So’nggi yangiliklar

12:17Абдуқодир Ҳусанов "Галатасарой" билан ўйин учун неча баҳо олди?  1 11:54Росеньор Коул Палмер ҳақида гапирди  0 11:28"Манчестер Юнайтед" иқтидорли хавбекка кўз тикди  1 10:56Умарали Раҳмоналиев: "Сабаҳ"да бошқа жамоаларнинг қандай ўйнаётганига эътибор беришмайди"  0 10:35Интервью. Мурод Бобожонов: “Ўзбек футболчилари учун Ироқда эшиклар очилди"  1 10:15Манба: Ўзбекистон Суперкубогига "Бобур Арена" мезбонлик қилади  3 09:55Хайрулла Каримов: "Суперлигани уйда бошлаш бироз енгиллик бериши мумкин"  2 09:35Арбелоа: "Натижа учун жавобгарликни ўз зиммамга оламан"  18 09:16"Арсенал" Чемпионлар лигасида тарихий рекорд ўрнатди  3 08:55Моуринью Трубиннинг голи ҳақида: "Ғалаба учун хавфли қарор қабул қилдик"  9 08:40"Хоразм" спорт дирекори Хурсандбек Маткаримов: "1-2 турларда барча рақибларнинг даражаси бир хил бўлади"  1 08:15Ислом Исмоилов: "Зич тақвим бизга баҳона бўлолмайди. "Нефтчи" ўз мақсадидан чекинмайди"  11 07:53Умар Эшмуродов: "Бу йилги мавсум ҳам қизиқарли ўтишини кутмоқдаман"  0 03:38ЕЧЛ. Кейинги босқичга чиққан барча жамоалар номи маълум  30 03:25ЕЧЛ. "Арсенал", "Бавария", "Челси", "Ливерпуль" ўз ўйинларида ғалаба қозонишди (сўнгги турнинг барча натижалари)  28

Bugungi uchta uchrashuvda kimning imkoniyati qanday? Yangiliklar

Bugungi uchta uchrashuvda kimning imkoniyati qanday?

Bugun oliy liganing 13-turidan o'rin olgan 3ta o'yin bo'lib o'tadi.
Qo'qon-1912 (Qo'qon) – Neftchi (Farg'ona)  
19 iyun 2015. Qo'qon. "Markaziy" stadion. 18:00
Hakamlar
: R. Bobomurodov (Navoiy), M. Saidqosimov (Toshkent), R. Serazetdinov (Toshkent), A. Risqullaev (Toshkent)
Nazoratchi: G. Imamov (Toshkent).
Imkoniyatlar: 45:55



Vodiy derbisida "Neftchi" safarda o'ynasa ham imkoniyati yuqoriroq deb hisoblanayapti. Oxirgi uchta uchrashuvda uch marta mag'lub bo'lgan "Qo'qon-1912" o'z muxlislari qarshisida faqat g'alaba uchun maydonga tushadi. "Neftchi" oxirgi ikki o'yinda ikki bor g'alabaga erishdi. SHu kunga qadar “Qo'qon-1912” bu raqibni umuman mag'lub eta olmaganini ham eslatib o'tamiz.

Paxtakor (Toshkent) – Mashal (Muborak)
19 iyun 2015. Toshkent. “Paxtakor” stadioni. 19:30
Hakamlar:
V. Serazetdinov (Toshkent), X. SHodmonov (Buxoro), N. Ro'zimov (Toshkent), A. SHukurullaev (Toshkent)
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).
Imkoniyatlar: 55:45



Musobaqa peshqadami bo'lib turgan "Paxtakor" o'z maydonida "Mashal"ni qabul qiladi. Muborak klubini tushunib bo'lmaydi istasa safarda "Dinamo"ni engib qaytadi, istasa "SHo'rtan"ga o'z uyida yutqazib qo'yadi. Bugungi o'yindan oldin Toshkent klubining kichik ustunligini taxmin qilayapmiz. “Paxtakor” o'z maydonida bo'lib o'tgan uchrashuvlarda ushbu raqibni 12 marta taslim qilgan. “Mashal” safarda bir bor g'alaba qozongan va bir marta durang o'ynagan. Oxirgi olti o'yinda “sherlar” faqat g'alaba qozonishgan.

Nasaf (Qarshi) – Dinamo (Samarqand)
19 iyun 2015. Qarshi. “Markaziy” stadioni. 20:00
Hakamlar:
SH. Qosimov (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), A. Capenko (Toshkent vil.), D. Muxtorov (Toshkent)
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).
Imkoniyatlar: 60:40



Bu mavsumda safarda umuman g'alaba qozona olmagan "Dinamo" Qarshida "Nasaf" qarshiligini engishga urinadi. Biroq Ro'ziqul Berdiev shogirdlari o'z maydonlarida uncha muncha raqibga ochko berishmaydi. Bugungi o'yinda ham ko'pchilik "ajdarlar"ning g'alabasini taxmin qilmoqda. Oxirgi uch yilda bu jamoalar o'rtasida Qarshida o'tgan uchta o'yinda mezbonlar g'alaba qozonishgan. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика