So’nggi yangiliklar

19:29"Вильярреал" — "Барселона". Таркиблар маълум  2 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  6 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  2 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  0 17:22"Жирона" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 17:10"Ал Батаэҳ" — "Ал Наср". Таркиблар маълум  3 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  5 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  3 15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  1 14:28Семеньо фаолиятини давом эттириш учун устувор вариантни танлади  1 14:02Довбик фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  2 13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  34 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  7 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0

Bugun "Real" "Yuventus"ga qarshi o'ynaydi (Prevyu) Yangiliklar

Bugun "Real" "Yuventus"ga qarshi o'ynaydi (Prevyu)

Teglar :  RealYuventus
Ikki yarim haftalik tanaffusdan keyin Evropa chempionlar ligasi yana qaytmoqda. Bugun tunda ECHLning ikki to'qnashuvi bo'lib o'tadi. Hozir biz shulardan biri haqida to'xtalamiz.

"Yuventus" - "Real"
Seshanba, 23:45, Turin, "Alyanc Stedium".
Uchrashuv bosh hakami - Juneyt CHaqir (Turkiya).

O'tgan safargi Evropa chempionlar ligasi finali o'tib ketganiga 10 oy o'tdi. O'shanda "Real" "Yuventus"dan kuchli ekanligini isbotlagandi, mana shafqatsiz qura yana ushbu ikki jamoani to'qnashtirdi. Klublarning ayni damdagi kuchini solishtiradigan bo'lsak, ikki tomonga ham imkoniyatlar teng deb aytishimiz mumkin.

O'tgan bosqichda ikki jamoaga ham jiddiy raqiblar bilan bahs olib borishdi. "Yuventus" APLning kuchli jamoalaridan biri "Tottenxem" qarshiligini engdi. "Qirollik klubi" esa ikki uchrashuvda ham PSJni taslim etdi.

Ishtiyoq haqida nimalar deyishimiz mumkin... Bu erda shak-shubhasiz ikki jamoaning ham imkoniyatlari teng, shu boisdan klublar maksimal kuchi bilan g'alaba va yarim final uchun harakat qiladi. "Yuventus" Italiyada chempionlik masalasini deyarli hal qilgan, keyingi mavsumda ECHLda qatnashishi aniq. "Real" esa LaLigada o'z o'rnini mustahkamlay olmagan, shu boisdan ECHLda yana bir bor g'alaba qozonishni istaydi.

Dam olish kunlarida jamoalar milliy chempionatda o'yinlar o'tkazishdi. Madridliklar deyarli ikkinchi tarkib bilan "Las-Palmas"ni mag'lub etgan bo'lsa, "Yuventus" juda og'ir uchrashuvda "Milan"ni taslim etdi.

Zidan jamoasida ayni damda yo'qotishlar yo'q, uning qo'l ostida jangavor tarkib bor. Faqatgina Nachoda kichik jarohat bor. Biroq u jamoasi bilan Turinga qo'l olgan. Allegrida esa ikki muammo ko'zga tashlanmoqda. Benatya va Pyanich diskvalifikaciya sababli maydonga tushishmaydi.

Endi Allegri 4-2-3-1 taktik sxemasiga murojaat etishi, Iguainning ortida Dibala, chap qanotda Kosta, o'ngda esa Kuadrado, shuningdek, himoyaga Matyuidi va Xedira yordam berishi mumkin. O'ng qanot yarim himoyasiga yana bir nomzod - Bernardeski yoki bo'lmasam hujumga Manjukich ham yaxshi variant.

TAXMINIY TARKIBLAR

"Yuventus": Buffon - De SHilo, Bardzali, Kellini, Asamoa - Xedira, Matyuidi - Kuadrado, Dibala, Kosta - Iguain.

"Real: Navas - Karvaxal, Ramos, Varan, Marselo - Modrich, Kazemiro, Kroos - Isko - Benzema, Ronaldu.

Jarohatlangan: Nacho ("Real").

So'roq ostida: Sandro, Manjukich, Bernardeski (barchasi "Yuventus"dan).

QIZIQARLI FAKTLAR

- "Yuventus" ECHL doirasidagi so'nggi to'rt pley off uchrashuvlaridan eson-omon o'tib olgan.

- Tomonlar o'zaro 20 uchrashuv o'tkazishgan. Unda ikki jamoa ham 9tadan g'alabaga erishishgan. Duranglar soni 2ta. "Real" 23, "Yuventus" 24 gol kiritgan.

- "Real" tarkibiga o'tganidan keyin Ronaldu 5 o'yinda "Yuventus" darvozasiga 7 gol kiritgan.

- "Real" ECHLning 1/4 finalida 35-uchrashuvini o'tkazadi. Bu esa rekorddir.

- "Yuventus" "Real"ga qarshi o'tgan so'nggi 7 uy uchrashuvida mag'lub bo'lmagan (6 g'alaba, 1 durang).

- "Yuventus" 18-bora ECHL chorak finalida o'ynaydi. Ular ketma ket ettinchi marta turnirning ushbu bosqichiga etib keldi. Bu esa klub rekordidir.

- "Yuventus"ning Ispaniya klublari bilan uy uchrashuvlari statistikasi: 15 g'alaba, 9 durang, 2 mag'lubiyat.

- "Yuventus"ning evrokuboklardagi uch uchrashuvlarda mag'lubiyatsiz seriyasi 27 uchrashuvni tashkil etadi: 16 g'alaba, 11 durang.

- "Real"ning ECHL doirasida Italiya jamoalariga qarshi o'tgan safar uchrashuvlari: 6 g'alaba, 8 durang, 18 mag'lubiyat.


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика