Bugun Qudratillo Abduqahhorov olamsport.com sayti mehmoni bo'ladi. Eng yaxshi savol sohibiga sovg'a bor!
25 fev 2019 12:55
Yangiliklar
Bugun Qudratillo Abduqahhorov olamsport.com sayti mehmoni bo'ladi. Eng yaxshi savol sohibiga sovg'a bor!
Bugun soat 14:00da professional boksda mag'lubiyatsiz odimlayotgan hamyurtimiz Qudratillo Abduqahhorov olamsport.com sayti mehmoni bo'ladi.
Bob Arum boshchiligidagi "Top Rank" kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan Abduqahhorov 30 mart kuni AQSHda yaponiyalik Keyta Obaraga qarshi ringga ko'tariladi. Ushbu jang yarim o'rta vazn toifasida IBF chempionlik kamari uchun saralash jangi vazifasini o'tab beradi.
Mazkur jang g'olibi Mayki Garsiya - Errol Spens to'qnashuvi g'olibiga qarshi IBF chempionlik kamari uchun ringga ko'tariladi. O'zingizni qiziqtirgan savollarni ushbu xabar ostida qoldirishingiz mumkin.
Eng yaxshi savol sohibini Qudratillo Abduqahhorovning sovg'asi kutmoqda. Eng yaxshi savolni bokschimizning o'zi aniqlaydi. G'olibga sovg'ani charm qo'lqop ustamizning o'zi topshiradi. Albatta, fotogalereya ham bo'ladi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar