Bugun Ispaniya va Italiya kubogi o'yinlari o'tkaziladi
15 jan 2015 22:01
Yangiliklar


Bugun Ispaniya va Italiya kubogi o'yinlari o'tkaziladi
Ispaniya kubogining nimchorak final javob o'yinlari doirasida "Real" hamda "Atletiko" jamoalari "Santyago Bernabeu"da o'zaro hisob-kitob qilib olishadi.
Bu jamoalarning "Visente Kalderon"da bo'lib o'tgan birinchi o'yinida Diego Simeone jamoasi Karlo Anchelotti shogirdlarini 2:0 hisobida mag'lub etishgan edi.
"Real" tunda bo'ladigan o'yinda vaziyatni o'nglashga va keyingi bosqichga yo'l olish uchun harakat qilib ko'radi.
Saytimiz orqali "Real" - "Atletiko" bahsidan matnli onlayn translyaciyasini amalga oshirishni rejalashtirmoqdamiz. O'yinni SHahboz Beg'amov onlayn tarzda sharhlab boradi.
SHuningdek, Ispaniya kubogi va Italiya kubogi doirasidagi "Elche" - "Barselona", "Yuventus" - "Verona" o'yinlari bugun tunda bo'lib o'tadi. Mazkur bellashuvlarni saytimiz orqali onlayn tarzida uchrashuv hisobi bilan tanishib borishingiz mumkin.

Fikrlar