Bugun O'zbekiston terma jamoasi Xitoyga uchib ketadi
28 avg 2017 09:54
Yangiliklar
Bugun O'zbekiston terma jamoasi Xitoyga uchib ketadi
31 avgust kuni O'zbekiston JCH-2018 saralashi doirasida Xitoy terma jamoasi mehmoni bo'ladi. Uchrashuv Uxan shahrida o'tkaziladi. Bugun kechga yaqin terma jamoamiz delegaciyasi Toshkent-Pekin yo'nalishida Xitoyga uchib ketadi.
Samvel Babayan oldindagi o'yinlar uchun 27 nafar futbolchini chaqirgan:
Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv” Toshkent), Nikita Ribkin (“Qo'qon-1912”);
Himoyachilar: Farrux Sayfiev (“Nasaf”), Vladimir Kozak (“Paxtakor”), Vitaliy Denisov (“Lokomotiv” Moskva, Rossiya), Anzur Ismoilov (“CHanchun Yatay”, Xitoy), SHerzod Azamov (“Paxtakor”), Egor Krimec (“Beyjing Goan”, Xitoy), Akmal SHorahmedov (“Nasaf”), Islom To'xtaxo'jaev (“Lokomotiv” Toshkent), Davron Hoshimov (“Paxtakor”);
Yarim himoyachilar: Server Jeparov (“Istiqlol” Tehron, Eron), Jaloliddin Masharipov (“Lokomotiv” Toshkent), Sardor Mirzaev (“Lokomotiv” Toshkent), Eldor SHomurodov (“Rostov”, Rossiya), Aziz G'aniev (“Nasaf”), Odil Ahmedov (“SHanxay SIPG”, Xitoy), Fozil Musaev (“Jubilo Ivata”, Yaponiya), Aziz Haydarov (“Ajman”, BAA), Otabek SHukurov (“Bunyodkor”), Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”), Sardor Rashidov (“Al-Jazira”, BAA), Marat Bikmaev (“Lokomotiv” Toshkent).
Hujumchilar: Temurxo'ja Abduxoliqov (“As-Sayliya”, Qatar), Igor Sergeev (“Paxtakor”), Aleksandr Geynrix (“Ordabasi”, Qozog'iston).
Fikrlar