Bundesliga. "Bavariya" raqiblaridan "noyob" rekord
30 may 2020 23:49
Yangiliklar


Bundesliga. "Bavariya" raqiblaridan "noyob" rekord
Bundesliganing ushbu rekordi takroran ro'y berdi.
Bugun Bundesliganing 29-turida "Bavariya" o'z maydonida "Fortuna"ni qabul qilib, yirik hisobda yutdi (5:0).
Dyusseldorf klubi himoyachisi Matias Yorgensen o'yinning 15-daqiqasida o'z darvozasiga to'p kiritib qo'ydi.
SHunday qilib, "Bavariya"ning raqiblari Myunxen klubiga qarshi o'yinlar tarixidagi 69-avtogolni urishdi. Bu orqali "Bavariya" Bundesliga rekordini takrorladi.
Avvalroq, Myonxengladbaxning "Borussiya"si raqiblari o'z darvozalariga jami 69 marta to'p kiritib qo'ygan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar