Bugungi mashg'ulotlar haqida
19 dek 2014 16:58
Yangiliklar


Bugungi mashg'ulotlar haqida
Bugun ertalab terma jamoamiz lageriga kelib qo'shilgan Aziz Haydarov yakka tartibda mashg'ulot o'tkazdi.
Kechagi o'yinda to'lik ikki taym to'p tepkanligi bois, futbolchi biroz ishladi holos. Odil Ahmedov ham maydonda chopish bilan bandi. Vitaliy Denisov va Sanjar Tursunov birgalikda shug'ullandilar.
Tonggi mashg'ulotlarda to'p bilan ishlanmadi. Siz suratda ko'rib turgan kadr faqatgina Aziz Haydarovga tegishli. Bugun asosan yugurildi. Server Jeparov va Jasur Hasanov biroz og'riq sezganliklari uchun o'zlariga dam berdilar. Ammo havotirli joyi yo'q.
Jismoniy tayyorgarlikni darvozabonlarimiz ham bir xilda bajaryaptilar. Hozircha faqat mana shu o'yinchilarni Osiyo Kubogida ishtirok etishi 100 foiz hal bo'lgan. Albatta hamma sog' - salomat bo'lsa. Kecha tundagi mashg'ulotlarda Ignatiy Nesterov asosiy posbon sifatida darvozani qo'riqladi. Akbar va Eldor almashib turdilar.
O'yinga ham 2 kun qoldi, ertaga Iordaniyaga qarshi bahs oldidan muhim mashg'ulot.

Fikrlar