Fikrlar