So’nggi yangiliklar

01:56АПЛ. "Челси" дербида "Вест Хэм"ни аямади  5 01:39Франция. ПСЖ яна кичик ҳисобда ғалабага эришди  0 01:29Бундеслига старт олди: мавсумнинг илк ўйинида "Бавария" "Лейпциг"ни янчиб ташлади, Кейндан хет-трик!  5 00:49Бошланғич таркибдаги Палмер нима сабабдан дербида қатнашмаяпти?  0 00:30ЖЧ-2026га қуръа қачон ва қаерда ташланиши маълум!  2 00:10Суперлига. "Андижон" – "Пахтакор" 2:6  0 00:02Акмал Рустамов: "Юзага келган вазиятлардан фойдаланганимизда 3-4та тўп фарқи билан ютишимиз мумкин эди"  2 23:46Илёс Зейтуллаев: "Бунёдкор" ПФЛ тақдим этаётган тақвимни ҳурмат қилади"  0 23:28Байиндирнинг хатосидан кейин МЮнинг режалари ўзгарди  4 22:59Абдурауф Бўриев: "Мураббийлар берган тактикани яхши бажардик"  4 22:30Ҳожимат Эркинов: "Андижонлик мухлисларга раҳмат, яхши атмосфера яратиб беришди"  6 22:08Максим Шацких: "Жамоамизда "Андижон" даражасига мос бўлмаган футболчилар бор"  53 21:58Суперлига. Қизил карточка кўрсатилган ва гол инобатга олинмаган ўйинда "Қизилқум" ва "Бунёдкор" муросага келди  23 21:47Камолиддин Тожиев: "Майдонда ўн киши қолиб ҳам ўзимизни кўрсата олдик"  11 21:03Суперлига. "Бобур Арена"да дарвозаларга 8 та гол урилган оқшомда "Пахтакор" "Андижон" устидан ғалаба қозонди  255

Bugun LaLiga start oladi! Yangiliklar

Bugun LaLiga start oladi!

Bugun Ispaniya chempionatining yangi mavsumiga start beriladi.

Ushbu mavsumda LaLiganing 86-sovrini o'ynaladi. Yangi mavsum bugun (2016 yil, 19 avgust) start olib, 2017 yilning 21 mayida yakuniga etadi. Ispaniya oliy ligasining amaldagi chempioni "Barselona" hisoblanadi.


LaLiga ishtirokchilari va ularning stadionlari

JamoaStadionSig'imi
AlavesMendisorossa
19,840
AtletikSan Mame53,289
AtletikoVisente Kalderon54,907
BarselonaKamp Nou99,354
SeltaBalaydos29,000
DeportivoRiazor34,600
EybarIpurua6,285
EspanolRSDE stadioni40,500
GranadaNuevo Los Karmenes22,369
Las-PalmasGran Kanariya33,111
LeganesButarke8,138
MalagaLa Rosaleda30,044
OsasunaEl-Sadar18,761
BetisBenito Vilyamarin51,700
RealSantyago Bernabeu81,044
Real SosedadAnoeta32,000
SevilyaRamon Sanches Pisxuan42,714
Sporting (Xixon)El-Molinon30,000
ValensiyaMestalya55,000
VilyarrealEl-Madrigal24,890

QIZIQ FAKTLAR


  • - "Real" Ispaniya chempionatida g'olib bo'lish bo'yicha birinchi o'rinni egallab turibdi. Madridliklar hisobida 32 ta chempionlik bor. Keyingi o'rinlarda "Barselona" (24), "Atletiko" (10) va "Atletik" (8) egallab turibdi
  • - Ispaniya chempionatida eng ko'p ochko to'plagan jamoa ham "Qirollik klubi" hisoblanadi. Ular 85 ta mavsumda o'tkazilgan 2724 uchrashuvda 4293 okcho jamg'arishgan. Keyingi o'rinlar "Barselona" (2724 o'yin, 4169 ochko) va "Atletiko"ga (2576 o'yin, 3364 ochko) tegishli.
  • - Ispaniya futboli tarixida uch jamoa oliy ligani hech qachon tark etmagan. Bular: "Real", "Barselona" va "Atletik". Ushbu klublar 85 ta mavsumda 2724 tadan uchrashuv o'tkazishgan.
  • - LaLiga o'yinlarida eng ko'p gol urgan futbolchi "Barselona" hujumchisi Lionel Messi hisoblanadi. U 348 ta bahsda 312 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan. Keyingi o'rinlarniKrishtianu Ronaldu (236 ta o'yin, 260 ta gol) va Telmo Sarra (1940-1955, 278 ta o'yin, 251 ta gol) egallab turibdi.
  • - Ispaniya chempionatlari o'yinida eng ko'p maydonga tushgan futbolchi Andoni Subisarreta hisoblanadi U milliy chempionatning 622 ta uchrashuvida maydonga tushgan.


LaLiga jamoalari murabbiylari



1-tur o'yinlari

19 avgust. "Malaga" - "Osasuna" 23:45

19dan 20 avgustga o'tar kechasi. "Deportivo" - "Eybar" 01:00

20 avgust. "Barselona" - "Betis" 21:15

20 avgust. "Granada" - "Vilyarreal" 23:15

20dan 21 avgustga o'tar kechasi. "Sevilya" - "Espanol" 01:15

21 avgust. "Sporting" - "Atletik" 21:15

21 avgust. "Real Sosedad" - "Real" 23:15

21dan 22 avgustga o'tar kechasi. "Atletiko" - "Deportivo" 01:15

22 avgust. "Selta" - "Leganes" 23:00

22dan 23 avgustga o'tar kechasi. "Valensiya" - "Las-Palmas" 01:00


Hamkorimiz "Aleziya.com" sayti Ispaniya chempionati o'yinlari translyaciyasi qilish huquqini sotib olgan. Siz ushbu saytdan ro'yxatdan o'tib "Setanta Sports" hamda "SetantaSports+" kanallari orqali LaLiga o'yinlarini TAS-IX hududida tomosha qilishingiz mumkin. Kunlik abonent to'lovi 6 cent (0.06 $).

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика