So’nggi yangiliklar

15:59Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!  4 15:40Марокаш Африка Миллатлари Кубогида 1,2 млрд долларгача даромад олиши мумкин  0 15:13Гвардиола "Манчестер Сити"нинг ортиқча вазнли футболчиларини четлаштиради  0 14:45Элдор Шомуродов Туркия Суперлигасининг биринчи давра рамзий жамоасидан жой олди  2 14:22Ғалабасиз мавсум  12 13:54Аҳмедов "Навбаҳор"дан кетди: унинг янги жамоаси маълум  14 13:32"Манчестер Юнайтед" "Борнмут" ярим ҳимоячисини шорт-листга қўшди  1 13:03Рэшфорд кейинги режалари билан ўртоқлашди  0 12:34Расман: "Сўғдиёна" сербиялик дарвозабон трансферини эълон қилди  6 12:06Халқаро спорт тадқиқотлари маркази Ўзбекистон Суперлигасининг энг қиммат футболчилари рўйхатини эълон қилди  3 11:42Футзал бўйича Олий лига 7-тур учрашувлари қаерда ўтказилиши маълум  0 11:11U-23 Осиё чемпионати-2018. Тор-мор этилган грандлар, Японияга ёрдам беролмаган Хави Алонсо, самолётдаги раққосалар ҳамда "қор жанги"да қўлга киритилган тарихий чемпионликни ёдга оламиз  5 10:48Юнус Али: “Жуда қийин ўйин бўлди”  1 10:20Бензема сурат учун 10 миллион евро тўлади  10 09:52Sofascore. Ашурматов кечаги учрашувда неча баҳо олди?  0

Bugun futbol. "Surxon" - "Turon" Yangiliklar

Bugun futbol. "Surxon" - "Turon"

Bugun Superliganing 9-turidan o'rin olgan uchta uchrashuv bo'lib o'tadi.

Termizda "Surxon" Yaypanning "Turon" klubini qabul qiladi. Bugun surxondaryolik muxlislar turnir jadvalining quyi pog'onalarida borayotgan ikki jamoaning o'zaro bahsiga guvoh bo'lishadi. "Surxon" 8-tur yakunlariga ko'ra, 4 ochko bilan 13-pog'onada borayotgan bo'lsa, hali bitta ham g'alabaga erishmagan "Turon" uch ochko to'plagan holda oxirgi o'rinni egallab turibdi. 

Termizliklar shu paytgacha bir martadan g'alaba va durang qayd etib, 6 bor mag'lub bo'lishdi. To'plar nisbati 3-14. "Turon" hisobida esa uchta durang va 5ta mag'lubiyat bor. To'plar nisbati 4-12. 

"Surxon" o'zining yagona g'alabasini dastlabki turda "Metallurg" ustidan qo'lga kiritib, bunda maydon egalari 1:0 hisobida zafar quchishdi. SHundan so'ng bu jamoa bir marta durang o'ynab, qolgan o'yinlarda imkoniyatni boy berdi. Yana bir fakt shuki, "Surxon" qatorasiga besh o'yindan beri faqat mag'lubiyatga uchrayapti. 

"Turon" esa mavsumni ketma-ket ikki mag'lubiyat bilan boshlab, 3-turda "Loko" bilan durang qayd etdi. SHundan so'ng yana beshta bellashuvda maydonga tushgan yaypanliklar ikki durang va uch mag'lubiyat qayd etishdi. Oxirgi uchta bellashuvni o'z maydonida o'tkazgan "Turon" "Paxtakor" bilan 1:1 o'ynab, AGMK va "Qizilqum" bilan kechgan bahslarda bir xil 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi. 

Ko'rinib turibdiki, bugun Termizda "jang" bo'ladi, zero har ikki klubga ham g'alaba suv va havodek zarur. Va bu o'yinda kim favorit ekanligini yaqqol aytish mushkul.

Surxon

Nuriddin Hasanov - 68'

Superliga. 9-tur

19/05/2021, 17:30

0
:
1
Tugadi

Turon

45'
90'
68'  Nuriddin Hasanov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика