So’nggi yangiliklar

02:15ПСЖ ўйинда ва пенальтилар сериясида камбэк амалга ошириб, УЕФА Суперкубогини қўлга киритди!  22 00:55Рэшфорд "Барса" ҳақида: "Англиядан фарқли ўлароқ, бу ерда ҳамма нарса шиддатли"  3 00:36Февзи Давлетов: "Гол ўтказиб юборганимизда жаҳлим чиқди"  2 00:20Иньиго "Ал Насср"га ўтиши ҳақида: "Бундай таклифни кўрганда ишона олмадим"  2 00:02Илёс Зейтуллаев: "Мағлубиятдан тўғри хулоса чиқаришимиз керак"  2 23:39Ҳаким Фузайлов: "Баҳс давомида яққол устунлик қила олмадик"  0 23:35Виктор Карпенко: "Руҳан тикланиб олсак, юқорига кўтариламиз"  5 23:01ЕКЛ саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Викинг"дан икки ўйин натижасига кўра устун келди ва кейинги босқичга йўл олди. Шомуродовдан ассист!  23 22:46"Қайрат"га бир қадам қолди. ЕЧЛ саралашининг сўнгги босқичи қандай кўриниш олди?  15 22:38Артём Петросян: "Олимпик"да салоҳият юқори. Ўйинлар қанча кўп бўлса, шунча яхши"  1 22:28Мирко Йеличич: "Юрагимнинг ярми "Олимпик"да, ярми "Локомотив"да бўлди"  1 21:52Тезкор: "Галатасарой" Эдерсон билан келишувга эришди  2 21:50Турдимуродов ўйин қаҳрамонига айланган учрашувда "Бунёдкор" Термизда мағлуб бўлди  24 21:34"Реал" эртага 45 млнга сотиб олган ўйинчисини таништиради  3 21:10"Ман Сити" Доннаруммани сотиб олишдан кўра Эдерсонни сақлаб қолишни афзал кўрмоқда  3

Bugun "Navbahor" - "Lokomotiv". PREVYU Yangiliklar

Bugun "Navbahor" - "Lokomotiv". PREVYU

Teglar :  NavbahorLokomotiv
Bugun "Navbahor" va "Lokomotiv" jamoalari Oliy liga birinchi turida o'zaro kuch sinashishadi.

O'zbekiston chempionatlari tarixida ushbu jamoalar 24 bor bir-birlariga qarshi maydonga tushishgan. O'zaro o'yinlarda jamoamiz 7 bor g'alaba qozongan. Raqibning hisobidagi yutuqlari soni 13 tani tashkil etmoqda. To'rtta o'yinda esa tomonlar murosa ko'chasini tanlashgan. To'plar nisbatidagi ko'rsatkich esa 43:34, "Lokomotiv" foydasiga. "Lochinlar" o'z maydonida "temiryo'lchilar"ni so'nggi bor 2010- yilda taslim etishgan. 6 yil avval Alisher Mahmudov va Abdumalik Abdullaevning gollari jamoamizga uch ochkoni taqdim etgan. 2012- yilga qadar toshkentliklar "Navbahor" maydonidan g'alabasiz qaytishganini takidlash lozim. "Lokomotiv" Namanganda o'tkazilgan 12 o'yindan jami to'rt bor muvaffaqiyat qozongan (2012, 2014, 2015 va 2016 yil).

"Navbahor"ning "Lokomotiv" ustidan erishgan eng yirik g'alabasi 6:2 hisobini tashkil etgan (2007 yil) bo'lsa, "temiryo'lchilar"ning jamoamiz darvozasiga urgan eng ko'p goli beshtani tashkil qiladi. O'tgan mavsumning 16- turida "Lokomotiv" o'z maydonida jamoamiz ustidan 5:0 hisobida g'alaba qozongan. Artur Gevorkyan, Server Jeparov, Timurxuja Abduxolikov (2 ta) va Marat Bikmaevning gollari poytaxtliklarga uch ochkoni taqdim qilgan.

2004 yil
"Navbahor" - "Lokomotiv" - 0:0

2005 yil
"Navbahor" - "Lokomotiv" - 3:0 (1:0).
Gollar
: D.Xojiev (17), I.Inomov (68), X.Mahmudov (75).

2006 yil
"Navbahor" - "Lokomotiv" - 3:0 (2:0).
Gollar:
D.Jabborov (30), M.Fozilov (33), A.Mirzoev (78).

2007 yil
"Navbahor" - "Lokomotiv" - 6:2 (2:1).
Gollar:
V.Baranov (27), A.Sultonov (41), M.Umrzoqov (55,69), G'.Jo'raev (79), K.Boev (80) - I.Mo'minjonov (17), A.Haydarov (73-pen.).

2008 yil
"Navbahor" - "Lokomotiv" - 3:1 (3:0).
Gollar:
D.Jabborov (6), K.Abramov (17), SH.Mirxoldirshoev (45+1) - M.Idiatulin (66).

2009 yil
"Navbahor" - "Lokomotiv" - 2:0 (0:0).
Gollar:
D.Jabborov (60), R.Berdimurodov (69).

2010 yil
"Navbahor" - "Lokomotiv" - 2:0 (0:0).
Gollar:
A.Mahmudov (80), A.Abdullaev (84).

2012 yil
"Navbahor" - "Lokomotiv" - 0:2 (0:0).
Gollar:
D.Rahmatullaev (39), B.Mustafo (83).

2013 yil
"Navbahor" - "Lokomotiv" - 1:1 (1:0).
Gollar:
S.Hamidov (29) – A.Xolmatov (83).

2014 yil
Navbahor – Lokomotiv – 0:1 (0:1).
Gol
: I. Nagaev (45+1).

2015 yil
Navbahor – Lokomotiv – 2:3 (0:1).
Gollar
: O. Valijonov (52) S. SHixov (68) - T. Abduxoliqov (44), L. To'raev (90+1), M. Mamazulumov (90+2).

2016 yil
Navbahor – Lokomotiv – 2:3 (1:0).
Gollar:
O. Pishur (24, pen.) M. Mamazulumov (88) - S. Mirzaev (50), S. Mirzaev (56), S. SHoahmedov (68).
 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика