So’nggi yangiliklar

15:25Расман: Хейсен "Реал"га ўтмоқда  0 15:12"Интер" "Реал" ва "Барселона"нинг трансфер мақсадини қўлга киритиши мумкин  0 14:25"Барселона" ҳужумчисини АПЛга сотиши мумкин  3 13:31"Ман Сити" Англия Кубоги учун "Кристал Пэлас" билан беллашади (превью)  4 13:01"Реал" "Олтин тўп" соҳиби билан шартнома имзоламоқчи  12 12:10"Арсенал" 75 млн еврога форвард харид қилмоқчи  9 11:41"Реал" Родриго кетган тақдирда, унга эҳтимолий ўринбосар топди  2 11:17"Манчестер Юнайтед" мағлубиятлар сони бўйича клуб антирекордини янгилади  4 10:52“Ливерпуль" “Челси“ форварди билан шартнома имзоламоқчи  5 10:25“Манчестер Сити“ Тижани Рейндерсга қанча таклиф қилгани маълум  2 09:56МЮ Рэшфордга нарх белгилади  1 09:28“Ливерпуль“ 20 ёшли футболчига 60 миллион фунт беришга тайёр  3 09:00“Барселона“нинг ёздаги асосий трансфер мақсади маълум  26 08:35“Байер“ Флориан Вирцга нарх белгилади  6 08:05Суперлига. "Сурхон" — "Сўғдиёна" 2:1  2

Bugun U-23 Osiyo chempionatiga qura tashlanadi Yangiliklar

Bugun U-23 Osiyo chempionatiga qura tashlanadi

2020 yil 8-26 yanvar kunlari Tailand poytaxti Bangkokda navbatdagi U-23 Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

SHu munosabat bilan bugun mazkur musobaqaga qura tashlash marosimi o'tkaziladi. Qura marosimi  Bangkokdagi "Rama Gardens" mehmonxonasida tashkil etiladi. Tadbir Toshkent vaqti bilan soat 13:00da boshlanadi.

Qura mexanizmiga ko'ra, 16 jamoa to'rttadan 4 guruhga bo'linadi va har bir guruhdan ikkitadan jamoa keyingi bosqichga yo'l oladi. Musobaqa yakunida kuchli uchlikdan joy olgan jamoalar Tokio-2020 Olimpiada o'yinlariga yo'llanma oladi. 

Bilasiz, navbatdagi Olimpiada o'yinlari 2020 yil Tokioda tashkil etiladi. Olimpiada o'yinlarining futbol musobaqasi uchun Osiyoga mezbon Yaponiyadan tashqari yana uchta o'rin ajratilgan. Agar Yaponiya olimpiya terma jamoasi U-23 Osiyo chempionatida yarim finalga qadar etib borsa, unda to'rtinchi o'rinni qo'lga kiritgan jamoa qo'shimcha imtiyozga ega bo'ladi. 

SHuningdek, savatchalar ham aniq. O'zbekiston U-23 terma jamoasi 2018 yilgi musobaqada chempionlikni qo'lga kiritgani bois 1-savatchada bo'ladi. 


1-savatcha: Tailand (mezbon), O'zbekiston, Vetnam, Qatar

2-savatcha: Janubiy Koreya, Iroq, Yaponiya, KXDR

3-savatcha: Xitoy, Avstraliya, Iordaniya, Saudiya Arabistoni

4-savatcha: Suriya, Eron, BAA, Bahrayn. 


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика