Bugun Istanbulda daxshatli derbi bo'ladi

Narzulla Saydullayev
24 sen 2018, 16:16
Bugun Turkiya Superligasi 6-turidan o'rin olgan "Fenerbaxche" - "Beshiktosh" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

O'tgan mavsum "Fenerbaxche" chempionatni "Galatasaroy"dan keyin, ikkinchi o'rinda tugatgandi. Ammo yangi mavsum "sariq-ko'klar" uchun omadsiz boshlandi. Beshta turda klub 3 marta yutqazishga ulgurishdi. YCHL pley-off bosqchida "Fener" ikki o'yin natijasiga ko'ra "Benfika"ga yutqazib qo'ydi. O'tgan haftada jamoa Yevropa ligasi doirasida Zagrebga borib "Dinamo"dan 1:4 hisobida yutqazib qaytdi.

"Beshiktosh"ning ishlari esa yaxshi ketmoqda. Jamoa dastlabki besh turda 3ta g'alaba, 1ta durang va 1ta mag'lubiyat qayd etdi.  Shenol Gyunesh shogirdlari peshqadamdan 3 ochko kam jamg'argan holda 5-o'rinda borishmoqda. O'tgan hafta "Beshiktosh" Yevropa ligasi ilk turida o'z uyida Norvegiyaning "Sarpsborg" jamoasini 2:1 hisobida mag'lub etdi.

STATISTIKA
O'zaro o'yinlar 152ta
"Fenerbaxche" g'alabasi - 55ta
Durang - 45ta
"Beshiktosh" g'alabasi - 52ta
To'plar nisbati 172-175


"Fenerbaxche" - "Beshiktosh"
24 sentyabr. Istanbul. "Shukru Sarajoglu". 23:00 (Toshkent vaqti).
Bosh hakam -
Firat Aydinus (Istanbul).

TAXMINIY TARKIBLAR:

"Fenerbaxche" - Tekin, O'zbayroqli, Shkrtel, Noyshtedter, Kyoyboshi, Jailson, Topal, Andre Ayyu, Benzia, Chaxechouche, Slimani
Yo'qotishlar: Chigerchi, Ali Kaldirim
Bosh murabbiy: Filipp Koku

"Beshiktosh" - Karius, Gyonyul, Vida, Pepe, Erkin, Ozyakup, Uysal, Kuarejma, Lyaich, Babel, Vagner Lav
Yo'qotishlar: Yuvakuran, Medel, Adriano
Bosh murabbiy
: Shenol Gyunesh

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia