Bugun Istanbulda daxshatli derbi bo'ladi
24 sen 2018 16:16
Yangiliklar
Bugun Istanbulda daxshatli derbi bo'ladi
O'tgan mavsum "Fenerbaxche" chempionatni "Galatasaroy"dan keyin, ikkinchi o'rinda tugatgandi. Ammo yangi mavsum "sariq-ko'klar" uchun omadsiz boshlandi. Beshta turda klub 3 marta yutqazishga ulgurishdi. ECHL pley-off bosqchida "Fener" ikki o'yin natijasiga ko'ra "Benfika"ga yutqazib qo'ydi. O'tgan haftada jamoa Evropa ligasi doirasida Zagrebga borib "Dinamo"dan 1:4 hisobida yutqazib qaytdi.
"Beshiktosh"ning ishlari esa yaxshi ketmoqda. Jamoa dastlabki besh turda 3ta g'alaba, 1ta durang va 1ta mag'lubiyat qayd etdi. SHenol Gyunesh shogirdlari peshqadamdan 3 ochko kam jamg'argan holda 5-o'rinda borishmoqda. O'tgan hafta "Beshiktosh" Evropa ligasi ilk turida o'z uyida Norvegiyaning "Sarpsborg" jamoasini 2:1 hisobida mag'lub etdi.
STATISTIKA
O'zaro o'yinlar 152ta
"Fenerbaxche" g'alabasi - 55ta
Durang - 45ta
"Beshiktosh" g'alabasi - 52ta
To'plar nisbati 172-175

"Fenerbaxche" - "Beshiktosh"
24 sentyabr. Istanbul. "SHukru Sarajoglu". 23:00 (Toshkent vaqti).
Bosh hakam - Firat Aydinus (Istanbul).
TAXMINIY TARKIBLAR:
"Fenerbaxche" - Tekin, O'zbayroqli, SHkrtel, Noyshtedter, Kyoyboshi, Jailson, Topal, Andre Ayyu, Benzia, CHaxechouche, Slimani
Yo'qotishlar: CHigerchi, Ali Kaldirim
Bosh murabbiy: Filipp Koku
"Beshiktosh" - Karius, Gyonyul, Vida, Pepe, Erkin, Ozyakup, Uysal, Kuarejma, Lyaich, Babel, Vagner Lav
Yo'qotishlar: Yuvakuran, Medel, Adriano
Bosh murabbiy: SHenol Gyunesh
|
Fenerbahce Andre Ayew - 71' |
Super Lig . 6-tur 25/09/2018, 00:00 1
:
1
Tugadi
|
Besiktas Ryan Babel - 40' |
Stadion: Sukru Saracoglu Stadi
Bosh hakam: Firat Aydinus
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar