Superliga. Bugungi uchrashuvlarda kimning imkoniyati yuqori?
31 mar 2018 14:47
Yangiliklar


Superliga. Bugungi uchrashuvlarda kimning imkoniyati yuqori?
Ushbu turda Toshkentning “Paxtakor” jamoasi o'z uyida “Neftchi” jamoasini qabul qilsa “Lokomotiv” Olmaliqda AGMK mehmoni bo'ladi. “Navbahor” esa safarda “Qo'qon-1912” jamoasi bilan bahs olib boradi Ushbu uchrashuvlar oldidan jamoalarning imkoniyatlarini hisoblab chiqamiz.
AGMK – “Lokomotiv”
OKMK Vladimir Bubanya - 5' |
Superliga. 4-tur 31/03/2018, 18:00 0
:
1
Tugadi
|
Lokomotiv |
Bugun Olmaliq shahrida AGMK poytaxtning “Lokomotiv” jamoasini qabul qiladi. Uchta turda AGMK bor yo'g'i 1 ochkoni qo'lga kiritdi va turnir jadvalida deyarli so'nggi pog'onada turibdi. “Lokomotiv” esa o'tkazilgan uchta turda 4 ochko bilan ettinchi pog'onada bormoqda. Ushbu raqiblar o'zaro 18 marotaba to'qnash kelishgan. 12ta uchrashuvda “temiryo'lchilar” g'alaba qozongan bo'lsa 3ta o'yinda AGMKni qo'li baland kelgan. Qolgan uchta bahsda esa tomonlar murosa yo'lini tanlashgan. Statistikaga qaraydigan bo'lsak “Lokomotiv” yaqqol ustunlik qilmoqda. Ushbu uchrashuvda “temiryo'lchilar” yaqqol favorit, deb aytish mumkin. Tarkib borasida ham “Lokomotiv” AGMKdan ancha qimmat turadi. AGMK bundan avvalgi turda “Paxtakor” mehmoni bo'lib kichik hisobda mag'lubiyatga uchragandi. Bugun “konchilar” muxlislar ko'z o'ngida o'yin o'tkazadi. SHuning uchun ham bugun AGMK g'alaba qozonishi kerak. Agarda g'alaba qozona olmasa AGMKning superligadagi ishi biroz qiyinlashadi. “Lokomotiv” ham safardan shunchaki quruq qo'l bilan qaytishni istamaydi. Poytaxtliklar hech bo'lmaganda durang natija qayd etishga urinishadi. Bugungi bahsda ko'proq “Lokomotiv” jamoasining imkoniyati ko'proq, deb o'ylayman.
30/30/40
“Paxtakor” – “Neftchi”
Paxtakor Marko Simich - 47', Jaloliddin Masharipov - 63' |
Superliga. 4-tur 31/03/2018, 20:00 0
:
3
Tugadi
|
Neftchi Abduzhamol Isroilov - 45' |
Bugun muxlislar yana bir qiziqarli uchrashuvni guvohi bo'lishadi. Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida ikki azaliy raqiblar “Paxtakor” hamda “Neftchi” o'zaro bahs olib boradi. Ushbu jamoalar azaldan chempionlik uchun kurashib kelishgan. “Paxtakor” va “Neftchi” jamoalari o'zaro 52 marotaba to'qnash kelishgan. SHulardan 24ta uchrashuvda “sherlar” g'alaba qozongan bo'lsa, 20 o'yinda “Neftchi” g'olib bo'lgan. Qolgan 8 uchrashuvda tomonlar murosa yo'lini tanlashgan. Bu shunchaki statistika, bugungi o'yinda kim g'alaba qozonishini oldindan bilib bo'lmaydi. “Neftchi” jamoasi superliga bahslarida birorta ham to'p kiritmagan. Bugun farg'onaliklar gol ura oladimi? Hech bir jamoa o'z darvozasidan to'p olib chiqishni istamaydi. SHuning uchun ham ushbu bahsda ikkala jamoaga qiyin bo'lishi aniq. “Neftchi” ham “Paxtakor" ham g'alaba qozonish uchun maydonga chiqadi. Ushbu bahsda ikkala jamoaning ham imkoniyati deyarli teng.
30/40/30
“Qo'qon-1912” – “Navbahor”
Qo’qon-1912 |
Superliga. 4-tur 31/03/2018, 18:00 0
:
1
Tugadi
|
Navbahor Tomislav Payovich - 76' |
Turning yana bir qiziqarli o'yini Farg'onaning Qo'qon shahrida bo'lib o'tadi. “Qo'qon-1912” jamoasi o'z uyida Namanganning “Navbahor” klubini qabul qiladi. Jamoalar o'zaro 24 marotaba to'qnash kelishgan. O'tkazilgan 24 uchrashuvning beshtasida “Qo'qon-1912” jamoasi g'alaba qozongan. 15 uchrashuvda esa “lochinlar” g'alaba qozongan. 4ta o'yinda durang natija qayd etilgan. Bu borada “Navbahor” ustunlik qilmoqda. Bu shunchaki statistika, bugun kim g'alaba qozongani uchrashuvdan so'ng malum bo'ladi. “Navbahor” jamoasi bu yil ancha shiddatli o'yin ko'rsatmoqda. Bundan avvalgi turda Toshkentning “Lokomotiv” jamoasini o'z uyida mag'lubiyatga uchratgandi. “Qo'qon-1912” esa safarda kichik hisobda mag'lub bo'lgan. Bugun ikkala jamoa uchun ham qiyin o'yin bo'lishi aniq. Muxlislar Qo'qonda shiddatlik, kurashlarga boy futbol guvohi bo'lishadi. Ushbu bahsda durang natija qayd etilishi ehtimoldan holi emas. Bu o'yinda ikkala jamoaning ham imkoniyatlari deyarli teng.
30/40/30
O’xshash yangiliklar

Fikrlar