So’nggi yangiliklar

11:11Ўзбекистон кубоги. "Бунёдкор" - "Пахтакор" 0:1  0 10:46"Манчестер Сити" "Реал" футболчисига 150 миллион евро таклиф қилди  3 10:18Эрик тен Хаг АПЛнинг 1-тури олдидан: "Биз тайёр эмасмиз, аммо..."  7 09:47Миср терма жамоаси ҳимоячиси наркотик таъсирида полициячини автомобилда уриб, ўлдирди  5 09:19Футзал. Бугун терма жамоамиз амалдаги жаҳон чемпионларига қарши баҳс олиб боради  2 08:51"Аякс" ва "Панатинаикос" пеналтилар сериясида берилган зарбалар сони бўйича еврокубоклар рекордини ўрнатди  2 08:20Тошкент дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни Ўзбекистон кубогидан чиқариб юборган баҳсдан ГАЛEРEЯ  2 07:52Суперлига. Бугун мусобақа етакчилари меҳмонда ҳаракат қилишади  8 01:00ЛаЛига старт олди! Мавсумнинг илк ўйинида ғолиб аниқланмади  13 00:46Ўзбекистон футзал термаси Анголани мағлуб қилди  3 00:25Денис Коростиченко: "Футболчилар фақатгина ўзини намойиш этиш учун эмас, балки жамоа учун ва "Олимпик" номи учун курашишмоқда"  2 00:10Иван Бошкович: "90 дақиқа ўйинни назорат қилишнинг иложи йўқ. Мақсадимиз ҳар бир рақибни мағлубиятга учратиш"  10 23:57Максим Шацких: "Ҳар икки кунда футбол ўйнаяпмиз"   15 23:10Айбек Нурбаев: "Ўз хатоларимиз эвазига мағлуб бўлдик"   2 23:05Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятда дарвозабонни айбламаган бўлардим"  2

Bundesliga. "Bavariya"dan poker, inqirozga uchragan "bo'rilar", kashfiyot va LewanGOALski Yangiliklar

Bundesliga. "Bavariya"dan poker, inqirozga uchragan "bo'rilar", kashfiyot va LewanGOALski

Germaniya chempionatining 2015/2016 yilgi mavsumi yakunlari va bir qator qiziqarli malumotlar bilan tanishamiz.


CHempion - "Bavariya"

Germaniya chempionatida to'rtinchi yildirki Myunxenning "Bavariya" jamoasi boshidan chempionlik tojini echmayapti. Bu galgi mavsumda ham "lagan" Myunxenda qoldi. "Bavariya" o'z tarixida 26 marotaba Germaniya chempioni degan nomga sazovor bo'ldi. Dortmundning "Borussiya" jamoasi har qancha urinmasin myunxenliklarning rejasini buzib yubora olmadi. Tomas Tuxel shogirdlari 32 turga qadar Gvardiola boshqaruvidagi jamoaga raqobat qilishdi. Ammo chempionat tugashiga ikkitu tur qolganida "Bavariya" chempionlikni rasmiylashtirdi.





Inqiroz

Bundesliga har doim o'ziga xos "sovg'a"lari bilan ajralib turadigan chempionatlar toifasiga kiradi. O'tgan yili kutilmaganda Yurgen Klopp boshchiligidagi "Borussiya" inqiroz ko'chasiga kirib qolgan va mavsum yakuniga kelib dortmundliklar biroz o'zlarini tutib olishgan edi. Bu safar esa o'tgan mavsumni juda ko'tarinki ruhda o'tkazgan "bo'rilar"ga ko'z tegdi. Evropa chempionlar ligasida chorak finaliga qadar etib borgan "Volfsburg" jamoasining bundesligadagi ishlari yurishmadi. Ular o'tkazilgan 34 o'yinda 47 marotaba raqiblari darvozasini ishg'ol etishgan bo'lsa, o'z darvozalaridan 49 bor to'p o'tkazib yuborishdi. SHunga yarasha turnir jadvalida ham 8-pog'onani band etishdi. SHunday qilib "bo'rilar" kelasi mavsumni evrokuboklarsiz o'tkazishlariga to'g'ri keladi.





Kutilmagan yurish

Germaniya poytaxti Berlin shahrining "Gerta" jamoasi uchun joriy mavsum ancha muvaffaqiyatli kechdi desak yanglishmagan bo'lamiz. O'tgan yili "Gerta" to'plar nisbatiga ko'ra bundesligada jon saqlab qolgan bo'lsa, ushbu yili ularni to'xtatib qolish har qanday jamoa uchun juda qiyin bo'ldi. Faqatgina peshqadamlarga qarshi o'yinlarda bahsni boy bergan "Gerta" qolgan jamoalarga imkoniyat qoldirmadi. Pol Dardai shogirdlari mavsum yakuniga qadar ECHL yo'llanmasi va medallar uchun keskin olib borishdi. faqatgina hal qiluvchi so'nggi turlardagi omadsizlik ularni ECHLga emas, Evropa ligasiga yo'llanma beruvchi o'rinni egallashlariga sababchi bo'ldi. Umuman olganda o'tgan yili shunchaki omad tufayli bundesligada qolgan "Gerta" uchun 7-o'rinni qo'lga kiritish muvaffaqiyat desa bo'ladi. Faqatgina to'kis baxt uchun jamoa ECHL zonasida qola olmadi. Vaholanki jamoa ancha vaqt 3-4 o'rin orasida yurgandi. Lekin Pol Dardai jamoasining ko'rsatgan o'yinlari va natijalari tahsinga loyiq. Nihoyat Berlin endi evrokubok o'yinlariga mezbonlik qilish imkoniyatiga ega. Faqatgina "Gerta" saralash bosqich o'yinlarida muvaffaqiyat qozonsa etarli.





Robert LewanGOALski.

Ha, yanglishmadingiz, bu "Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski. Gap bundesliga to'purari haqida ketadi. Ushbu mavsumda Germaniya chempionatida 30ta gol kiritgan Robert Levandovski eng ko'p gol urgan futbolchiga berilgan sovrinni o'z uyiga olib ketdi. Eski jamoasi va sobiq jamoadoshi Per-Emerik Obameyang bilan kechgan kurashda Robert bundesliganing eng yaxshi to'purari nomiga sazovor bo'ldi. SHuningdek, Robert Levandovski bundesligada bir mavsumda 30ta gol urgan ilk xorijlik futbolchiga aylandi.
Robert Levandovski haqida gap ketganda, uning joriy mavsumda zaxiradan maydonga tushib, 9 daqiqa ichida "Volfsburg" darvozasiga kiritgan 5ta goli xususida to'xtalib o'tmasak bo'lmaydi. Eng qizig'i, shundan so'ng "bo'rilar" ham inqiroz ko'chasiga kirib qolishdi. Hammasiga Robert LewanGOALski "aybdor".




Kashfiyot

"Bayer" hujumchisi Yulian Brandt joriy mavsumda Bundesligada porlagan futbolchi bo'ldi. Yulian bundesligadagi o'zining debyut o'yinini ikki yil avval o'tkazgan bo'lsada, 20 yoshli hujumchi ushbu mavsum asosiy tarkibdan muqim joy oldi va jamoasining bir qator muhim gollariga mualliflik qildi. Brandt asosan chap qanot vingeri sifatida harakat qilganiga qaramasdan, 9ta gol kiritdi va 4 marta jamoadoshlarining goliga hammualliflik qildi. Brandt joriy mavsumda "Bayer" tarkibida 29 o'yinda ishtirok etdi. Germaniya terma jamoasining bosh murabbiyi Yoaxim Lyov ham Yulian Brandtni bejizga Evro-2016ga borishi mumkin bo'lgan kengaytirilgan tarkibga kiritgani yo'q.




Faktlar

- Eng ko'pol jamoa: "Ayntraxt" (96 ogohlantirish va 3 chetlatish)
- Eng ko'p gol urgan jamoa: "Borussiya Dortmund" (82 gol)
- Eng kam gol o'tkazgan jamoa: "Bavariya" (17 gol)


Bundesligadan quyi ligaga tushib ketgan jamoalar

Kutilmaganda "Gannover" jamoasi uchun ushbu mavsum ancha muvaffaqiyatsiz kechdi. 34 o'yindan atiga 7 bellashuvda g'alaba qozongan va 4 o'yinda durang qayd etgan "Gannover" haqli tarzda oxirgi o'rinni egalladi va kuchlilar safidan tushib ketdi. "Gannover"ga "qo'shni" sifatida esa yana bir Germaniyaning nomdor jamoasi "SHtutgart" ularga hamroxlik qildi. Quvnoq futbol o'ynashni yoqtiradigan "SHtutgart" o'tkazilgan 34 uchrashuvning yarmidan ko'pini raqiblariga boy berdi va jami 33 ochko ishlab 17-pog'onadan joy oldi. Bu jamoa endi kelasi mavsumda Bundesligaga chiqish uchun ter to'kishiga to'g'ri keladi. Eng qo'pol jamoa sifatida nom qozongan "Ayntraxt" esa 16 o'rinni egalladi. Ularda hali kuchlilar safida qolish imkoniyati mavjud. Buning uchun ular Bundesliga-2da uchinchi o'rinni olgan "Nyurnberg" bilan Bundesliga "chipta"si uchun o'tish o'yini orqali kurash olib borishadi.





Bundesligaga yo'l olgan ikkita jamoa nomi malum


Germaniya chempionatining birinchi tabaqali Bundesliga-2 ligasida "Frayburg" 72 ochko to'plab birinchi o'rinni egalladi va Bundesligaga yo'l oldi. Ulardan 7 ochko kam jamg'argan "RB Leypcig" ham o'zlarining oliy maqsadlariga erishishdi. Faqatgina Bundesliga-2da uchinchi pog'onani olgan "Nyurnberg" hamda Bundesligada pley-off hududi sanalgan 16-o'rinni egallagan "Ayntraxt" o'rtasida misoli final bahsi bo'lib o'tadi. Ushbu to'qnashuvda kim g'olib bo'lsa, o'sha jamoa kelasi mavsumni kuchlilar qatorida o'tkazishga muvaffaq bo'ladi.



Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика