So’nggi yangiliklar

00:58Трент АПЛга қайтиши мумкин  1 00:39Саудия Арабистони. "Ал Насср" Роналдусиз иккинчи ўйинда ҳам ғалабага эришди  8 00:11Пеп Гвардиола: "Ливерпуль" ўзгача жамоа бўлиб қолаверади"  2 23:47"Реал" вингери сафдан чиқди  7 23:24"Ал Насср" футболчиси "Зенит"га ўтмоқда  3 22:59Роналду "Ал Иттиҳод"га қарши ўйнашга тайёр бўлган  12 22:30Хамес Родригеснинг янги жамоаси эълон қилинди  2 22:09Расман: Абдуқодир Ҳусанов - "Манчестер Сити"да ой футболчиси!  23 21:40"Мундиалда фақатгина ютамиз, ҳеч нарса йўқотмаймиз" – Фабио Каннаваро билан катта интервью  6 21:01Тажрибали футболчи фаолиятини "Манчестер Юнайтед"да якунламоқчи  3 20:37Назорат ўйини. “Бунёдкор” Россия клубига мағлуб бўлди  2 20:09ОКМК Россия жамоаси устидан ғалаба қозонди  4 19:57Ўзбекистон футзал терма жамоаси мураббийлар штаби истеъфога чиқарилди  25 19:35"Металлург" голларга бой ўйинда "Локомотив" U-21'дан устун келди  2 19:23"Барселона" Левандовскига янги шартнома таклиф қилмоқчи  7

Bugun Ispaniya Superkubogining birinchi uchrashuvi bo'lib o'tadi Yangiliklar

Bugun Ispaniya Superkubogining birinchi uchrashuvi bo'lib o'tadi

Bugun "Sevilya" Ispaniya Superkubogi doirasida "Barselona"ni qabul qiladi.

Ushbu sovrin uchun uchrashuvlar 1982 yildan beri o'tkazib kelinmoqda. Ammo 1940-1953 yillar davomida Ispaniya ligasi chempioni hamda Kubok sohibi o'rtasida "Copa Eva Duarte" nomli turnir bo'lib o'tar edi.

"Barselona" Ispaniya Superkubogini eng ko'p qo'lga kiritgan jamoa hisoblanadi. Kataloniyaliklar 20 ta sovrinning 9 tasini qo'ldan chiqarishgan. Keyingi o'rinlarni "Real" (14 ta ishtirok, 9 ta g'alaba), "Deportivo" (3 ta ishtirok, 3 ta g'alaba), "Atletiko" (6 ta ishtirok, 4 ta g'alaba), "Atletik" (4 ta ishtirok, 2 ta g'alaba) va boshqalar egallab turibdi.

Ispaniya Superkubogi uchun bahs 2 ta uchrashuvdan iborat bo'ladi. Ushbu sovrin uchun kurash mamlakat chempioni hamda Ispaniya Kubogi sohibi o'rtasida o'ynaladi. Agar bir jamoa mamlakat chempioni hamda Kubogini qo'lga kiritgan bo'lsa, Ispaniya Kubogi finalchisi Superkubokda ishtirok etadi.

Ushbu sovrin uchun ilk bahs "Sevilya"ning uy arenasi "Ramon Sanches Pisxuan" stadionida bo'lib o'tadi. Javob uchrashuvini "Kamp Nou" qabul qiladi (17 avgust).

Birinchi o'yin

14dan 15 avgustga o'tar kechasi. 01:00. "Sevilya" - "Barselona" (Match!Futbol2 LIVE)


Ikkinchi o'yin

17dan 18 avgustga o'tar kechasi. 02:00 "Barselona" - "Sevilya" (Match!Futbol2 LIVE)

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика