BUM! Azar 2 oyga safdan chiqdi

Mirjalol Normatov
23 fev 2020, 16:56
"Real" yarim himoyachisi Eden Azar LaLiga 25-turi doirasida "Levante"ga qarshi o'yinda jarohat olgandi.

Bugun futbolchining o'ng oyog'i to'piq qismida qattiq jarohat borligi ma'lum qilindi.

Ma'lumotga ko'ra, Azar 2 oyga safdan chiqdi. Futbolchi yaqindagina safga qaytgandi. U noyabr oyida PSJga qarshi o'yinda jarohat olganidan keyin kechagi o'yin ikkinchisi bo'lgandi.

Xavbek ushbu mavsumda "Real" tarkibida 10 o'yinda qatnashdi va 1 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS