"Lokomotiv" Jasur Jaloliddinov bilan kelishuvga erishganini elon qildi
04 iyu 2021 19:25
Yangiliklar


"Lokomotiv" Jasur Jaloliddinov bilan kelishuvga erishganini elon qildi
Ushbu mavsumni "Andijon" safida boshlagan Jasur Jaloliddinov ikkinchi davrani "Lokomotiv"da o'tkazadi.
Iqtidorli futbolchi bugun "temiryo'lchilar" bilan kelishuvga erishdi.
Jasur Jaloliddinov kecha bo'lib o'tgan "Navbahor" - "Andijon" bahsidan so'ng "burgutlar" bilan xayrlashganini o'zining Instagram sahifasi orqali malum qildi. Endilikda futbolchi mavsumni "Lokomotiv" libosida davom ettiradi.
Jaloliddinovga "Lokomotiv" futbol klubiga xush kelibsan deb qolamiz", deb yoziladi rasmiy bayonotda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar