So’nggi yangiliklar

10:30Германия МТЖ ҳужумчиси фаолиятини “Бавария“да давом эттиришига яқин  0 10:06“Реал“ етакчиси операциядан сўнг муддат футбол ўйнамаслиги маълум  13 09:40Тео Эрнандес “Ал Ҳилол“да қанча даромад қилиши маълум  1 09:18“Арсенал“ “Тоттенхэм“ қизиқаётган футболчини “илиб кетмоқчи“  0 08:52Янги келишувга кўра Роналдунинг “Ал Насср“даги маоши маълум  16 08:27Шомуродов келажаги борасида бир қарорга келди  13 08:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал" ва "Ал Ҳилол" кейинги босқичга йўл олди  8 07:30Суперлига. Қаршида турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  9 01:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Ювентус"ни "янчиб ташлади"  37 01:24"Арсенал" Родригога альтернатив топиб қўйди  0 00:35Суперлига. "Андижон"дан сафарда камбэк!  1 00:27"Ливерпуль" футболчиси учун уч топ-клуб курашади  4 23:43Тер Штеген Франция сари йўл олиши мумкин  2 23:21Ҳаким Фузайлов: "Бешта гол урадиган ўйинимизда учта гол ўтказдик"  5 22:59Максим Шацких: "Бундай голлар ўтказмаслик керак"  9

Bugun Kuala-Lumpurda Malayziya – O'zbekiston o'yini Yangiliklar

Bugun Kuala-Lumpurda Malayziya – O'zbekiston o'yini

Bugun Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida futzal bo'yicha ayollar terma jamoalari o'rtasidagi ilk Osiyo chempionati boshlanadi.

Qita chempionatida Osiyoning 8ta davlati terma jamoalari ikki guruhga bo'lingan holda bahslarga kirishishadi. Biz uchun ahamiyatlisi, O'zbekiston ayollar terma jamoasi ham ushbu tarixiy qita chempionatida ishtirok etadi.

Futzalchilarimiz “A” guruhdan joy olishgan bo'lib, Avaz Maqsumov shogirdlari Eron, Malayziya va Gonkong terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi. Bugun terma jamoamiz guruhdagi ilk uchrashuvni mezbonlarga qarshi o'tkazadi. Aynan shu bahs Osiyo chempionatining ochilish o'yini sifatida qayd etiladi. Malayziya – O'zbekiston uchrashuvi bizning vaqt bilan soat 13:30da boshlanadi.

Ertaga Eron, 23 sentyabr kuni Gonkong terma jamoasiga qarshi o'yinlar belgilangan. Har bir guruhdan ikkitadan jamoa yarim finalga yo'l oladi. Eslatib o'tamiz, terma jamoa futzalchilarining aksariyatini “Sevinch” klubi futbolchi qizlari tashkil qiladi. SHuningdek, Toshentning “Bunyodkor”, poytaxt viloyatining “Metallurg” klublaridan ham futzalchilar taklif etilgan.

Malumot sifatida aytish mumkin, terma jamoamiz safar oldidan Qarshi hamda Toshkent shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inini tashkil etdi. Osiyo chempionati g'olib va sovrindorlari 26 sentyabr kuni malum bo'ladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика