So’nggi yangiliklar

23:50АҚШдаги қонун Месси ва Альбага келганда ишламади  0 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 23:00Бельгия. "Антверпен" - "Сент-Жиллуаз". Ҳамюртимиз захирада  1 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  1 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  1 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  1 19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  12 19:23ПФЛ ОФКга мурожаат қилиб, халқаро талаблар ҳимоя қилинишини сўради   5 19:05"Юве" "Челси"нинг 68 млн евролик таклифини рад этди – Йилдиз сотилмайди  2 18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  3

Bugun “Nasaf” – “So'g'diyona” uchrashuvi bo'ladi Yangiliklar

Bugun “Nasaf” – “So'g'diyona” uchrashuvi bo'ladi

Teglar :  So'g'diyonaNasaf
Bugun mamlakatimiz futbol maydonlarida oliy liga 4-tur uchrashuvlariga start beriladi.

“Nasaf” bugun “So'g'diyona” jamoasi bilan bahs yuritadi. Bir vaqtlar futbolchi sifatida “Nasaf” jamoasi sharafini himoya qilgan, ikki sobiq jamoadosh bugun o'z shogirdlarini murabbiy sifatida maydonga boshlab tushishadi.

“Nasaf” – “So'g'diyona jamoalari o'rtasidagi uchrashuv G'uzor shahridagi “G'uzor” markaziy stadionida soat 17:00da boshlanadi.

Bu ikki jamoa o'rtasidagi uchrashuvlar doimo qiziqarli va kurashlarga boy tarzda o'tgan. Bunga sabab, har ikkala jamoa bir-birlarining maydonda qanday harakat qilishlarini juda yaxshi bilishadi.

Mazkur jamoalar bugun o'zaro 33-uchrashuvda kuch sinashishadi. “Nasaf” esa oliy ligadagi 591-uchrashuvini o'tkazadi. Qarshida bo'lib o'tgan o'zaro uchrashuvlar tarixiga nazar tashlasak, “So'g'diyona” jamoasi Qarshidan so'nggi bor 2004 yili g'alaba bilan qaytgan. Bu uchrashuv 2:3 hisobida jizzaxliklar foydasiga hal bo'lgan. Qarshida qayd etilgan ilk va yagona durang 0:0 natija esa 1998 yili bo'lgan.

Bugungi uchrashuvni navoiylik hakam Rustam Bobomurodov boshqaradi. Rustam Bobomurodov o'tgan yilgi chempionatda “Nasaf” ishtirokidagi uchta o'yinni boshqargan. Bu uchrashuvlarning barchasida jamoamiz g'alaba qozongan.

 

O'zPFL 4-tur. 30.03.2017

“Nasaf” (Qarshi) - “So'g'diyona” (Jizzax)  

G'uzor sh., “G'uzor” markaziy stadioni. 17:00da   

 

Bosh hakam: Rustam Bobomurodov (Navoiy)

Qanot hakamlari: Aleksandr Burov (Toshkent), Server Eremeev (Toshkent)

Zaxira hakami: Elyor tursunov (Buxoro)

Nazoratchi: Arlan Xotamov (Toshkent)

O'zPFL vakili: Nail Lutfullin

 

Barcha “Nasaf” futbol klubining muxlislarini G'uzorga taklif etib qolamiz. Darvoqe, jamoamizning bugungi uy uchrashuvi so'nggi marta G'uzorda bo'ladi. Keyingi uchrashuvlar Qarshida o'tadi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика