So’nggi yangiliklar

02:49А Серия. "Рома" ғалабага эришди ва тўртинчи ўринга кўтарилди  0 01:36Аморим Бруну ҳақида: "У даволанаётганда ҳам машғулотларга келади. Менинг ишимни олмоқчими ёки йўқми билмайман, лекин бу йигит – етакчи"  0 01:01Қайта ташкил этилган "Ғазалкент" ўзининг илк назорат учрашувини ўтказди  0 00:51"Манчестер Сити" кейинги 48 соат ичида трансфер борасида эълон қилиши мумкин  0 00:28Фабио Каннаваро Акмал Мозговой ва Отабек Шукуров ўйинини стадиондан томоша қилди  3 23:53Роналдо машғулотлар ҳақида: "Мени 15 километрлаб югуришга мажбур қилишарди, аммо бу менга керак эмас эди"  3 23:28Араухо "Барселона" машғулотларига қайтди. Ҳимоячи психологик муаммолар сабаб танаффус олганди  0 22:54БАА. Отабек Шукуров голли пас берди, Мозговой захирадан ўйинга қўшилди, уларнинг жамоаси ғалабага эришди  0 22:31"Нефтчи" Championat.asia да чиққан хабарга муносабат билдирди   11 21:43Аморим МЮ схемаси ўзгариши ҳақида: "Қарор ОАВ босими туфайли қабул қилинмади. Агар футболчилар тизимни матбуот сабаб ўзгартирдим деб ҳисоблашса, бу мураббий учун якун демакдир"  0 21:08"Фенербахче" Нкункуни сотиб олиши мумкин  1 20:23Сунатилло Абдуллажонов - "Сурхон" футболчиси  0 19:55"Бунёдкор" стадионида йил якунига бағишланган маданий-маърифий тадбир бўлиб ўтди  3 19:29Ринкон: "Винисиус билан "Реал" ўз йўлидан адашди"  3 19:17Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  22

Bugun nima bo'ladi? Yangiliklar

Bugun nima bo'ladi?

Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi Qatarga qarshi navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.

Yashi bilasiz, 13 okyatbr kuni KXDR bilan kechgan bellashuvda 2:0 hisobida zafar quchdik. Bugun ham futbolchilarimizdan faqat g'alaba kutib qolamiz. Ammo hozir so'z boradigan mavzu bu haqda emas. Bugun boshqa bir yangilik bo'lishi kutilmoqda.

Gap shundaki, bugun 15:00da PFL yig'ilish o'tkazadi. Yig'ilishdan maqsad, bu yilgi Surperliga bahslarini muhokama qilish, kelasi yil bo'lib o'tadigan milliy chempionat formati haqida fikr yuritish hamda reglamentga qanday o'zgartirish kiritish borasida o'rtoqlashish. Xullas, bugun PFL majlisida jiddiy masalalar ko'tarilishi kutilmoqda.

Eshitishimizcha, keyingi yil chempionat boshqacha formatda o'tkazilar ekan. Hatto jamoalar soni 14taga etkaziladi degan mish-mish ham yo'q emas. Lekin bu qanchalik haqiqatga yaqin, vaqt o'tib bilib olamiz. Ammo o'zbek futbolining hozirgi holatida 12ta jamoa ishtirokidagi Superligani eng maqbuli deb o'ylaymiz.

Jamoalar sonini ko'paytirgan bilan raqobat ortib qolmaydi. O'zi shundoq ham Superligada futbolchilar o'rtasidagi raqobat kuchli emas. Qancha kam jamoa qatnashsa, raqobat shuncha ortadi. Faqat bu yil ko'rdikki, birinchi bosqichdan keyin jamoalarni 6tadan ikki guruhga bo'lish o'zini oqlamas ekan.

To'g'ri, chempionlikka kurashuvchi jamoalarning faqat kuchlilar bilan o'yinda yutib chempion bo'lgani yaxshi, biroq yuqori oltilikka kirib olgach bazi klublarda etibor susayib qolishi hech gap emas. Masalan, "Buxoro" oltitalikka kirib oldi va hamma o'yinlarni yutqazgan taqdirda ham 7-o'ringa tushib ketmaydi. SHunday bo'lgach, chempionat mantig'i qaerda qoladi?

Bundan tashqari, "oltin ochkolar" qoidasi ham bizga to'g'ri kelmaydi. Avval ham yozgandik, har bir jamoa qo'lga kiritgan ochko yil bo'yi hisoblab borilishi kerak. Lekin "oltin ochkolar" sabab tengsizlik yuzaga keldi. Bundan tashqari, yakuniy jadvalda o'yinlar ko'p, ochkolar kam bo'lib qoladi.

SHu bois mening fikrimcha, keyingi yil ham Superliga 12ta jamoa bilan davom etgani maqul, faqat bu o'rinda eng maqul yo'l birinchi bosqichdan keyin jamoalar ikkita guruhga bo'linmaydi, balki 3-davra o'tkaziladi. 1 va 2-davralar bu yilgi tartibda o'tadi, so'ngra 3-davraga qura tashlanadi. 3-davrada jamoalar bir-birlari bilan bittadan o'yin o'tkazishadi va quraga ko'ra kimdir uyda 5ta, safarda 6ta, kimdir esa uyda 6ta, safarda 5ta o'yin o'tkazadi. Bu endi quraga bog'liq. SHuning barobarida "oltin ochkolar" bekor qilinib, barcha ochkolar qo'shilib boradi. Bir yilda jami 33ta tur bo'ladi.

Fikrimcha, eng yaxshi variant shu. CHunki milliy chempionat bo'lganidan keyin chempionlikka erishadigan jamoa o'z vazifasini nafaqat kuchlilar, balki kuchsizlar bilan ham hal qilishi kerak. Ko'ramiz, bugungi yig'ilishda yana nima gaplar bo'lar ekan...

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика