So’nggi yangiliklar

00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  5 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  9 15:29Расман: "Навбаҳор" ёзда 7 футболчини ўз сафига қўшиб олди  18

Bugun yoki hech qachon! Yangiliklar

Bugun yoki hech qachon!

Bugun O'zbekiston olimpiya terma jamoasining U-23 Osiyo chempionatidagi taqdiriga oydinlik kiritiladi.

Birinchi turda Qatardan minimal hisobda engilgan Ravshan Haydarov shogirdlarini g'alabadan boshqa natija qoniqtirmaydi. Aksiga olib, raqib oldingi turni ko'tarinki  kayfiyatda o'tkazgan va Ummonni yirik hisob (3:0)da taslim etgan mezbonlar Xitoy U-23 terma jamoasi.

Mezbonlar ummonliklarga qarshi bellashuvda ancha hotirdam va ishonch bilan to'p tepishdi. Musobaqa oldidan asosiy yulduzlardan bo'lishi taxmin qilingan besh o'yinchidan biri deb tariflangan Vey SHixao (7-raqam) o'sha kuni o'zini ko'rsatdi. Hisob yirik ko'rinishga kelganidan keyin bosh murabbiy asosiy etakchisini 66 daqiqada zaxiraga oldi va bu orqali bizga qarshi bahs oldidan dam berdi desa ham bo'ladi. Bugun hamyurtlarimizga Qatarga qarshi o'yindan ham qiyin bo'ladi, xitoyliklar arablardan ko'ra kuchliroqdek ko'rinmoqda.



Xitoy o'z yo'liga, biz o'z jamoamiz haqida o'ylashimiz zarur. Zero, Qatarga qarshi terma jamoamiz o'ynamadi desak ham bo'ladi. Unda murabbiy "imzosi" umuman ko'rinmadi. Juda g'alati o'yin, hech qanday joziba ko'rinmadi. Bugun esa buning aksini ko'rishni juda ham istardik.

O'tgan o'yinda Dilshod Hamroev darvozani yaxshi qo'riqladi. Akrom Komilov jarohat olgach, o'rniga Doniyor Narzullaev tushdi va o'ng qanot himoyaga o'tdi. Ungacha o'ngda o'ynagan Hojiakbar Alijonov esa chapga o'tdi. Tan olish kerak, chap himoya Alijonovning joyi emas ekan. O'sha o'zgarishni ko'rib milliy terma jamoada Samvel Babayan Akmal SHorahmedovni chapga olib, Davron Hoshimovni o'ngga tushirgan vaziyat ko'z o'ngimdan o'tdi. Bu xato edi. Vaholanki, huddi shu terma jamoamizning o'tgan yilgi o'rtoqlik uchrashuvlarida chap qanot himoyasida Akrom Komilov yo'q bo'lgan paytlarda "Neftchi" azosi Abdujamol Isroilov yaxshi harakat qilgan edi. O'FF rasmiy sayti Akromning bugungi bellashuvda ishtirok etishi so'roq ostidaligini malum qildi. SHaxsan men Akrom bo'lmasa, unda chap qanotda aynan Abdujamolni ko'rishni xohlardim. O'ng qanot himoyada esa Doniyor Narzullaev tushsa maquldek. Oldingi safar "Nasaf" azosi zaxiradan tushgach bir necha bor raqib jarima maydonchasi ichiga yaxshi to'p uzatishlarni amalga oshirdi. Bu borada u Alijonovdan ko'ra foydaliroq bo'lishi turgan gap.


Tayanch yarim himoyasida yana Hamrobekov va G'aniev juftligini ko'rsak kerak. SHu o'rinda, Aziz G'anievdan ishonchliroq harakat qilishini so'rab qolgan bo'lardik. "Nasaf"da u ajoyib mavsumni o'tkazdi, lekin Qatar bilan juda qo'pol xatolarga yo'l qo'ydi.

Ana endi eng asosiy muammolarimizdan biri haqida to'xtalmoqchiman. Birinchi turda Javohir Siddiqov hujumchi ortida harakat qildi va yomon taassurot qoldirdi. U hujumlarni yakunlovchi nuqtaga qo'yildi, aslida esa Javohir hujumlarni boshlab beruvchi yoki keskinlashtiruvchi nuqtada foydaliroq ekanligini bilamiz. Uning egiluvchan, tez va maydonni yaxshi ko'rishi hujumchi ortida emas, maydon markazida ko'proq foyda keltirgan bo'lardi menimcha. Siddiqov hujumlarni yakunlashi emas, ularni boshlab berishi va boshqarishi kerak. SHu sabab uning joyi markazda. SHu o'rinda, qanotlarda o'ynagan vingerlarimiz Hamdamov va Yaxshiboev, shuningdek Siddiqovga ham aytar gapimiz bor: "Raqiblarni ortga harakatlanib aldash hech qachon olqishlanmaydi. Sababi, himoyalanayotgan o'yinchi shundoq ham orqaga ketayotgan raqibini ortiqcha taqib etmaydi. Sen oldinga intilgan holda himoyachini ortda qoldirsang o'shandagina olqishlarga sazovor bo'lasan". Lekin, o'tgan turda ko'rdik-ki, juda ko'p hollarda yigitlar to'pni olish bilan oldinga emas, orqaga harakatlana boshlashdi, raqiblarni ham orqaga yurib yo'liga aldagandek bo'lishdi. Umid qilamizki, bugun o'sha xatolar bartaraf etiladi. Yana bir jihat, agar bugun Bobir Abdixoliqovni maydonda ko'rsak uni qanotda vinger sifatida ko'rishni istamagan bo'lardik. Bobir xoh asosiy tarkibda, xoh zaxiradan tushsin undan vinger sifatida emas, hujumchi sifatida foydalanish ko'proq samara bergan bo'lardi nazarimda.



Juda yaxshi tarkibga ega bo'lgan O'zbekiston U-23 terma jamoasi Qatarga qarshi juda yomon o'ynadi. Bugun ulardan hujumkor, chiroyli, ishonchli va keskin o'yin kutamiz. Zero, barchamiz sizni tanqid qilishni emas, olqishlashni xohlaymiz. Muxlislar ham mag'lub bo'lishingizni-yu, keyin sizlarni bo'ralatib haqoratlashni tilashmaydi. Ular ham chiroyli g'alabadan keyin sizni olqishlashni, ota-onangizga rahmatlar aytishni xohlashadi. Bu terma jamoamiz uchun bugun guruhdagi eng muhim uchrashuv. Ushbu musobaqadan keyin bu jamoa tarqatib yuboriladi, keyingi U-23 Osiyo chempionatiga yangi tarkib tuziladi. Demak, bugun yoki hech qachon.

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика