So’nggi yangiliklar

23:15Леандро Лино: "Жаҳон чемпионатигача жуда кўп меҳнат қилдик ва бу ўз самарасини берди"  0 22:58Алан Бранди: "Ҳакамлар ҳақида гапирмоқчи эмасман. Нима бўлганини ҳамма кўрди"  1 22:44"Манчестер Сити" судда АПЛни мағлуб этди  3 22:42Пабло Таборда: "Мағлубиятга қарамай, бошимизни баланд кўтарган ҳолда Ўзбекистонни тарк этамиз"  0 22:16Хосе Венансио Лопес Ўзбекистон футзал терма жамоасини тарк этди  8 22:11Тожикистон терма жамоаси Россия билан ўйнашни хоҳламади  6 21:48Назорат учрашуви. "Бунёдкор" - "Сурхон" 1:3  1 21:39Тўртта таймдан иборат назорат учрашувида ОКМК "Локомотив"ни таслим қилди  0 21:11Ўзбекистон терма жамоаси йиғини бошланди, Машарипов ва Шукуровдан интервью  1 21:09Ўзбекистон МТЖ Эрон ва БАА қарши ўйинларга тайёргарликни бошлади  9 21:00"Барселона"да жароҳатланганлар сафига яна бир футболчи қўшилди  5 20:40"Мен халқаро танаффусларни яхши кўраман! Ҳар икки ҳафтада шундай бўлишини хоҳлардим!" — Гвардиола  0 20:08Испания футболи афсонаси фаолиятини якунлади  14 19:50"Сўғдиёна" назорат ўйинида "Олимпик"ни 3 та тўп фарқи билан енгди  1 19:37Ўзбекистон U-20 терма жамоасининг Жанубий Америкага йўл оладиган таркиби маълум  5

Bundesliga. 9-tur anonsi Yangiliklar

Bundesliga. 9-tur anonsi

Bugun Germaniya chempionatining 9-tur o'yinlariga start beriladi.


Tur o'yinlariga o'tishdan oldin turnir jadvalidagi holat bilan tanishtirib o'tamiz.


Ko'rib turganingizdek peshqadam "Bavariya" jamoasining eng yaqin "qo'shnisi" bu bundesligada shovqin ko'tarayotgan "bo'qalar", yani "RB Leypcig" jamoasi. 2-Bundesligadan endi elitaga chiqqan "Leypcig"ni hozircha to'xtadigan mard topilmayapti.

Mavsumni ancha ko'tarinki ruhda boshlagan va davom ettirayotgan "Gerta"ning ishlari chakki emas. Har safar Bundesligada jon saqlab qolish uchun kurashib keladigan poytaxtliklar nihoyat o'tgan mavsumdan buyon o'zlariga kelib olishdi.  Hozirga qadar Bundesligada mag'lubiyat nimalagini bilmay kelayotgan jamoalar soni uchta. "Bavariya" va "RB Leypcig" qatorida 29 yoshli yosh mutaxassis Yulian Nagelsmann boshqaruvidagi "Xoffenxaym" ham 8ta turdan buyon biror marta ham yutqazgani yo'q.

"Kyoln" faqatgina "Gerta" bilan bahsda yutqazib qo'yganini hisobga olmasa, ularning ham ishlari muvaffaqiyatli kechmoqda. Tomas Tuxel boshchiligidagi "Borussiya" esa oxirgi uchta turni ko'ngildagidek o'tkaza olmadi va turnir jadvalida "Bavariya"ni quvish o'rniga o'zlari 6-pog'onaga tushib ketishdi.

"Ayntraxt" har bir raqib uchun juda katta bosh og'riq bo'lmoqda. Frankfurtda kechgan o'yinda ham ushbu jamoa Noyer darvozasiga ikki bora yo'l topa olgani uchun "Bavariya"dan ochko olishga muvaffaq bo'ldi. O'sha o'yin ham frankfurtliklarning kuchini ko'rsatib turibdi.

"Frayburg" o'tkazilgan 8ta o'yindan teng yarmini yutgan va qolgan to'rtta bellashuva yutqazgan. "Frayburg" haqiqiy uy jamoasi hisoblanadi.

"Maync" mavsumni bir tekisda o'tkazishga muammolarga duch kelmoqda. O'yin jihatidan yaxshi harakat qilayotgan ushbu jamoaga stabillik etishmayapti. Yunus Malli hozircha "Maync"ni o'z elkasida ko'tarib yuribdi, desak mubolag'a bo'lmaydi.

Myonxengladbaxning "Borussiya" jamoasi turnir jadvalida kutilmagan 10-o'rinni band etib turibdi. Andre SHubert jamoani kerakli notaga tushira olishda qiynalmoqda. ECHLda nihoyat o'zining dastlabki g'alabasini qo'lga kiritgan myonxengladbaxliklar o'tgan turda "chanqagan" "Bavariya"ga duch kelishgani ularga qimmatga tushdi.

Inqirozdagi jamoalar ro'yxatida Rojer SHmidtning "Bayer"i peshqadamlar safida. "Augsburg" esa doimgidek o'rta pog'onalarni almashib yurishda davom etmoqda.

Mavsum startini juda muvaffaqiyatsiz boshlagan "Darmshtad" sal o'ziga kelib oldi. SHu so'zlarni "SHalke"ga nisbatan ishlatish ham mumkin. Gelzerkirxenliklar mavsumdagi eng katta shov-shuvlarga sababchi bo'lib turishibdi. Ammo "SHalke" oxirgi turlarda nihoyat g'alaba nima ekanligini esladi.

Murabbiylar hech yolchimaydigan "Verder" o'yiniga mos bo'lgan qo'yi o'rinlardan birini o'ziniki qilib turibdi.

Diter Xekking bilan mavsumni yaxshi kayfiyatda qarshi olgan "Volfsburg" negadir dastlabki turdagi g'alabadan so'ng yutuq nimaligini yoddan chiqarib qo'ydi. Natijada Xekking istefoga chiqarildi.

"Ingolshtad" va "Gamburg" esa 2 ochkodan jamg'arib jadvalning oxirgi qismida "qo'riqchilik" qilishmoqda.


9-tur uchrashuvlari


Turni ochib beradigan bahs Myonxengladbaxda kechadi. "Borussiya" turnir jadvalida "Ayntraxt"ni quvib etishi uchun ajoyib imkoniyatga ega.


Bundesliganing ushbu haftadagi eng markaziy va etiborga molik uchrashuvi so'zsiz Dortmundda kechadi. Rur derbisi bilan mashhur bo'lgan to'qnashuv "Borussiya D" - "SHalke" o'rtasidagi o'yin butun Germaniyaning diqqat etiborida bo'ladi.

Bu jamoalarning o'zaro qanday qarama-qarshilikka ega ekanligi hech kimga sir emas. Ushbu bellashuv har ikkala jamoa vakillari, muxlislari uchun mavsumdagi eng muhim to'qnashuv sanaladi. "SHalke" inqirozdan chiqib ketayotgan pallada principial ahamiyati katta bo'lgan o'yinda g'alaba qozonsa, bu albatta ularga qo'shimcha kuch beradi. Dortmund uchun ham oxirgi o'yinlardagi g'alabasiz seriyaga chiroyli nuqta qo'yish uchun ajoyib imkoniyat.

Mavsumni o'ta yomon o'tkazayotgan ikki nomdor jamoalar "Volfsburg" - "Bayer" uchrashuvida kim g'alaba qozonishini taxmin qilish juda qiyin masala. Bu bahsdagi g'alaba har ikkala jamoa uchun suv va havodek zarur.

Yana bir etiborga molik va loyiq to'qnashuv "Xoffenxaym" hamda "Gerta" bellashuvi. Turnir jadvalining yuqori qismida borayotgan ushbu ikki jamoa tabiiyki faqat g'alabani ko'zlab maydonga tushishadi. Ayni paytda o'yin va kuch jihatidan ham bir-biriga yaqin bo'lgan raqiblar bahsi albatta qiziq kechishi aniq.

Bundesligaga yangi kelgan "bo'qalar"ning yoqimli parvozi va ko'tarinki kayfiyati buzish "Darmshtadt" qo'lidan keladimi-yo'qmi, degan savolga "Darmshtadt" - "RB Leypcig" o'yinidan javob olamiz.

"Bavariya" esa o'z hamshahari "Augsburg" mehmoni bo'ladi. O'tgan kuni kubok bahslaridan "Augsburg"ni chiqarib yuborgan "Bavariya"ni endi mehmonda ancha "iliq" qarshi olishlari turgan gap.


Tur intrigalari:

Rur-derbisida kimning qo'li baland keladi?

"RB Leypcig"ning parvozi davom etadimi?

"Xoffenxaym" qachon mag'lubiyatga uchraydi?

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика