So’nggi yangiliklar

07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  2 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  1 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  7 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5

Bugun futbol. "Surxon" - "Paxtakor" Yangiliklar

Bugun futbol. "Surxon" - "Paxtakor"

Bugun Superliganing 4-turidan o'rin olgan uchta bahs bo'lib o'tadi.

"Paxtakor" Termizda "Surxon" mehmoni bo'ladi. O'yin 16:15da boshlanadi. Turnir jadvalida "Paxtakor" 9 ochko bilan birinchi o'rinda ketyapti. Jamoa uchta o'yinning barchasini g'alaba bilan yakunladi. To'plar nisbati 7-3. 

Superliga debyutanti "Surxon" esa musobaqa jadvalida 7 ochko bilan uchinchi o'rinni egallab turibdi. Jamoa bungacha o'tkazilgan uchta o'yindan ikkitasini g'alaba bilan tugatdi va bir bor durang o'ynadi. Surxon mag'lub etgan jamoalar: "Dinamo" (1:0) va "So'g'diyona" (3:0). Termizliklarning ayniqsa Jizzaxda zafar quchishi ko'pchilikni hayron qoldirdi. 

Mavsumni "Lokomotiv"ga qarshi bahs bilan boshlagan "Paxtakor" 3:1 hisobida g'alabaga erishdi. SHundan keyin "Bunyodkor"dan 2:1 hisobida ustun keldi va o'tgan turda "Nasaf"ni ham 2:1 hisobida mag'lub etdi. Umuman olganda, "Paxtakor" bu yil yaxshi o'yin ko'rsatyapti. Lekin shunisi borki, jamoa har o'yinda gol o'tkazyapti. "Surxon" esa hozircha o'z darvozasidan faqat bir marta gol o'tkazib yuborgan. 

Bugungi o'yinda imkoniyatlar haqida nima deyish mumkin? Albatta, "Paxtakor" kuchli va o'ziga yarasha tajribali jamoa. Lekin "Surxon" ham sira bo'sha kelayotgani yo'q. Jamoa debyutant bo'lishiga qaramay hammani o'ziga qaratishda davom etyapti va o'z tarkini bir nechta mahoratli futbolchilar bilan to'ldirib olgan. Bugun Termizda stadion muxlislar bilan liq to'lishi kutilmoqda. Albatta, o'yin ham shunga yarasha shiddatli kechishiga shubha yo'q.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика