Bugun yana "El Klasiko"!
16 avg 2017 09:38
Yangiliklar
Bugun yana "El Klasiko"!
Bir necha yillardan buyon azaliy raqib bo'lib kelgan "Real" hamda "Barselona" Ispaniya Superkubogi javob bahsda o'zaro hisob-kitob qilib olishadi.
Yakshanba kuni Kataloniyada bo'lib o'tgan dastlabki o'yinda Zinedin Zidan boshchiligidagi "Qirollik klubi" 3:1 hisobida zafar quchib javob bahsi olidan imkoniyatini ancha yaxshilab olgan edi.
Toshkent vaqti bilan soat 02:00da boshlanadigan bugungi uchrashuv oldingilaridan ham shiddatli o'tishiga shubha yo'q. Sababi "Real" o'z muxlislari qarshisida ustunlikni saqlab qolishga va kubokni qo'lga kiritishga urinadi. "Barselona" esa raqibning etakchisi Ronalduning yo'qligidan foydalanib qolishga harakat qiladi.
"Real Madrid" - "Barselona"
Ispaniya Superkubogi, javob o'yini.
16 avgust. Madrid. "Santyago Bernabeu" stadioni. 02:00 (Toshkent vaqti)
Bosh hakam - Xose Mariya Sanches Martines (Mursiya).
Birinchi o'yin - 3:1

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar