So’nggi yangiliklar

00:34"Интер" — "Болонья". Таркиблар маълум  0 00:31"Реал Сосьедад" — "Атлетико". Таркиблар маълум  1 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  40 00:21ПСЖ — "Париж". Таркиблар маълум  2 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  14 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  6

Bugun oliy liganing uchta klubi Kubok o'yinlarini tark etadi Yangiliklar

Bugun oliy liganing uchta klubi Kubok o'yinlarini tark etadi

Teglar :  O'zbekiston kubogi
Bugun O'zbekiston Kubogining 1/8 final bosqichidan o'rin olgan uchta bahs bo'lib o'tadi. Bugungi o'yinlardan so'ng uchta jamoa Kubok musobaqasini tark etadi.

"So'g'diyona" o'z maydonida "Buxoro"ni qabul qiladi. Esingizda bo'lsa, Buxoroda kechgan birinchi uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etilgandi. Bugungi bahsdan so'ng qaysidir jamoa Kubok bilan xayrlashadi. "So'g'diyona" o'z maydonida to'p tepishini hisobga olsak, "Buxoro"da imkoniyat katta bo'lmasa kerak.

Yana bir uchrashuv Bekobodda "Metallurg" va "Qo'qon-1912" jamoalari o'rtasida kechadi. Qo'qondagi birinchi o'yinda mezbonlar 2:0 hisobida zafar quchishgan. Katta ehtimol bilan javob bahsi ham "Qo'qon-1912" foydasiga hal bo'ladi. CHunki "Metallurg"ga Kubok kerak emasga o'xshayapti.

Albatta, markaziy uchrashuv G'uzorda kechadi. 1/8 finalning javob o'yinida "Nasaf" "Paxtakor"ga qarshi bahs olib boradi. Yaxshi bilasiz, Toshkentdagi o'yinda "Nasaf" 3:0 hisobida g'alabaga erishgandi. Javob bahsida "Paxtakor"ga qiyin bo'lishi turgan gap. Bu o'yindan so'ng ham Kubokka asosiy davogar jamoalardan biri musobaqa bilan xayrlashadi.

O'zbekiston Kubogi–2017
1/8 final javob o'yinlari

30 may, seshanba


18:00 - Metallurg (Bekobod) – Qo'qon-1912 (Qo'qon)
Hakamlar:
A. Risqullaev (Toshkent), S. Hakimov (Samarqand), SH. Kamarov (Samarqand), D. Jalimov (Toshkent vil.)
Nazoratchi: O. Dachev (Toshkent).

18:30 - Nasaf (Qarshi) – Paxtakor (Toshkent)
Hakamlar:
Z. Qodirov (Navoi), O. Jumaev (Navoi), R. Samandarov (Navoiy), K. Rasulov (Qarshi)
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).

19:00 - So'g'diyona (Jizzax) – Buxoro (Buxoro)
Hakamlar
: R. Bobomurodov (Navoiy), F. Yormuhamedov (Toshkent), B. Bahromov (Toshkent), B. Yo'lcharaev (Guliston)
Nazoratchi: SH. Djumaev (Qarshi).
 

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика