Bundesliga, 1-tur anonsi
19 avg 2017 14:50
Yangiliklar
Bundesliga, 1-tur anonsi
Bugun esa 1-turdan o'rin olgan yana oltita o'yin bo'lib o'tadi.
Turning markaziy bellashuvi so'zsiz "Volfsburg" hamda "Borussiya" Dortmund o'rtasida kechadi.
Peter Bosh o'zining Bundesligadagi debyutini oson bo'lmagan safar o'yini bilan boshlaydigan bo'ldi. "Bo'rilar"ga boshchilik qilayotgan Andres Yonker uchun ham yangi jamoasi bilan ilk o'yin hisoblanadi.
Ikkita yangilanayotgan jamoalarning o'zaro to'qnashuvini kuzatish albatta qiziqarli bo'ladi.
SHuningdek, turning yana bir etiborga molik uchrashuvi Gelzerkirxenda o'tadi.
Mahalliy "SHalke" jamoasi o'z uyida o'tgan yilgi debyutant va shov-shuvlarga sabab bo'lgan "Leypcig"ni qabul qiladi.
Italiyalik mutaxassis qo'liga o'tgan "SHalke" mavsumni qanday boshlashi barcha uchun qiziq. Yangi mavsumda uchta frontda kurashadigan "Leypcig" esa startni qanday oladi? Ralf Xazzenxyuttl boshchiligidagi jamoa yangi va jiddiy chorlovlarga qanchalik tayyor? Bu kabi savollarga ushbu ajoyib o'yin orqali javob olamiz.
Yulian Nagelsmann qo'mondonligidagi "Xoffenxaym" ilk turda o'z uyida "Verder" bilan kuch sinashadi.
Yangi mavsumda Bundesligada qolish uchun kurashishi taxmin qilinayotgan "Gamburg" hamda "Augsburg" jamoalari birinchi turda ro'baru kelishmoqda.
Bundan tashqari Bundesligada bugun yana ikkita bellashuv bo'ladi.
Yakshanba kuni esa yana ikkita qiziqarli bahs bilan Bundesliganing 1-turiga yakun yasaladi.

Bundesliga, 1-tur.
19 avgust, shanba.
"Gerta" - "SHtutgart" (18:30)
"Volfsburg" - "Borussiya" Dortmund (18:30)
"Maync" - "Gannover" (18:30)
"Gamburg" - "Augsburg" (18:30)
"Xoffenxaym" - "Verder" (18:30)
"SHalke" - "Leypcig" (21:30)
20 avgust, yakshanba.
"Frayburg" - "Ayntraxt" (18:30)
"Borussiya" Myonxengladbax - "Kyoln" (21:00)
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar