Bugun terma jamoamiz Falastin bilan o'ynaydi
13 dek 2014 08:45
Yangiliklar
Bugun terma jamoamiz Falastin bilan o'ynaydi
Dubay shahrida Osiyo Kubogi-2015ga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi bugun o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.
Mirjalol Qosimov shogirdlari bugun OK-2015ga yo'llanma olgan Falastin terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi.
Termamiz hozirga qadar ushbu yig'in doirasida Yangi Zelandiyaning "Oklend Siti" klubi bilan nazorat uchrshuvini o'tkazishgandi. O'sha bahsda hisob ochilmagandi - 0:0.
O'zbekiston terma jamoasi ikki bor Falastinga qarshi o'ynagan. JCH-2006 saralashi doirasidagi ikkala o'yinda ham vakillarimiz 3:0 hisoblarida zafar quchishgan.
Falastin noyabr oyida Saudiya Arabistoni (0:2) va Vetnam (3:1) terma jamoalari bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazgandi.
O'zbekiston bilan bahsdan so'ng 21 dekabrda CHendu shahrida Xitoy, 28 dekabrda Tehronda Eron bilan kuch sinashadi.
O'z tarixida ilk bor Osiyo Kubogida qatnashadigan Falastin Avstraliyadagi qita chempionatida Yaponiya, Iordaniya va Iroq terma jamoalari bilan bir guruhdan o'rin olgan.

championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar