So’nggi yangiliklar

15:25"Ливерпуль" Конате билан янги шартнома бўйича келишувга эриша олмаяпти, футболчига "Реал" қизиқиш билдирмоқда  0 14:55Левандовски 2026 йилнинг ёзида Саудия Арабистонига ўтиши мумкин  5 14:30Вирцнинг "Ливерпул"га мега трансфери! Нима учун инглизлар шунча пулдан воз кечишга қарор қилишди?  1 14:20ОКМК 6 йилдан буён Намангандан ғалабасиз қайтмоқда. Лушчан ва Қосимов дуэлида ким ғолиб чиқади?  3 13:58"Ал Иттиҳод" Погба учун курашга киришди  4 13:37Учрашувнинг сўнгги қисми жанжалга айланиб кетган "Нефтчи" - "Бухоро" баҳсидан ГАЛEРEЯ  1 12:25"Интер" Маркус Рэшфордни нишонга олди  3 11:47А Серия клуби Антони билан шартнома имзолашга уринди. Аммо, у Испанияга қайтишни хоҳламоқда  1 11:20"Манчестер Сити" ўйинчиси янги клуби билан келишувга эришди  1 10:51Поль Погба “Монако“га ўтмайди. Унинг режалари ўзгарди  4 10:23“Арсенал“ Испания терма жамоаси аъзоси билан келишувга эришди (Фабрицио Романо)  2 09:55Элдор Шомуродовга Франциядан ҳам таклиф бор  24 09:27“Манчестер Сити“ Ҳусановни Франция клубига ижарага беришни истамади  20 08:58Расман. Аббосбек Файзуллаев жамоасига янги бош мураббий тайинланди  0 08:28“Истанбул Башакшехир“ Элдорнинг трансфери учун “Рома“га қанча таклиф қилгани маълум  8

Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi Livanga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi Yangiliklar

Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi Livanga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi

Teglar :  O'zbekiston MTJ
Bugun, 14 fevral kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarida Livanga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Ushbu jamoalar shu vaqtga qadar o'zaro 4 bora to'qnash kelgan. O'zbekiston terma jamoasi Livanga qarshi o'yinlarda mag'lubiyatga uchramagan. Uch o'yinda g'alaba qozongan bo'lsa, bir o'yinda durang natija qayd etilgan. O'zaro o'yinlardagi to'plar nisbati O'zbekiston foydasiga - 6-1.

Qisqa muddatli ushbu yig'inga O'zbekiston professional futbol ligasi jamoalari futbolchilari jalb etilgan.

Avvalroq, Livanga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi uchun O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayandan chaqiruv olgan 21 futbolchidan iborat tarkibni elon qilgan edik.

SHuni qayd etish kerakki, himoyachi Islom To'xtaxo'jaev milliy terma jamoa safiga yuqori harorati bilan etib kelgan va uning bugungi o'yindagi ishtiroki so'roq ostida. Tarkibdagi boshqa futbolchilar esa o'yinga tayyor.

Etiborlisi, Livanga qarshi kechadigan bu o'yinda bir necha yosh futbolchilar - Jamshid Boltaboev, Otabek SHukurov, Javlon Mirabdullaev, Akromjon Komilov, Doston Hamdamov O'zbekiston milliy terma jamoasi safida debyut uchrashuvini o'tkazishi mumkin.

O'zbekiston milliy terma jamoasining navbatdagi rasmiy o'yinlari Jahon chempionati-2018 ikkinchi saralash bosqichi doirasida mart oyida bo'lib o'tadi. Babayan shogirdlari 24 mart kuni Filippin, 29 mart kuni esa Bahraynni Toshkentda qabul qiladi.

Ayni vaqtda O'zbekiston milliy terma jamoasi ikkinchi saralash bosqichida 6 o'yindan keyin 15 ochko to'plagan holda, “H” guruhida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Birinchi o'rindagi KXDR terma jamoasi hisobida 7 o'yindan keyin 16 ochko bor.

Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика