So’nggi yangiliklar

14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  8 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  4 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  2 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  1 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  7 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  4 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  9 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  6 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  10 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0

Bundesliga, 3-tur: "Gamburg" yakka peshqadamga aylanadimi? Yangiliklar

Bundesliga, 3-tur: "Gamburg" yakka peshqadamga aylanadimi?

Bugun Germaniya chempionatining 3-tur o'yinlariga start beriladi.


Mavsumni ko'tarinki ruhda boshlagan "Gamburg" jamoasi musobaqa jadvalining yuqori qismida, peshqadamlar orasida bormoqda. Terma jamoalar uchrashuvlari tufayli yuzaga kelgan qisqa tanaffusdan keyin nihoyat yana chempionat davom ettiriladi. Gisdol esa bundan xursand ekanligini yashirmayapti. "Gamburg" ustozi faqat tanaffus jamoaga salbiy tasir qilishidan havotirda. "Gamburg"ning bu galgi raqibi o'tgan yildan buyon hazillashmayotgan "Leypcig" bo'ladi.
Bu jamoa o'tgan yili Bundesligada "Bavariya"dan keyin chempionga aylangandi. Joriy mavsum esa ular avvaliga "SHalke"ga yutqazishdi. O'tgan turda esa "Frayburg"ni o'z uylarida yirik hisobda tor-mor keltirishdi.
Gamburgga esa Ralf Xazzenxyuttl shogirdlari faqat va faqat g'alabani ko'zlab borishmoqda. O'tgan yilgi debyutant jamoaning bu yilgi maqsadlari ham minimum o'tgan yilgi natijalarni qaytarish, yani maqsad va vazifalar jiddiy. Bu kabi maqsadlarni ko'zlaydigan jamoa esa Bundesligada "Bavariya"dan boshqa istalgan jamoa bilan to'p tepganda faqat g'alaba haqida o'ylashga majbur.

"Gamburg" mavsumni yuz foizlik natijalar bilan boshlagani va hozircha gol ham o'tkazib yubormaganini hisobga oladigan bo'lsak, "Volksparkshtadion"da bizni juda qizg'in va murosasiz bahs kutmoqda.

Markus Gisdol esa Ralf Xazzenxyutll bilan taktik kurashda qanday reja yoki sovg'a tayyorlab qo'ygani hozirda butun nemis matbuotini qiziqtirmoqda.


SHuningdek, ertaga ham tur o'yinlari davom ettiriladi.
Etiborga molik uchrashuvlardan biri "Xoffenxaym" hamda "Bavariya" jamoalari o'rtasida kechadi. Yulian Nagelsmann jamoasi o'z uyida yaxshi futbol ko'rsatadi. "Bavariya" o'tgan mavsumda "Xoffenxaym"ga mehmonda yutqazgandi. Bu yil esa o'sha o'yin uchun ham revansh olishni ko'zlashlari aniq.

Andres Yonker jamoasi uchun bu galgi uy o'yini ham juda qiyin o'tishi kutilmoqda. "Volfsburg" bu safar quyi Bundesligadan qaytgan va yo'qotishlarsiz ketayotgan "Gannover"ni qabul qiladi.
Andre Braytenrayter boshchiliq qilayotgan "Gannover" kutilmaganda barchani lol qoldirishda davom etmoqda.

Dortmundning "Borussiya" jamoasi Peter Bosh qo'l ostida yo'qolib qolayotgani yo'q va jamoa o'yin bobida ham, natija jihatidan ham hozircha iliq taassurot qoldirmoqda. Ularni bu turdagi raqibi esa o'tgan gal "Leypcig"dan "tarsaki" qabul qilib olgan "Frayburg" bo'ladi. Ushbu jamoalar 2010 yildan buyon to'qnash keladi va o'tkazilgan 12 uchrashuvning barchasida "Borussiya" g'alaba qozongan.
"Frayburg" esa ushbu noxush ananaga chek qo'yishga urinib ko'rishini aniq.



"Gerta" - "Verder" uchrashuvida tarixiy voqea ruy beradi. Bundesligada ilk bor ayol bosh hakam ishlaydi. Bibiana SHtaynxaus o'yinni boshqarib boradi




Bundesliga, 3-tur.

8 sentyabr, juma.
"Gamburg" - "Leypcig" (23:30)


9 sentyabr, shanba.
"Maync" - "Bayer" (18:30)
"Augsburg" - "Kyoln" (18:30)
"Borussiya Myonxengladbax" - "Ayntraxt" (18:30)
"Frayburg" - "Borussiya Dortmund" (18:30)
"Volfsburg" - "Gannover" (18:30)
"Xoffenxaym" - "Bavariya" (21:30)

10 sentyabr, yakshanba.
"Gerta" - "Verder" (18:30)
"SHalke" - "SHtutgart" (21:00)


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика