So’nggi yangiliklar

19:49Манба: "Челси" Жексонни ижарага беради  0 19:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 1:0 (матнли трансляция)  13 19:20Жо Коул АПЛ мавсум фаворитини айтди  1 19:13Суперлига. "Бухоро" – "Қўқон-1912". Таркиблар эълон қилинди  2 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  1 18:21Лукаку: "Жароҳатлар – футболнинг бир қисми"  0 17:312 ўриндиққа 3 одам  5 17:19"Аяччо" банкротлик жараёнини бошлади  2 17:00“Трастбанк” кичик бизнесни ривожлантириш учун НАҚД ПУЛда 1 млрд сўмгача кредит ажратади  7 16:29"Челси" учинчи либосини тақдим этди  1 16:00Марказий Осиё. "Қайрат" ютқазди, "Истиқлол" кубокдан чиқиб кетди, ўзбекистонлик Марадона эса топ-ассистентлардан бирига айланди  1 15:45Павар "Интер"дан кетиши мумкин: Франция ёки Саудия Арабистони?  0 15:16"Қайрат" "Селтик" тўсиғидан ўтса, неча миллион доллар ишлаб олади?  8 15:09"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани бекор қилишга келишиб олди  0 14:4143 ёшигача тўп тепган, Ўзбекистоннинг икки карра энг яхши футболчиси Павел Бугало 51 ёшда  4

Bugun Osiyo kubogi-2019ga qura tashlanadi Yangiliklar

Bugun Osiyo kubogi-2019ga qura tashlanadi

Bugun, 4 may kuni Dubaydagi "Armani Hotel" mehmonxonasida Osiyo Kubogi-2019 musobaqasi uchun qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

Hozirda ko'pchilik qurani intiqlik bilan kutmoqda deya olamiz. CHunki bo'lajak Osiyo Kubogida O'zbekiston milliy terma jamoasi ham ishtirok etadi va guruhdagi raqiblarimizni bilib olish barchaga qiziq tuyuladi.

OFK tarixida birinchi marta Osiyo Kubogida 24ta jamoa ishtirok etadi. OFK butun Osiyo bo'ylab muxlislar qiziqishini oshirish maqsadida ishtirokchi davlatlar sonini 16tadan 24taga etkazdi. Jamoalar 6tadan to'rtta savatchaga bo'lingan:

1-savatcha
BAA - bosh murabbiy Alberto Zakkeroni (Italiya)
Eron - bosh murabbiy Karlush Keyrush (Portugaliya)
Avstraliya - bosh murabbiy Bert Van Marveyk (Gollandiya)
Yaponiya - bosh murabbiy Akira Nishino (Yaponiya)
Janubiy Koreya - bosh murabbiy SHin Tae Yong (J.Koreya)
Saudiya Arabistoni - bosh murabbiy Xuan Antonio Pizzi (Argentina)

2-savatcha
Xitoy - bosh murabbiy Marchello Lippi (Italiya)
Suriya - bosh murabbiy Bernd SHtange (Germaniya)
O'zbekiston - vaqtincha bosh murabbiy Timur Kapadze (O'zbekiston)
Iroq - bosh murabbiy Bosim Qosim (Iroq)
Qatar - bosh murabbiy Feliks Sanches (Ispaniya)
Tailand - bosh murabbiy Milovan Rayevac (Serbiya)

3-savatcha
Qirg'iziston - 
bosh murabbiy Aleksandr Krestinin (Rossiya)
Livan - Miodrag Radulovich (CHernogoriya)
Falastin - bosh murabbiy tayinlanmagan
Ummon - bosh murabbiy Pim Verbek (Gollandiya)
Hindiston - bosh murabbiy Stefen Konstantin (Angliya)
Vetnam - bosh murabbiy Park Xang Seo (J.Koreya)

4-savatcha
KXDR - 
bosh murabbiy tayinlanmagan
Filippin - bosh murabbiy tayinlanmagan
Bahrayn - bosh murabbiy Miroslav Soukup (CHexiya)
Iordaniya - bosh murabbiy Jamol Abu Abed (Iordaniya)
Yaman - bosh murabbiy Abraham Mebratu (Efiopiya)
Turkmaniston - bosh murabbiy Yazguli Xojageldiev (Turkmaniston)

Ko'rib turganingizdek, O'zbekiston 2-savatchadan o'rin olgan. Qura tartibiga ko'ra, musobaqa mezboni BAA "A" guruhidan joy oladi. Hozircha faqat shunisi malum. Qura marosimini voqea joyidan yoritib borish, quradan keyingi fikrlarni ommaga taqdim etish hamda murabbiy va mehmonlardan intervyu olish maqsadida saytimiz xodimi Xayrulla Xoliqov Dubayga uchib ketdi. O'ylaymizki, marosim bo'lib o'tadigan joydan muxbirimiz o'quvchilarga qaynoq xabarlarni etkazib turadi. SHunday ekan, bizni kuzatishda davom eting.

Qura tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan soat 20:10da boshlanadi. SPORT telekanali mazkur tadbirni jonli ravishda efirga uzatishni rejalashtirgan.


Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика