Bugun O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Belarus U19 bilan o'ynaydi
16 noy 2015 10:48
Yangiliklar
Bugun O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Belarus U19 bilan o'ynaydi
Bugun Jasur Abduraimov boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Belarus U19 terma jamoasi bilan ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.
Dastlabki o'yinda vakillarimiz 1:0 hisobida zafar quchishgandi. Bugungi bahs Toshkentdagi "Jar" stadionida soat 14:00da boshlanadi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U19 terma
jamoasi keyingi yil Bahraynda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati final bosqichiga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Malumot uchun, U-19 Osiyo chempionati 2016 yil Bahrayn mamlakatida bo'lib
o'tadi. Musobaqa 13 oktyabrda boshlanib 30 oktbyar kuni yakuniga etadi.
Qita chempionatida yarim finalga chiqqan to'rt jamoa 2017 yil Janubiy
Koreyada bo'lib o'tadigan U-20 Jahon chempionatiga yo'llanma oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Fikrlar