Bugun "Manchester Yunayted" - "Barselona" uchrashuvi bo'lib o'tadi
02 sen 2017 18:14
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/275660_original.jpg)
![](/upload/storage/275660_220.jpg)
Bugun "Manchester Yunayted" - "Barselona" uchrashuvi bo'lib o'tadi
Bugun "Manchester Yunayted"ning uy stadioni "Old Trafford" muxlislarga to'lishi kutilmoqda.
Ushbu arenada "Manchester Yunayted" va "Barselona" afsonalari kurash olib borishadi va ushbu bahs terroristik hujumlardan jabr ko'rganlarga bag'ishlanadi. Formalarga futbolchilarning ismi emas, hujum uyushtirilgan shaharlar nomi yoziladi.
"Manchester Yunayted" afsonalari: Van der Sar, Braun, Dublin, Jonsen, Silvestr, Park Ji Sun, Poborski, Blomkvist, Saxa, van Nistelrooy, York.
"Barselona" afsonalari: Angoy, Beletti, Edmilson, Dexu, Abidal, Davids, Sergi, Mendieta, Simao, Klyuyvert, Goyko.
Ushbu jamoalar o'rtasidagi bahs bugun 18:30da boshlanadi.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar