So’nggi yangiliklar

09:23"Навбаҳор" футболчиси ОКМКни танлади  0 08:56"Хоразм" футболчисига Суперлиганинг 4 клубидан қизиқиш бор  0 08:30"Андижон" дарвозабони Қирғиз Республикасида "Йил футболчиси" бўлди  1 08:02Забиҳилло Ўринбоевнинг "Навбаҳор"даги тақдири маълум  1 07:36"Пахтакор" футболчиси ОКМКга ўтмоқда   1 02:27Бундеслига. "Боруссия Д" ўз майдонида "Боруссия М"ни мағлуб этди  0 02:10Италия Суперкубоги. "Болонья" ярим финалда "Интер"ни мағлуб қилди ва финалга йўл олди!  8 01:39Мактомини МЮдан кетганларнинг муваффақиятга эришаётгани ҳақида нималар деди?  1 00:46Артета Гекерешга баҳо берди  1 00:20"Ланс" Абдуқодир Ҳусанов бўйича "Манчестер Сити"га мурожаат қилган  7 23:53Гвардиола "Манчестер Сити"дан кетиши эҳтимоли ҳақида: "Мен умрбод бу ерда қола олмайман"  4 23:12Флик ҳозирча "Барселона" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  1 22:55Аморим Фергюсоннинг гаплари ҳақида фикр билдирди  4 22:31"Қизилқум" 22 ёшли футболчиси билан шартномани узайтирди  0 22:11Марсело "Барселона"дан "Реал"га кимни олган бўларди?  5

Bugun Latviyada O'zbekiston klubi o'ynaydi Yangiliklar

Bugun Latviyada O'zbekiston klubi o'ynaydi

Teglar :  LatviyaInter Sport
Toshkentning "Inter Sport" futbol klubi o'quv-yig'in mashg'ulotlari o'tkazish maqsadida Latviyaga yo'l olgani haqida xabar bergandik.

22 sentyabrdan 23 sentyabrga o'tar kechasi Toshkentdan yo'lga chiqqan jamoa azolari kecha manzilga etib kelishdi. "Inter Sport" delegaciyasi Latviya poytaxti Rigadan 65 km. uzoqlikdagi Tukums shahrida istiqomat qilmoqda. "Stelles" mehmonxonasiga joylashgan futbolchilar bugun xorij yig'inidan o'rin olgan ilk mashg'ulotni o'tkazishdi.

Tukumsda aholi soni unchalik ko'p emas. SHahar tinch va ozoda. Ko'chada odamlarni deyarli kam ko'rasiz. Havo esa ajoyib. Biroz sovuq tushganini hisobga olmaganda ayni yig'in va nazorat bahslari o'tkazsa bo'ladigan ob-havo. Tukums Latviyaning kurort shaharlaridan biri Yurmalaga nihoyatda yaqin.

Jamoa azolari bugun kunduzi shaharning shu nom bilan ataluvchi futbol klubiga qarashli maydonda mashg'ulot olib bordi. Malumot uchun, Tukumsning "Tukums 2000" futbol klubi hozirda birinchi ligada ishtirok etmoqda va 18 o'yindan so'ng 48 ochko to'plagan holda musobaqa jadvalida peshqadamlik qilyapti. Bugun "Inter Sport" vakillari mana shu jamoaga qarshi dastlabki o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishadi. O'yin mahalliy vaqt bilan 20:00 (Toshkent vaqti bilan 22:00)da boshlanadi.

"Tukums 2000" jamoasi bosh murabbiyi Andrey Karlovich Lapsa Toshkentdan kelgan mehmonlarga maishiy va boshqa xizmatlar borasida qo'ldan kelgancha yordam beryapti. Bir so'z bilan aytganda, hech qanday muammo yo'q. Aytish mumkinki, Latviyada klublar kelib yig'in o'tkazsa bo'ladigan joylar ko'p ekan. Qolaversa, o'rtoqlik uchrashuvlari uchun sparring raqib topish ham unchalik muammo emas.

Keyingi yildan Toshkent shahar ikkinchi ligasida ishtirok etishni maqsad qilayotgan "Inter Sport" Latviyaga 21 nafar futbolchi bilan yo'l olgani haqida saytimiz orqali xabar bergandik. Quyida Dilshod Ibrohimov boshqaruvidagi futbolchilar ro'yxatini yana bir bor eslatib o'tamiz.

Darvozabonlar: Ubaydulla Inoyatillaev (08.10.1996), Akrom Xo'jaev (10.01.1998), Sardor Tohirov (19.05.1997).

Himoyachilar: Behzod Abdullaev (10.05.1998), Saydullo Toshpo'latov (17.09.1998), Suhrob Nashvanqulov (10.05.2001), Javlonbek Nematov (24.08.1998), Abdurahim Hamzaev (06.04.1996), Amirxon Ibrohimov (14.01.1996), Ikrom Ko'chimov (05.11.1998), Muhammad Mahmudov (04.01.1999), Zahriddin Abduvaliev (31.12.1998).  

Yarim himoyachilar: Asadbek Ro'zimatov (12.01.2001), Eldor Kabirov (10.02.2000), G'iyosiddin Sobirov (09.08.2000), Sardor Fozilov (25.06.2000), Sarvar Abdullaev (21.04.1996), Xayrullo Jakbarov (06.01.1994).  

Hujumchilar: Bekzod Ro'zmatov (01.06.1995), Azizbek Ro'ziqulov (17.04.2000), Husan Rasulov (27.03.1998).

X.Xoliqov, Latviyaning Tukums shahridan.



Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика