

Tur doirasida "Surxon" va "Bunyodkor" jamoalari AGMK maydonida to'qnash keladi. Shuningdek, bizni ikki markaziy uchrashuv kutib turibdi. Mikael Sekeyra boshchiligidagi "Lokomotiv" "Paxtakor" maydoniga safar uyushtirsa, mavsumni mag'lubiyatsiz davom ettirayotgan "So'g'diyona" Qarshida "Nasaf" mehmoni bo'ladi.
4 iyul, yakshanba
SURXON – BUNYODKOR
Hakamlar: Ahrol Risqullaev, Olimjon Abduvosilov, Daler Tilloev, Jaloliddin Husnitdinov.
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
Komissar: Abbos Ahrorov
NASAF – SO'G'DIYONA
Hakamlar: Shavkat Nasibullaev, Anvarjon Marajabov, Ziyodulla Abdurahmonov, Rustam Choriev
Nazoratchi: Dmitriy Roman
VAR hakami: Akobirxo'ja Shukurullaev
VAR assistent: Timur Galeev
VAR nazoratchi: Valentin Kovalenko
Komissar: Ongar Jalimov
PAXTAKOR – LOKOMOTIV
Hakamlar: Vadim Agishev, Bektursin Kannazarov, Jalg'asbay Sarsenov, Ibrohim Ismoilov
Nazoratchi: Oleg Dachev
Komissar: Sardor Qudratullaev.
Ayni damga kelib Superliga jadvali shunday ko'rinish olgan:




