So’nggi yangiliklar

10:48"Астон Вилла"нинг муҳим футболчилари "Арсенал"га қарши ўйнамайди  1 10:20"Тоттенхем"га Германия МТЖ аъзоси керак  0 09:51"Вулверхэмптон" АПЛнинг антирекордини ўрнатди  0 09:23Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"  1 08:50"Машъал"да нима гаплар? Жамоани бир қатор футболчилар тарк этган  5 08:14Арне Слот: "Виртц "Ливерпуль" учун ҳали кўплаб голлар уради"  1 07:33Эрон ОАВ Сергеевнинг "Сепахон"даги ойлигини маълум қилди  11 03:30U-23 Осиё чемпионати-2020. Стадионни пайҳон қилган атлетлар, кулгига қолган ТВ, туғилган кунида Ўзбекистонга иккита гол урган футболчи, Сон Хён Минга сув ташиттирган мураббий ҳамда кубокни ирғитган Шаҳбоз Беғамов ҳақида ҳикоя қиламиз  5 02:40А Серия. "Ювентус" аутсайдер майдонида ишончли ғалаба қайд этди  0 01:17"Астон Вилла" клуб рекордини такрорлади  5 00:54"Аркадаг" кетма-кет учинчи марта Туркманистон Кубогини қўлга киритди  19 00:34Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод" ғалаба қозониб, 6-ўринга кўтарилди  0 00:23Нималар қиляпсан, "Астон Вилла"?! Эмери жамоаси "Челси" майдонида ҳам ғалабага эришди  28 23:59Витинья Гвардиола билан ишлашга қарши эмас  1 23:35FUTSAL AWARDS-2025: Йилнинг энг яхшиларини тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  1

Bugun: “Nasaf” - “SHo'rtan” uchrashuvi Yangiliklar

Bugun: “Nasaf” - “SHo'rtan” uchrashuvi

Teglar :  NasafSHo'rtan
Bugun Qashqadaryo viloyatining ikki jamoasi o'zaro kuch sinashadi.

Voha derbisi - “Nasaf” – “SHo'rtan” uchrashuvi “Markaziy” stadionda soat 17:00da boshlanadi. “Ajdarlar” bugun oliy ligadagi 616-uchrashuvini o'tkazadi.

UCHRASHUV PREVYUSI

09.11.2017. “Markaziy” stadion. 17:00da
Bosh hakam:
Axmadjon Ergashev (Toshkent)
Qanot hakamlari: Aleksandr Sidorov (Toshkent), Sultonmurod Ulfatov (Toshk.vil.)
Zaxira hakami: Baxtiyor Yulcharaev (Guliston)
Nazoratchi: SHamil Jumaev  (SHaxrisabz)
O'zPFL vakili: Mamur Saidqosimov.

Axmadjon Ergashev bu yilgi chempionatda ilk marta jamoamiz ishtirokidagi uchrashuvni boshqaradi

Bugun mazkur jamoalar o'zaro navbatdagi 24-uchrashuvda maydonga tushishadi. O'tkazilgan 23 bahsning 17tasida “ajdarlar” g'alaba qozonishgan, “SHo'rtan” esa 5 uchrashuvda g'alabaga erishgan. Atigi bir uchrashuvda murosa ko'chasi tanlangan. Bu durang (0:0) 2010 yili Qarshida 8523 tomoshabin ko'z oldida kechgan.

To'plar nisbati 52-24 ko'rinishida, jamoamiz ustunligini ko'rsatmoqda.

“Nasaf – “SHo'rtan” jamoalari shu paytgacha Qarshida o'zaro 11 marta tuqnash kelishgan. Bu uchrashuvlarning 10tasida “ajdarlar” g'alaba qozonishgan, 1 uchrashuvda golsiz durang bo'lgan. “SHo'rtan” jamoasi, “Nasaf” ustidan Qarshida g'alabaga erisha olmagan.

Qarshidagi o'zaro uchrashuvlarda darvozalarga 34 marta gol kiritilgan. Gollar nisbati bo'yicha ham yaqqol ustunlik “Nasaf” tomonida – 26:8.

Bugun Qashqadaryolik futbol ishqibozlari yana bir qiziqarli uchrashuv guvohi bo'lishadi. Zero, bu ikki jamoa ishtirokidagi uchrashuvlar doimo shunday bo'lgan.

SHunday ekan, “Markaziy” stadionga tashrif buyuring va yaxshi dam oling!

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика