Bugun SPORT telekanali 3ta o'yinni jonli namoyish etadi

Narzulla Saydullayev
11 okt 2016, 13:31
Bugun Osiyo qitasida JCH-2018 saralashi 3-bosqich o'yinlari bo'lib o'tadi.

O'zbekiston terma jamoasi bugun o'z maydonida Xitoy terma jamoasi bilan o'ynaydi. Uchrashuv 18:00da "Bunyodkor" stadionida boshlanadi. Guruhimizdan o'rin olgan Qatar - Suriya uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.

"B" guruhidan o'rin olgan Avstraliya va Yaponiya o'rtasidagi o'yin Toshkent vaqti bilan 14:00da start oladi.

Yuqoridagi uchala o'yinni SPORT telekanali to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia