Bugun katta matbuot-anjumani o'tkaziladi va hammasi hal bo'ladi

Aslanov Jasurbek
12 iyun 2018, 11:52
Fransiyalik forvard Antuan Grizmanning kelasi mavsum "Atletiko" sharafini himoya qilishi so'roq ostida.

Avvalroq, "Barselona" va Grizmann shartnoma borasida kelishib olgani, Kataloniya klubi fransiyalikning shartnomasidagi 100 mln. evrolik tovon pulini to'lashi e'lon qilingan edi. Biroq so'nggi xabarlarga ko'ra, "matraschilar" hujumchisi ko'k-anorranglilar safiga o'tish fikridan qaytgan va "Atletiko"ning katta maoshlik yangi bitimini qabul qilmoqchi.

Bugun hammasi hal bo'ladi. 12 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 18:30da Antuan Grizmann katta matbuot-anjumani o'tkazadi. Ushbu anjumanda Fransiya terma jamoasi forvardi kelajagi borasidagi yakuniy qarorni e'lon qiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Cadena COPE