Bugun Turkiyada chempion aniqlanadi. Da'vogarlar 3ta

Aslanov Jasurbek
19 may 2018, 11:46
Bugun, 19 may kuni Turkiya chempionatining so'nggi 4ta uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Ushbu 4ta uchrashuvning 3tasida chempionlik uchun kurash kechadi. Ayni damda turnir jadvali quyidagi ko'rinishda.

(Ochkolar teng kelib qolsa, to'plar nisbatiga qaraladi)

Bugungi o'yinlar jadvali:

21:00. "Go'ztepa" - "Galatasaroy"

21:00. "Buyukshexir" - "Qosimposha"

21:00. "Beshiktosh" - "Sivaspor"

21:00. "Fenerbaxche" - "Konyaspor"


Ayni damda 11-o'rinni egallagan "Oqhisor Beldispor" Turkiya Kubogida g'olib bo'lib, Yevropa ligasi guruh bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Faqat chempion jamoa kelasi mavsum Chempionlar ligasini guruh bosqichidan boshlashi mumkin. "Galatasaroy", "Fenerbaxche" va "Buyukshexir" aynan shu yo'llanma uchun ham kurash olib borishadi.

Turnir jadvalidagi o'rinlar qaysi musobaqaga yo'lanma beradi?

1-o'rin. Chempionlar ligasi guruh bosqichi

2-o'rin. Chempionlar ligasi. Pley-off. Ikkinchi saralash bosqichi

3-o'rin. Yevropa ligasi. Pley-off. Uchinchi saralash bosqichi

4-o'rin. Yevropa ligasi. Pley-off. Ikkinchi saralash bosqichi


Sizningcha qaysi klub Turkiya chempioni bo'lishga qodir?

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia