Bugun Superligaga doir yig'ilish bo'ladi
03 avg 2020 10:58
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/544798_original.jpg)
![](/upload/storage/544798_220.jpg)
Bugun Superligaga doir yig'ilish bo'ladi
Bizga malum bo'lishicha, bugun Coca Cola Superligasi klublari vakillari ishtirokida yig'ilish o'tkaziladi.
O'FA binosida bo'lib o'tadigan yig'ilishdan ko'zlangan asosiy maqsad, buyog'iga Superliga bahslarini qay tarzda davom ettirish. Qolaversa birinchi davra yakunidan keyingi musobaqa formatini ko'rib chiqish, O'zbekiston U-19 terma jamoasining Osiyo chempionatiga tayyorgarligi hamda milliy terma jamoamizning JCH-2022 saralash bahslariga hozirlik ko'rish masalalariga ham etibor qaratiladi.
Coca Cola Superliga o'yinlari bugundan davom ettirilishi lozim edi, biroq yurtimizda karantin qoidalari kuchaytirilgani bois o'yinlar 15 avgustga qadar qoldirilganidan xabaringiz bor. Bugungi yig'ilishda Superligani aynan qaysi sanadan boshlab davom ettirish hamda o'yinlarni qay tarzda o'tkazish masalasiga oydinlik kiritilishi kutilmoqda.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar