Bundesliga: 15-tur prevyusi
06 dek 2013 16:59
Yangiliklar

Bundesliga: 15-tur prevyusi
Ko'z ochib yumgunga qadar bir hafta ham o'tdi va yana diqqatimizni Germaniya bundesligasi navbatdagi tur o'yinlariga qaratamiz.
Bu hafta dam olish kunlarida bundesliganing 15-tur uchrashuvlari o'tkaziladi. Etiborga molik jihati shundaki, tur doirasidan o'rin olgan bir qator o'yinlarning murosasiz o'tishi kutilmoqda. Ular orasida aytish joiz bo'lsa, medallar masalasini xal qilishi mumkin bo'lganlari ham bor. O'ylaymizki, "Borussiya M" - "SHalke 04" hamda "Borussiya D" - "Bayer" kabi jamoalar o'rtasidagi bahslar siz muxlislarni ham berfarq qoldirmaydi. Demak, tanishing: "SA" da bundesliga 15 tur prevyusi.
07.12 00:30 da Nyurnberg - : - Maync 05
07.12 19:30 da Verder Bremen - : - Bavariya
07.12 19:30 da Ayntraxt Frankfurt - : - Xoffenxaym
07.12 19:30 da SHtuttgart - : - Gannover 96
07.12 19:30 da Gamburg - : - Augsburg
07.12 19:30 da Borussiya M - : - Schalke 04
07.12 22:30 da Borussiya D - : - Bayer Leverkuzen
08.12 19:30 da Frayburg - : - Volfsburg
08.12 21:30 da Ayntraxt B - : - Gerta Berlin
"Nyurnberg" - "Maync"
Boshlanish vaqti: 07.12.2013 (00:30)
Stadion: Grundig-SHtadion, Nyurnberg
Mavsum boshidan buyon bir marta bo'lsa ham g'alaba nashidasini sura olmagan yagona jamoa bo'lmish Nyurnberg navbatdagi turda ushbu noxush ananaga barham berish niyatida. Gertyan Verbek shogirdlari g'alaba qozonmasa ham bo'lmaydi. CHunki Nyurnberglik futbolchilar 14 turdan so'ng 8 ochko to'plagan holda 17 pog'onani band etib turishibdi. Bu natija esa uzoq tarixga ega bo'lgan jamoa muxlislarini qoniqtiryotgani yo'q, albatta. Jamoa rahbariyati ham vaziyatni ijobiy tomonga o'zgartirish niyatida ekanligini bildirdi. Zero, Nyurnberg shu paytga qadar hech ham g'alabasiz seriyasini bu qadar uzoq davom ettirmagan edi. SHu boisdan ham klub qishki transferlar oynasi ochilishi bilan selekciya ishlariga zo'r berishni rejalashtirmoqda. Maync da esa ishlar ko'ngildagidek ketmoqda desak adashmaymiz. Maync 19 ochko bilan 8 o'rinda bormoqda. Tomas Tuxel boshchiligidagi jamoa yaxshi o'yin namoyish etmoqda. Ayntraxt F va Verder kabi jamoalar ustidan ishonchli g'alaba qozonib, muxlislarni xushnud etgan Maync o'tgan turda Dortmundning Borussiya siga 1-3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. SHunday bo'lsa-da, Tuxel shogirdlarining kayfiyatlari yaxshi va ular bugun bo'lib o'tadigan uchrashuvda omadsizlik girdobiga tushib qolgan Nyurnberg ni mag'lub etishmoqchi. Ko'ramiz, Maync bu ishni uddalay olarmikan yoki Nyurnberg orziqib kutilgan ilk g'alabani qo'lga kiritib, o'z muxlislarini shod etarmikan…
"SA" taxmini bo'yicha jamoalar quyidagi tarkibda maydonga chiqadilar:
Nyurnberg: R. SHeyfer - Nilsson, Pogatetz, Plattenxardt, CHandler - Franc Xasebe, Foylner, Kiyotake, Drmich - Ginchzek
Maync: Karius - Pospex, Noveski, Park, Bell - Gays, Soto - Polter, Simling, Myuller - Okazaki
"SA" taxmini: Nyurnberg 55%-45% Maync
"Verder" Bremen - "Bavariya"
Boshlanish vaqti: 07.12.2013 (19:30)
Stadion: Vezer-SHtadion, Bremen
Bremen sharhrida joylashgan ko'rkam Vezer-SHtadion da mavsumni ikki xil tarzda o'tkazayotgan bundesliganing ikki nomdor klubi to'qnash keladi. Bremenlik mashshoqlar uchun bu yilgi mavsum bir teskisda o'tayotgani yo'q. Verder hisobida 14 turdan so'ng 16 ochko mavjud va mashshoqlar 13 o'rinda borishmoqda. Ammo Verder dek nomdor jamoa uchun turnir jadvali pastki qismida turish aslo yarashmaydi. SHu boisdan vaziyatni o'nglashga urinayotgan Bremenliklar chempionat peshqadamiga qarshi kechadigan bahsda ochko olishga umid bog'lashmoqda. Ammo Bavariya ning ajoib o'yin ko'rsatayotganini inobatga olsak, bu oson vazifa emasligi oydinlashadi. Gollivud FK 39 o'yindirki mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotir. Agar Myunxen super-klubi Verder ni ham mag'lub etishni uddalaydigan bo'lsa, mag'lubiyatsiz seriyasini 40 ta! o'yinga yetkazib olish imkoniga ega bo'ladi. Lekin Verder o'z uyida to'p suradi va jonajon muxlislari jamoani qo'llab-quvvatlab turadi. Ko'rinib turibdiki, bizni juda ham qiziq va murosasiz bahs kutib turibdi. Aslini olganda, Verder va Bavariya jamoalari o'rtasidagi to'qnashuvlar har doim murosasiz o'tib kelgan. Ikki jamoa shu paytga qadar 101 marta to'qnash kelgan bo'lib, 27 uchrashuv mashshoqlar foydasiga xal bo'lgan. 49 uchrashuvda esa Gollivud FK ning qo'li baland kelgan. Yana 25 uchrashuvda durrang qayd etilgan. Nima bo'lgan taqdirda ham biz sizga uchrashuvni tomosha qilishni tavsiya etamiz. Ko'ring, aslo zerikmaysiz!
SA taxmini bo'yicha jamoalar quyidagi tarkibda maydonga chiqadilar:
Verder: Milits - Frits, Kaldirola, Lukimya, Garsiya - Makiadi, Elia, Selassie, Di Santo, Hunt Selke
Bavariya: M. Noyer - Rafinya, Dante, van Buyten, Alaba SHakiri - Riberi, Tiago, Gyotce, Kroos T. Myuller
SA taxmini: Verder Bremen 40%-60% Bavariya Myunxen
"Ayntraxt F" - "Xoffenxaym"
Boshlanish vaqti: 07.12.2013 (19:30)
Stadion: Kommercbank-Arena, Frankfurt
15 turning qiziq o'tishi kutilayotgan o'yinlaridan biri turnir jadvalida qo'shni bo'lib turgan Ayntraxt F hamda Xoffenxaym jamoalari o'rtasida bo'lib o'tishi kutilmoqda. Mavsumni ko'ngildagidek o'tkaza olmayotgan ikki klub uchun ham uchrashuvda ochko olish juda muhim. CHunki Xoffenxaym 14 uchrashuvda 14 ochko yig'a olgan xolos va Markus Gizdol boshqaruvidagi klub 14 pog'onada bormoqda. Frankfurtning Ayntraxt jamoasi bo'lsa kutilganidek turnir jadvali quyi qismida bormoqda. Ayntraxt 11 ochko bilan 15 o'rinni band etgan. Mavsum avvalida takidlanganidek, Frankfurt sharafini himoya qilayotgan klub bundesligada munosib ishtirok etishga hali tayyor emas ekan. Buni jamoa zaxira o'rindig'ining qisqa ekani ham ko'rsatib turibdi. Armin Veyning bir qator shogirdlari jarohat olgan. Ularning o'rniga maydonga tushirilayotgan futbolchilar esa ishonchni oqlayotganlari yo'q. Buni qayd etilayotgan natijalar ham ko'rsatib turibdi. Xoffenxaym da ham ishlar unchalik yaxshi ketmayotgandek. Zinsxaymlik futbolchilar 14 pog'onada borayotgan bo'lsalar-da, ular ko'rsatayotgan o'yin ko'pchilik muxlislarga manzur bo'lmoqda. Xoffenxaym futbolchilari mavsum boshidan buyon 32 bor raqiblari darvozasiga yo'l topa olishdi. Bu borada ular faqat Borussiya D dan ortda borishmoqda. Ayniqsa, jamoa to'purari bo'lib turgan Roberto Firmino ajoib o'yin ko'rsatmoqda. Xoffenxaym muxlislari uning navbatdagi turda ham to'p kiritishidan umidvorlar…

Ayntraxt F: Trapp - Yung, Anderson, Zambrano, Ochzipka - Rode - Barnetta, Flum - Mayer - Yoselu, Kadlex
Xoffenxaym: Kastels - Bek, Abraham, Suyle, F. Jonson - SHtrobl, Salihovich - Folland, Firmino, Al-Yunusi - Modeste
"SA" taxmini: Ayntraxt F 50%-50% Xoffenxaym
"SHtuttgart" - "Gannover"
Boshlanish vaqti: 07.12.2013 (19:30)
Stadion: Mercedes-Benc Arena, SHtuttgart
SHtuttgart navbatdagi turda Gannover ni qabul qiladi. Mercedes- Benc Arena da bo'lib o'tadigan ushbu matchga etibor biroz pastroqdek, nazarimizda… Balki bunga ikki jamoaning ham bir tekisda o'ynay olmayotgani sababdir. Mavsum avvalida SHtuttgart ha, Gannover ham Evrokuboklarda ishtirok etish imkonini beruvchi o'rinlardan birini egallashni maqsad qilib qo'yishgan edi. Biroq bugunga kelib, ikkala jamoada ham tushkun kayfiyat xukmron. Mezbonlar hisobidagi 16 ochko bilan 12 pog'onadan joy olgan bo'lsalar, mexmonlar 17 ochko bilan 9 pog'onaga joylashishgan. Ko'ramiz, jamoalar bu turda qanday o'yin namoyish etishar ekan…

SHtuttgart: Ulrayx - SHvaab, Rudiger, Niedermayer, Raush - Kvist, Gentner, Leytner, Verner - Maksim V. Ibishevich
Gannover: Cieler - Sakai, Marselo, SHulz, Prib - SHmiedebax, Andreasen - SHlaudraff, Xusti - M. Diuf, Sobiex
"SA" taxmini: SHtuttgart 55%-45% Gannover
"Gamburg" - "Augsburg"
Boshlanish vaqti: 07.12.2013 (19:30)
Stadion: Imtex Arena, Gamburg
Imtex Arena da turnir jadvalida yonma-yon borayotgan ikki burg lar to'qnashadilar: Biri mezbon, 11 pog'onani band etib turgan Gamburg bo'lsa, ikkinchisi 10 o'rinda borayotgan Augsburg jamoalaridir. Ushbu ikki jamoa ko'rsatayotgan o'yin muxlis va mutaxassislarda yomon taassurot qoldirayotgani yo'q. Ayniqsa, Augsburg kutilgandan-da mazmunliroq o'ynayotgani takidlanmoqda. Markus Vayncerl boshqaruvidagi klub Gamburgga ham g'alaba ilinjida tashrif buyurmoqda. Lekin Gamburg ham o'z uyida g'alabani raqibga shunchaki berib yuboradigan jamoa emas. Demak, ko'rishga arziydigan o'yinni guvohi bo'lishimiz mumkin.

Gamburg: R. Adler - Vestermann, Juru, Tay, Yansen - Arslan, Badelj - Bayster, Kalhanoglu, Ilichevich J.P. Lazogga
Augsburg: Xits - Ferxaey, Kallsen-Brakker, Klavan, Ostrzolek - Baier - Verner, Vogt, Moravek, holcxauzer h. Altintop
"SA" taxmini: Gamburg 55%-45% Augsburg
"Borussiya" Myonxengladbax - "SHalke 04"
Boshlanish vaqti: 07.12.2013 (19:30)
Stadion: Borussiya Park, Myonxengladbax
15 tur doirasida bo'lib o'tadigan uchrashuvlar orasida markaziy o'yin maqomini olishga loyiq ikkita bahs o'tkaziladi. Ulardan biri, aynan, Borussiya Park da bo'lib o'tadigan Borussiya M va SHalke 04 jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdir. Ushbu shiddatkor o'yin namoyish qiluvchi ikki jamoa bahsi ko'pchilik muxlislarda katta qiziqish uyg'otayotgani, bor gap. Zero, sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borayotgan Borussiya M ham, SHalke 04 ham uchrashuvda faqat va faqat g'alaba uchun maydonda harakat qilishlari aniq. Bu esa tomoshabinlarga xushyoqadigan o'yin bo'lishiga dalolatdir. SHu boisdan ikkala jamoa azolari ham principial raqibga qarshi bo'ladigan uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik olib bordilar. Lyusian Favre ham, Yens Keller ham bu o'yinga asosiy ijrochilarni tashlashlari haqiqatga yaqin. Umuman bu ikki jamoaning o'zaro bahslari tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, kichik ustunlik Myonxengladbaxlik futbolchilar tomonida ekaniga guvoh bo'lamiz. Borussiya M jami 34 ta uchrashuvni o'z foydasiga xal etgan bo'lsa, SHalke 04 29 ta matchda g'alaba qozonishni uddalagan. 28 ta to'qnashuvda esa g'olib aniqlanmagan. Ammo bugungi bahsda statistikaning umuman ahamiyati bo'lmaydi desak, xato bo'lmas. Zero, Myonxengladbaxlik futbolchilar ham, Gelzenkirxenlik charm to'p ustalari ham g'alaba ishqida yonmoqdalar. Demak, oldinda bizni ajoib bahs kutmoqda!

Borussiya M: SHtegen - Yanchke, SHtransl, Vendt, Korb - Kramer, Xaka - Xerrman, Arango - Raffael - Kruze
SHalke 04: Feyrmann - Hovedes, Uchida, F. Santana, Aogo - Jones, Noyshtedter - K.-P. Boateng, Draksler, Farfan - Scalai
"SA" taxmini: Borussiya M 55%-45% SHalke
"Borussiya" Dortmund - "Bayer" Leverkuzen
Boshlanish vaqti: 07.12.2013 (22:30)
Stadion: Signal-Iduna Park, Dortmund
SHubxasiz, turning markaziy uchrashuvi Dortmunddagi Signal-Iduna Park da bo'lib o'tadi. Unda ikki principial raqiblar Borussiya D hamda Bayer jamoalari o'zaro bahs yuritadilar. Ikki etakchi jamoalar o'rtasidagi matchning ahamiyatini yanada oshirayotgan jihat - o'rtada kumush medallar masalasining xal etilshidir. Hali mavsum yakuniga qadar ancha vaqt bor bo'lsa-da, kumush medallar uchun kurash olib borayotgan ikki jamoa bahsida ko'p narsaga oydinlik kiritilishini kutishimiz mumkin. Zero, Leverkuzenlik futbolchilar g'alaba qozonish orqali asosiy taqibchisidan 6 ochkoga ilgarilab ketish imkoniga ega bo'ladi. Bu bilan chempionlikdan deyarli umid uzgan Borussiya Dortmund futbolchilariga qattiq ruhiy zarba berishning uddasidan chiqiladi. Ammo sariq-qoralar ham buni juda yaxshi tushunib turishibdi. SHu bois Dortmundliklar ham bu bahsga juda jiddiy munosabatda bo'lmoqdalar. Yurgen Klopp aynan Bayer ga qarshi kechadigan bahs orqali hammaga Borussiya ning imkoniyatlari unchalik pasayib ketmaganini va jamoasining kichik inqirozdan allaqachon chiqib olganini namoyish etmoqchi. Dorishunoslar ustozi Sami Xyupiya ham Dortmund jamoasiga qarshi uchrashuvda faqat g'alaba haqida o'ylayotganini takidlab o'tdi. Ko'rib turganingizdek, uchrashuvga bo'lgan qiziqish juda katta. SHu boisdan, biz sizga bundesliganing eng murosasiz qarama-qarshiliklaridan birini tomosha qilishni tavsiya qilamiz. O'ylaymizki, ketgan vaqtingizga achinmaysiz!

Borussiya D: Vaydenfyoller - Grosskroyc, Friedrix, Sokratis, Durm - Bender, SHaxin - Blashchikovski, Mxitaryan, Roys - Levandovski
Bayer: Leno - Donati, Vollshayd, Toprak, Jan - Bender, Raynartz, Rolfes - Kastro, Son, Kissling
"SA" taxmini: Borussiya D 55%-45% Bayer
"Frayburg" - "Volfsburg"
Boshlanish vaqti: 08.12.2013 (19:30)
Stadion: Mage Solar SHtadion, Frayburg
Omadsiz o'yinlarini davom ettirayotgan Frayburg navbatdagi turda o'z uyida Volfsburg ni qabul qiladi. Kristian SHtrayx shogirdlari shu ketishda o'yinaydigan bo'lishsa, ular yangi mavsumni ikkinchi bundesligada boshlashlari ham hech gap emas… Buni oldini olmoqchi bo'lgan murabbiy SHtrayx shogirdlari bilan jiddiy suxbat o'tkazdi. Demak, bu turda Frayburg dan ijobiy natija kutishimiz mumkin. Lekin raqib kimsan Volfsburg! Bo'rilar oson taslim bo'ladigan raqiblardan emas. +olaversa, Volfsburg ning o'yini borgan sari ochilib bormoqda. Bundan kelib chiqadiki, Frayburg Volfsburg uchrashuvi ham murosasiz ruhda kechadi.

Frayburg: Baumann - Corg, Lorensoni, Krmas, Diagne - Ginter - Klaus, Fernandes, Mexmedi, Kokvlin -Frayc
Volfsburg: Benaglio - Oks, Knoxe, Rodrigez, Naldo - Luis Gustavo, Medoyevich - Kaligiuri, Perishich, Arnold Ivica Olich
"SA" taxmini: Frayburg 40%-60% Volfsburg
"Ayntraxt" Braunshvayg - "Gerta" Berlin
Boshlanish vaqti: 08.12.2013 (21:30)
Stadion: Ayntraxt SHtadion, Braunshvayg
Turning so'nggi uchrashuvi Braunshvaygning Ayntraxt va Berlinning Gerta jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadi. Bu o'yinda mexmonlarni favorit sifatida etirof etsak, to'g'ri bo'ladi nazarimizda. Boisi Ayntraxt turnir jadvalining so'nggi pog'onasini hozircha hech kimga berib qo'yayotgani yo'q va ularning bosh maqsadi bundesligada jon saqlab qolish bo'lib turibdi. Ammo bu ketishda jamoaning bundesligadan chiqib ketishi haqiqatga yaqindek. Berlinliklar esa Evrokuboklarda ishtirok etish uchun ter to'kmoqdalar. Jamoalarning oldiga qo'yilgan vazifalardan ham ko'rinib turibdi-ki, bu uchrashuvda Gerta ning g'alabasini tahmin qilishimiz mumkin. Ammo Berlinliklar buni uddalay olisharmikan! Bu savolga yaqin vaqt ichida javob olamiz…

Ayntraxt B: Davari - Bichakchich, Dogan, Elabdellaui, Pertel - Kratc, Toyerkauf, Vranchich Boland, Bellarabi Kumbela
Gerta: Kraft - Langkamp, Pekarik, Lustenberger, van den Bergx - Xosogai, Jigerji - Skyelbred, Allagui- Ramos, Ben-Xatira
"SA" taxmini: Ayntraxt B 40%-60% Gerta
BUNDESLIGA TO'PURARLARI:
Robert Levandovski (Borussiya Dortmund) - 11 (3)
SHtefan Kisling (Bayer Leverkuzen) - 9 (1)
Vedad Ibishevich (SHtuttgart) - 8 (2)
Mario Mandjukich (Bavariya) - 8 (0)
Pier-Mishel Lazogga (Gamburg) - 8 (0)
Ko'rib turganingizdek, 15 tur qiziqarli o'tishi kutilayotgan uchrashuvlarga boy. Siz aziz muxlislarga bu uchrashuvlarni kuzatishingizni maslahat beramiz. Matchlarda qayd etilgan hisoblar bilan esa keyinroq batafsil tanishtirib o'tamiz.
Zoxirjon AKRAMXONOV tayyorladi

Fikrlar